1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya
Hayvonlarning tarqalishdagi jarayonlar?
Download 119.37 Kb.
|
ETOLOGIYA JAVOB
5.Hayvonlarning tarqalishdagi jarayonlar? Biosferaning muhim tarkibiy qismi sifatida hayvonot dunyosining biosferadagi o'rni va yashash muhitlarini liar tomonlama o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. lnsonning o'zi ham biosferaning ajralmas qismi ekanligini inobatga olganda, mazkur masalaning dolzarbligi yanada yaqqol namoyon bo'ladi. Inson modda va energiya almashinuvi jaray'onida hayvonot dunyosi bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Biosferaning liar bir komponentini va ular orasidagi munosabatlarning mohiyatini tusliunish kelajakda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Biosferaning у illik maxsuldorligi, biomassasi va uning yer yuzida taqsimlanishini ilmiy asosda o'rganish oziq-ovqat tanqisligi kabi dolzarb nuiammolarni ilmiy asosda hal etish imkonini be rad i. Dengizlar, okeanlar va yer yuzining quruqlik qismida hayvonlarning tarqalishini aniqlash, ulardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlah chiqish biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta ko'paytirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Hayvonot dunyosi oziqa zanjirining asosiy tarkibiy qismi hamda moddalarning biogen migratsiyasi amalga oshishida muhim zveno sifatida alohida o'rinni egallaydi. Bu jihatdan olganda, yer yuzasining turli mintaqalarida uchrovchi hayvonlarning tur tarkibi va zichligining turlicha ko'rsatkichga ega bo'iishi har bir mintaqada modda va energiya almashinuvi jadalligining ham turlicha bo'lishiga sabab bo'ladi. Har birimiz biosferada, jumladan o'zimiz yashayotgan hududda hayvonot dunyosining tarqalishi, tur tarkibi, yashash muhitlari va hayvonot dunyosining ahamiyati to'g'risidagi tegishli maMumotlarga ega bo'lishimiz zarur. Bu esa insoniyatning biosferadagi o'z o'rnini belgilashda. hayvonot dunyosini muhofaza kilish va undan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biosfera (grekcha bios - hayot, sphuira - shar, sfera) tushunchasi avstriyalik geolog E.Zvus (1875) tomonidan qo'llanilgan. 9 Biosfera tushunchasining to'liq va chuqur talqini esa akademik V.l. Vernadskiyning “ Biosfera" (1926) nomli asarida bayon etilgan. Biosfera barcha organizmlar va ularning qoldiqlari majmuasidan iborat bo'lgan, atmosfera, gidrosfera va litosferaning qismlari hisoblangan, tirik organizmlar tomonidan egallangan hamda ularning o'tmishdagi faoliyatlari natijasida shakllangan va termodinamik ochiq hudud sanalgan yer planetasining maxsus qatlamidir (Kamshilov, 1980). Biosfera tushunchasi barcha tirik organizmlar bilan bir qatorda ular yashaydigan muhit sharoitlarini ham o'z tarkibiga oladi. Hozirgi vaqtda biosferaning tarkibiy qismlari sanalgan litosferaning yuqori va atmosferaning pastki qatlamlari hamda butun gidrosfera tirik organizmlar tomonidan egallangan. Litosferada tirik organizmlar 4 km. gacha (bakteriyalar) bo'lgan chuqnrlikgacha tarqalgan bo'Isa, atmosferada bakteriyalar, spora va tsistalar ozon ekranigacha. ya'ni 18- 30 km gacha bo'lgan balandlikda uchrashi qayd etilgan. Alohida pigmentlashgan bakteriya hujayralarining yer yuzasidan 84 km gacha balandlikka ko'tarila olishi kosmik apparatlardagi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Okeanda esa hayot lining eng chuqur qismlarigacha (II km) yetib borganligi haqida m a ’lumotlar uchraydi. Tiriklikning, shu juniladan hayvonot dunyosining asosiy biomassasi biosferaning tor chegarasida jamlangan. Bu chegara litosfera, atmosfera va gidrosferaning, y a ’ni biosfera qismlarining tutashgan joylariga to'g'ri keladi. Mazkur chegarada hayot uchun zarur bo'lgan muhit omillari nisbatan optimal bo'ladi. Bunday omillarga tuproq va havo namligini, yorug'lik va ultrabinafsha nurlarini, harorat, bosim, substrat va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur omillarning o'zi ham yer yuzasining turli hududlarida turlicha bo'ladi va shunga mos ravishda hayvonot dunyosi har bir har xil sifat hamda miqdor ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. Hozirgi hisob-kitoblarga qaraganda, tirik moddaning umumiy biomassasi yer massasining arzimas qismini, y a ’ni 2420 mlrd. tonnani tashkil etar ekan. So I ishtirib qaraganda, bu miqdor gidrosfera massasining 602500 dan bir qismini tashkil etadi. Bir qarashda bu ko'rsatkich ju d a kichik k o Lrinsada, biosferaning mavjudligi va lining o'z-o'zini boshqarishini t a ’minlash uchun etarlidir.
Download 119.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling