1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya


Xidlar va ularning hayvonlar hayotidagi ahamiyati?


Download 119.37 Kb.
bet26/56
Sana16.06.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1507058
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
ETOLOGIYA JAVOB

28.Xidlar va ularning hayvonlar hayotidagi ahamiyati? Organizmdagi har bir ho‘jayrada moddalar almashinuvi jarayonida murakkab strukturaga ega bo‘lgan organik moddalar birmuncha oddiy strukturali moddalarga parchalanib turadi, ya’ni oksidlanish jarayoni kechadi. Mazkur jarayon zamirida oksidlanish – parchalanish mahsuloti bo‘lmish energiya ajralib chiqishi hamda karbonat angidrid (CO2) gazi va suv hosil bo‘lishi yotadi. Organizmda kechadigan ushbu murakkab, bir-birini taqozo qilib turuvchi jarayonning muvofiqlashtirib turish uchun uzluksiz ravishda kislorodni qon bilan nafas olish organlaridan to‘qimaga va to‘qimada hosil bo‘lgan karbonat kislotasini to‘qimadan nafas olish organiga o‘tkazib turilishi lozim. Ana shunday muhim “mas’uliyatli”, organizm hayotiyligini ta’minlab turuvchi jarayonni amalga oshirib turish nafas olish organlarining zimmasiga 210 yuklatilgandir. Demak, nafas olish organlari tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi gazlar almashinuvini ta’minlab turadi. Nafas olish organlari ham boshqa organlar singari, qon aylanish, ovqat hazm qilish va nerv tizimi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, chunki o‘pkaga kirgan kislorod qon tarkibiga o‘tib, uning shaklli elementlari – eritrotsitlar orqali butun organizm to‘qimalariga tarqaladi va moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, hosil bo‘lgan karbonat angidrid tashqariga chiqib ketadi. Nafas olish tizimining markazi uzunchoq miyada joylashgan. Nafas olish jarayoni ikki bosqichda kechadi: 1. Tashqi nafas olish havo bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi bo‘lib, bu o‘pkalarda ro‘y beradi. 2. Ichki nafas olish qon bilan to‘qimalar o‘rtasida gazlar almashinuvi bo‘lib, u to‘qimalarda amalga oshadi. Nafas olish organlariga burun, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va o‘pka kiradi. Burun – nasus nafas olish tuzilmalarining boshlanish qismi hisoblanib, uning yuqori qismi, yon devorlari, asosiy qismi hamda uchi farqlanadi. Burunning yuqorigi qismi – dorsum nasi burun bo‘shlig‘ining qopqog‘i bo‘lib hisoblanadi. U sekin-asta burunning yon devorlari – partes laterals nasi ga aylanib boradi. Burunning asosiy qismi (ildizi) – radex nasi burun bilan peshona sohasi chegarasida joylashadi, burunning devori hamda yon devorlarining davomi hisoblanadi. Burun uchi – apex nasi yuqorigi lab ustida bo‘lib, unda burun bo‘shlig‘iga kirish teshigi, burun katagi – nares joylashadi. Qoramolda bular nisbatan kichikroq, keng, yumaloq, uncha katta bo‘lmagan, qanotsimon jiyak – sulcus alares ko‘rinishida bo‘ladi. Burun katagi tevaragidan qalin, kam harakatchan, burun qanoti – alae nasi orqali chegaralangan. Burun kataklari oralig‘ida teri qoplami burun-lab yaltirog‘i – planum nasolabiale ni hosil qiladi. 211 Burun bo‘shlig‘i – cavum nasi boshning yuz bo‘limida joylashgan bo‘lib, havo o‘tkazish, hid bilish, havoni isitish, namlash va uni tozalash kabi vazifalarni bajaradi. Burun bo‘shlig‘ining hosil bo‘lishida yoki uning o‘q skeleti bo‘lib burun, yuqorigi jag‘, peshona, panjarasimon, tanglay suyaklari, dimog‘, burun chig‘anoqlari, burunning tog‘ayli to‘siqlari va burun tog‘aylari hisoblanadi. Burun bo‘shlig‘i o‘qining ichki tomoni shilliq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘i to‘siq orqali o‘ng va chap bo‘laklarga bo‘lingan va har qaysi bo‘lakning kirish (burun katagi) hamda chiqish (xoana) teshiklari, qopqog‘i, tubi, yon va o‘rta devorlari bo‘ladi. Burun to‘sig‘i – septum nasi panjarasimon suyakning vertikal varag‘i hisoblanadi. Bu varaqning oldingi, suyaklashmagan qismi burun bo‘shlig‘ini bo‘lib turadi va burunning tog‘ayli to‘sig‘i – cartilage septi nasi deb ataladi. Yon tog‘aylari – cartelogenes laterales burun qopqog‘ini va uning yumshoq qismi yon devorini hosil qilib, ular qanotsimon tog‘aydan kesik orqali ajralib turadi. Yon tog‘ay o‘rta tomonga egilib qanoti burmalarini hosil qiladi. Har ikkala tomonning qanotsimon tog‘ayi – cartelogenes alares ga burun to‘sig‘ining dorsal chetidan boshlanuvchi varag‘i – lamella mavjud. U yon tomonga hamda pastga tushib, burun katagining pastki uchi asosida yotuvchi, ikkiga ajralgan langarsimon o‘simta hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘i devori ichki yuzasining oldingi tomoni teri bilan qoplangan. Bo‘shliqning bu qismi burun dahlizi – vestibulum nasi deb ataladi va unda ko‘z yoshi-burun teshigi bo‘ladi. Xususiy burun bo‘shlig‘i shilliq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘ining shilliq pardasi qizg‘ish rangda bo‘lib, ko‘plab burmalar hosil qiladi. Ular bo‘shlig‘ining yon devorlarida yuqorigi va pastki chig‘anoqlarni, orqa qismida esa panjarasimon suyakning labirintlarini hosil qiladi. Burunning yuqorigi chig‘anog‘i – concha nasi dorsalis tor va uzun bo‘lib, uning shilliq pardasi oldingi tomonda to‘g‘ri burma – plica rectae ga o‘tadi. Burunning pastki chig‘anog‘i – concha nasi ventralis keng, uning shilliq pardasi old va yuqori tomonda qanot bo‘rma – plica alares ni, old va pastki tomonda esa burun bo‘shlig‘i tubining burmasi – plica fundalis ni hosil qiladi. Pastki chig‘anoqning orqa cheti xoana sohasiga o‘tib turadi.

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling