1. Excel dasturi haqida ma’lumot Exel dasturida fayllarni saqlash ishga tushirish Exel dasturida ma’lumotlar ustida amallar


Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish


Download 218.34 Kb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi218.34 Kb.
#1304968
1   2   3   4   5
Bog'liq
Exel dasturida ma’lumotlarni shartli formatlash

Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish

Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda Файл nomini kiritmagan bo’lsa, u holda kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa uni ixtiyoriy nom bilan Файл ko’rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan FaylSoxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqat oynasi paydo bo’ladi(4-rasm). Oynaning Imya fayla darchasiga Файл nomi kiritiladi hamda Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.







Excel dasturida jadvalni saqlash.

Файл bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Soxranit buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida sichqoncha tugmachasi bosiladi.


Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo’lgan fayllar bilan ishlamoqchi bo’lsa, u holda FaylОткрыть buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi(5-rasm).





Excel dasturida faylni ishga tushirish.

Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan Файл nomi tanlanadi va Открыть tugmachasi bosiladi. Umuman olganda fayllarni ishga tushirish va saqlash Word dasturi kabi amalga oshiriladi. Excel dasturi ham Word dasturi kabi ko’p oynali dastur hisoblanadi.




EXCEL dasturida jadvallar bilan ishlash, Jadvalga ma’lumotlar kiritish

Excel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi: matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha yacheykada turishi kerak.


Sonlar. Kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat va raqamlar oldida “+”(qo’shish), “-”(ayirish) arifmetik amal belgilari hamda “.”(nuqta)(sonning butun va kasr qismini ajratish uchun) Символlaridan iborat bo’lsa, bunday ma’lumot sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan: 555; -45.6; 76.9 va hokazo.
Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki Символi hamma vaqt “=“ (tenglik) belgisi hisoblanadi. So’ngra, arifmetik amal belgilari bilan o’zaro bog’langan ifodalar yoziladi. Masalan N8 yacheykasida
= A5+ 4*V6
formula yozilgan bo’lsa, B6 yacheykadagi sonli qiymat 4 ga ko’paytiriladi va A5 yacheykadagi songa qo’shilib, N8 yacheykaga yoziladi.
Excel da ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish),- (ayirish),* (ko’paytirish),/ (bo’lish),^ (darajaga ko’tarish).
Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo’lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matn deb tushuniladi. Masalan: =V1+V5 – bu formula, V1+V5 – bu matnli ma’lumot.
Foydalanuvchi yacheykaga ma’lumotlar kiritgandan so’ng ular ustida quyidagilarni bajarishi mumkin.

  • O’chirish, almashtirish, tahrir qilish, yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish uchun uni aktivlashtirish, so’ngra [Delete] tugmachasini bosish kerak. Agar bir nechta yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish kerak bo’lsa, dastlab bu yacheykalar belgilanadi(bu «sichqoncha» yoki Shift hamda strelkalar yordamida) va [Delete] tugmachasi bosiladi.


YAcheykadagi ma’lumotlarni tahrir qilish uchun «sichqoncha» tugmachasi yacheykada ikki marta bosiladi(yoki F2 tugmachasi) va tahrirlash ishlarini bajarish mumkin.



Download 218.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling