1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya
Kunduzgi hayvonlarning e`tologiyasi haqida?
Download 119.37 Kb.
|
ETOLOGIYA JAVOB
48.Kunduzgi hayvonlarning e`tologiyasi haqida? Fe’l-atvor – evolyutsion mexanizm hisoblanadi. Organizmlar, rivojlanishining boshidayoq tashqi muhit ta’siriga o’z munosabatini bildiradi. Lekin, bu eng oddiy usullarda amalga oshiriladi. Nerv sistemasi va sezgi organlari shakllana borgan sari organizm fe’l-atvori murakkablashib, beixtiyor harakatlar o’rnini aniq maqsad va yo’nalishga ega bo’lgan faoliyat bosadi. Shu o’rinda eng oddiy harakatlanish ham tashqi muhit ta’siriga munosabat ko’rinishini beradi. Hayvon organizmlarning tana tuzilishi va morfologik xususiyatlari atrof-muhitning keskin o’zgarish davrida adaptatsiya jarayonini ta’minlay olmaydi. Bunday vaziyatlarda hayvon organizmining fe’l-atvori o’zgarishigina moslashuvga yordam beradi. N.Trinberg ta’rifi bo’yicha “Ikki turga mansub, bir xil fe’l-atvorli hayvonlar mavjud emas”. Hatto bir turga mansub hayvonlar o’zini har xil tutishi mumkin. Hayvon organizmi “sinov” va “xato” – metodlariga tayanib, o’z tana tuzilishiga mos bo’lgan optimal fe’l-atvorni ta’minlaydi. Bu holat sut emizuvchilarning ko’nikma va tajribalari ortishiga, fe’l-atvorining tez o’zgarib, boshqa hayvonlarga qaraganda evolyutsion faolligini oshiryapti. Zamonoviy biologik, to’g’rirog’i zoologik tasnif bo’yicha inson-xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar otryadi, odamlar oilasining vakili hisoblanadi. Lekin inson biologik mavjudot bo’lishi bilan birgalikda, ijtimoiy ob’ekt hisoblanadi. Shu tufayli inson va hayvon fe’l-atvorida butkul birxillik mavjud deb bo’lmaydi. Shunga qaramay, hali ijtimoiy biologi shakllanmay turib etologiya fanida inson fe’l-atvori va xulqining hayvonlar bilan o’xshashligi to’g’risida gap ketadi. Ular bir necha tiplarga bo’linishi mumkin. Masalan: faol (aktiv), yoki sust (passiv), tasodifiy yoki maqsadli va boshqalar. Organizmlarning genetik faktorlari va tayanch sistemasi tuzilishining turli- tumanligi fe’l-atvorning juda ham ko’p shakllari paydo bo’lishiga olib kelgan. Tabiiy tanlash sharoitida hayvonlarning nafaqat fe’l-atvori hattoki, genotipi ham o’zgaradi va populyatsiya tarkibiga ta’sir ko’rsatadi. Muayyan bir ogranizmning fe’l-atvori ichki va tashqi programmalashtirish bilan belgilanadi. Tashqi programmalashtirish organizmning yakka holda, ortirilgan tajribasi natijasida atrof-muhitga moslashishi bilan belgilansa, ichki programmalashtirish turning evolyutsiyasi natijasidir.
Download 119.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling