1. Excel dasturi haqida ma’lumot Exel dasturida fayllarni saqlash ishga tushirish Exel dasturida ma’lumotlar ustida amallar
Download 218.34 Kb.
|
Exel dasturida ma’lumotlarni shartli formatlash
Mavzu: Exel dasturida ma’lumotlarni shartli formatlash. Reja: 1.Excel dasturi haqida ma’lumot 2.Exel dasturida fayllarni saqlash ishga tushirish 3.Exel dasturida ma’lumotlar ustida amallar 4.Jadvallar bilan ishlash Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni echishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yo'qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko'rish mumkin. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo’lgan ma’lumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng ko’llamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta qulay vosita hisoblanadi. Excel dastursini ishga tushirish va unda ishlash Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operasion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan. Excel da tayyorlangan xar bir xujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel da odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Rabochaya kniga)(Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi bu Ishchi kitobi bo’lib, u bir yoki bir nechta(boshlang’ich xolatda 16 ta bo’lishi mumkin) ishchi varaqlardan (list- Sheet) tashkil topgan bo’ladi. Har bir .xls kengaytmali faylda 1 dan to 255 elektron jadval joylasha oladi. Excelda Elektron jadval 256 lotin ustun (columns) va 16384 satr (Row)dan iborat bo’lib, kompyuter xotirasiga joylashadi. Ustunlar lotin alifbosi xarflari bilan(A,B,..,Z,AA,..IV), satrlar esa 1 dan 16384 gacha sonlar bilan belgilanadi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish mumkin Ustun va satrlar kesishuvidan Elektron jadvalning Struktura elementi bo’lmish katak (yacheyka) hosil bo’ladi. Кatak-bu ishchi jadvaldagi adresli element bo’lib unda sonli qiymat, matn va formula turishi mumkin.Кatak o’z adresi bilan aniqlangan bo’lib, u adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo’ladi. Download 218.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling