1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya


Orttirilgan instinktning paydo bo’lish yo`llari?


Download 119.37 Kb.
bet28/56
Sana16.06.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1507058
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
ETOLOGIYA JAVOB

30.Orttirilgan instinktning paydo bo’lish yo`llari? Tugʻma va oʻrganilgan xatti-harakatlarXatti-harakat qanday rivojlanib borishini va u evolyutsion jihatdan qanday paydo boʻlganini tushunishga harakat qilayotganimizda, muhim bir savol tugʻiladi: xatti-harakat genetik jihatdan oldindan dasturlashtirilganmi yoki tajriba orqali oʻzlashtirilganmi? Keling, quyida baʼzi tayanch atamalarni koʻrib chiqamiz:Tugʻma xatti-harakat genetik jihatdan dasturlashtirilgan va organizmga ota-onasidan meros oʻtgan boʻladi.Oʻrganilgan xatti-harakatlar nasldan naslga oʻtmaydi. Ular organizmning hayoti davomida tajriba va atrof-muhit taʼsiri natijasida shakllanadi va rivojlanadi.Xulq-atvorni oʻrganuvchi biologlar aksariyat xatti-harakatlar ham tugʻma, ham oʻrganilgan tarkibiy qismga ega ekanini aniqladi. Shunday qilib, xatti-harakatning qanchalik tugʻma yoki oʻrganilgan ekanligini bilishimiz muhimdir.Asosan tugʻma xatti-harakatlarHaqiqatan ham toʻlaqonli tugʻma boʻlgan xulq-atvor va xatti-harakatlarga bir necha misollar mavjud. Bunday xatti-harakatlar, hatto organizm hech qachon bunday stimulga oldin duch kelmagan boʻlsa ham, oʻsha stimulga javoban juda aniq tarzda sodir boʻladi.Masalan, voyaga yetgan salamandrani suv ichiga qoʻysangiz, hatto u yoshligida suvni koʻrmagan yoki boshqa salamandraning suzganini hech qachon koʻrmagan boʻlsa ham, bemalol suzib ketaveradi. Ushbu holatda suzish xatti-harakatini salamandrada faqatgina genetik jihatdan oldindan dasturlashtirilgan narsa sifatida tushuntirish mumkin.Xuddi shunga oʻxshab, siz (yoki biron-bir inson) juda issiq narsaga tegsangiz, qoʻlingizni tezda tortib olasiz. Bu javob hissiy va motorli neyron tugunlarida dasturlangan va hatto miyangizga aloqador boʻlmagan refleksdir. Qisman tugʻma, qisman oʻrganilgan xatti-harakatlarBoshqa holatlarda esa organizm xulq-atvorni rivojlantirish uchun genetik jihatdan dasturlashtirilgan, ammo xulq-atvor yoki xatti-harakat shakli insonning tajribasiga bogʻliq boʻladi.Birgina misol, yuqorida koʻrib oʻtganimizdek, zebra chiziqli vyurok yoki boshqa bir sayroqi qushning kuy oʻrganishi. Erkak vyuroklarning barchasi bir yoshda kuy tinglashni va oʻrganishni boshlaydi va biroz katta boʻlganida mashq qilib, oʻzlarining kuylarini chiqaradi. Garchi bu qonuniyat genetik jihatdan belgilangan boʻlsa-da, qush kuylaydigan kuyning aniq xususiyatlari uning oʻrganish davrida tinglagan kuylariga bogʻliq boʻladi.Yana bir tanish misol bu odamlardagi til oʻrganish hodisasidir. Chaqaloqlar til oʻrganish uchun oldindan dasturlashtirilgan, ammo ular qaysi tilni oʻrganishi rivojlanish yoki shakllanish davrida ular qaysi til bilan tanishtirilganiga bogʻliq.Asosan oʻrganilgan xatti-harakatlarBoshqa hollarda xatti-harakatlar koʻp jihatdan tajribaga bogʻliq, yaʼni ular oʻrganilgan boʻlib, ularni genetik jihatdan toʻliq tushuntirib boʻlmaydi.Masalan, kalamush har safar dastakni itarganda oziq-ovqat mukofotini olsa, u oziq-ovqat olish uchun dastakni tezroq itarishni oʻrganadi. Shunga oʻxshab, agar sigir har safar elektr simli toʻsiqqa urilganda uni elektr toki ursa, u tezroq toʻsiqdan qochishni oʻrganadi. Mukofot olish uchun dastakni itarish va elektr simli toʻsiqlarni chetlab oʻtish kalamush va sigirlarda genetik dasturlanmagan, ammo hayvonlarda bu kabi oʻrganilgan xatti-harakatlar tajriba orqali rivojlanadi.

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling