1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya
Download 119.37 Kb.
|
ETOLOGIYA JAVOB
1.Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya (yun. — urf-odat, xulq-atvor, xattiharakat va ... logiya) — biol. ning bir boʻlimi. Hayvonlar xattiharakatini tabiiy yashash sharoitida oʻrganadi. "E." terminini belgiyalik olim L.Dollo taklif etgan (1904); lekin E. mustaqil fan sifatida 20-asrning 30-yillarida shakllana boshladi. E.da: xattiharakatning irsiylanadigan shakli — ishrtsiz reflekslar, yaʼni instinktlgrii, hayvonlarni oʻrganish qonuniyatlari, hayvonlarning ekstrapolyatsion xattiharakatini oʻrganish kabi yoʻnalishlar mavjud. Tuban tuzilgan hayvonlarda tugʻma xulq-atvor ustunlik qiladi. Yuksak tuzilgan hayvonlarning etologik reaksiyalari irsiylanadigan hamda yashash muhiti taʼsirida hayot davomida hosil boʻladigan xulq-atvorlar ishtirokida shakllanadi. E. dalillaridan chorvachilikning ayrim sohalari, baliqchilik xoʻjaligi, tibbiyot, kibernetika va boshqalarda foydalaniladi. Ma’lumki, hayvonlar yangi tug’ilganda tabiat bilan o’ziga xos aloqadorligi, ya’ni atrof muhitga moslashish uchun yordam beruvchi fe’l-atvori, harakatlari bilan ajralib turadi. Bu holat “instinkt” deb ataladi. Etologiya fani asoschisi K.Lorensning m ta’riflashicha, “instinktiv harakatlar tana a’zolari kabi rivojlanadi va maxsus, ma’lum muddatli amaliyotni talab qilmaydi”. Instinkt – har bir tur uchun o’ziga hosdir va o’sha turga mansub hayvonlarning genotipi bilan belgilanadi. Atrof muhit ta’sirida xayvonlarning irsiy axboroti o’zgarishi va takomillashib borishi mumkin. Bu esa hayvonlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari o’zgarishiga va shu turga mansub holda saqlanib qolishiga olib keladi. “Ochlik”, “jinsiy”, “agressiya”, “qo’rquv” instinktlari hayvonlarning oziqlanish, nasl qoldirish, o’sish va o’zini o’zi saqlab qolish hususiyatlariga turtki bo’ladi. “Agressiya – turning saqlanishiga yo’naltirilgan birlamchi instinktdir” (K.Lorens). Masalan, sut emizuvchi hayvonlarda ozuqa, ya’ni sut uchun kurashda g’olib bo’lgan bolasi tez rivojlanadi va aka-ukalaridan ba’zi hususiyatlari bilan ajrala boshlaydi. Bu esa kelgusida faqat kuchlilargina saqlanib qoladi deganidir. Saqlanib qoladi deganda nima nazarda tutilyapti? - nasl qoldirish uchun kurashda g’olib bo’ladi - o’zidan ko’proq nasl qoldiradi va to’la qonli irsiy axborot beradi - kuchli hayvon oziqlanish va yashash maydonlarini kengaytiraoladi vashu bilan turning rivojlanishiga zamin hozirlaydi - boshqa turlar bilan o’lja va xudud uchun kurashda g’olib kelib o’z turining yo’qolishining oldini oladi Ma’lumki har xil turga mansub hayvonlarning yashash muhiti bir xil bo’lishi mumkin. Turlarning o’z hududlari va ularning chegaralari mavjud. Bu chegaralarning buzilishi ular orasida tafovut keltirib chiqaradi. Natijani esa kuchlilar yoki ular qoldirgan nasl belgilaydi. Shuni aytish lozimki, tafovutni ma’lum turning son jihatdan ko’rayishi ham keltirib chiqarishi mumkin. Agressiya instinktining xavfli ko’rinishlaridan biri shuki, hudud va o’lja uchun kurash yo’qligidan “agressiya” duch kelgan tomonga qaratilishi mumkin, ya’ni bu instinkt hech bir sababsiz ishlatiladi. Shu va shunga o’xshash hollarda hayvonlarda tormozlanish mexanizmi ishga tushadi. Masalan, ikki erkak individ jangida yutqazgan taraf bo’ysunish belgilarini ko’rsatadi, yoki jang davomida qaltis harakatlar kamayadi. Bu holatda turlararo jangda ishlatiladigan qurollar ishga tushmaydi. Ba’zi hayvonlar esa ovoz chiqarish va masofadan qo’rqitish bilan chegaralanishadi. Hayvonlarda shunday holatlarga duch kelish mumkinki, instinkt urg’ochi va erkakga turlicha ta’sir o’tkazadi. Urg’ochilarda “agressiya” jinsiy moyillikni kamaytiradi, qo’rquvni esa oshiradi. Erkak hayvonlarda esa shu holatning aksi namoyon bo’ladi. Etologiyada instinktlar belgilovchi har xil shakldagi signallar, hayvonlar hayotida muhim o’rin egallashi ko’rsatilgan. Shuningdek, bu fanda sut emizuvchi hayvonlarda moslashuv evolyutsiyasining yangi omillari haqida so’z ketadi. Download 119.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling