1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya


Migratsiya qilish uchun sabab bo’ladigan hodisalar?


Download 119.37 Kb.
bet4/56
Sana16.06.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1507058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
ETOLOGIYA JAVOB

4.Migratsiya qilish uchun sabab bo’ladigan hodisalar? Migratsiya - bu hayvonlarning oziq-ovqat, yaxshi sharoit yoki reproduktiv ehtiyojlarni izlash uchun bir yashash joyidan ikkinchisiga ko’chib o’tish shakli. Hayvonlar migratsiyasi yashash joyida muhit sharoitining oʻzgarishi yoki rivojlanishning har xil davrlarida hayvonning yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi (ontogenetik migratsiya) bilan bogʻliq. HAYVONLAR MIGRATSIYASI ikki xil bo’ilishi mumkin:DAVRIY (mavsumiy, sutkalik) NODAVRIY boʻlishi mumkin. Davriy (siklik) migratsiya har xil: Vertikal (sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlarning togʻning vertikal mintaqalari boʻyicha, umurtqasizlarning tuproq va suv qatlamlari boʻyicha migratsiyasi), Anadrom (oʻtkinchi baliqlarning dengizlardan daryolarga oʻtishi), Katadrom (oʻtkinchi baliqlarning daryolardan dengizlarga oʻtishi) xillarga ajratiladi. Dengiz toshbaqalari va sut emizuvchilarining okeanlarda, tuyoqli, yirtqich va kemiruvchi sut emizuvchilarning quruqlikda, koʻpchilik qushlar, koʻrshapalaklar va hasharotlarning havo orqali migraiyasini ham davriy deyish mumkin. Nodavriy, migratsiya — oʻtroq yashovchi hayvonlar (olmaxonlar, lemminglar va boshqalar) yashash muhitining yomonlashuvi (qurgʻoqchilik, yongʻin, toshqin va boshqalar), individlar sonining oshib ketishi natijasida sodir boʻladigan ommaviy koʻchishi. Bu xildagi migratsiya tartibsiz sodir boʻladi va koʻp hollarda hayvonlarning yalpi qirilib ketishiga olib keladi.HAYVONLARNING KO’CHISH SABABLARI:Ko'pgina hayvonlar turlarida, jumladan Qushlar , baliqlar, qisqichbaqasimonlar, amfibiyalar, sudraluvchilar, hasharotlar va sutemizuvchilar faol ko'chib o'tadilar. Bu hayvonlar o'z manziliga etib borish uchun quruqlik, dengiz yoki havo orqali sayohat qilishlari mumkin, ko'pincha katta masofalarni kesib o'tishadi.Hayvonlarning migratsiyasiga sabablar, yashash sharoitlarining o'zgarishi, hayvonlarning individual rivojlanishining turli bosqichlarida oziq –ovqat , ko’payish va o’z tanasini isitish kabi shartlarga bo'lgan talablari (ontogenetik migratsiya) yoki aksincha, tanish yashash sharoitlarini topish (saqlash) istagidi. Ba'zi hayvonlar reproduktiv sabablarga ko'ra ko'chib ketishadi: Juft topish, bolalarini ko’tarish yoki urug'lantirish uchun. Misol uchun, qizil ikra baliqlari daryolarda hayotni boshlaydi va ovqatlanish va o'sish uchun dengizga ko'chib o'tadi. Dengizda yetti yil yashagandan so'ng, ular urug'lantirish uchun o'zlari tug'ilgan daryolarga ko'chib o'tadilar

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling