1. Falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi ro'li Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman»


Etika katigoriyalarining o’ziga xos xususiyatlari


Download 112.54 Kb.
bet13/34
Sana28.10.2023
Hajmi112.54 Kb.
#1731458
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
1. Falsafiy dunyoqarashning o\'z-o\'zini anglashdagi ro\'li Agar fa

12. Etika katigoriyalarining o’ziga xos xususiyatlari
O'zbek xalqi qadim-qadimdan yuksak ma’naviyat va madaniyatga ega xalqdir. Bu ma’naviyat salohiyatini butun jahon tan olgan va undan andozalar olib kelgan. Bunga tarixiy misollarimiz ham juda ko’p. II yarim ming yildan avval ham Samarqandu Buxoralar gullab yashnaganligi jaxon poytaxti darajasida bo’lganligini kim ham inkor eta oladi. Faqat bunday ma’naviyatga ega bo’lgan millatgina minglab yillar osha o’z saloxiyatini, obrusini saqlab qola biladi. Lekin sovet mustamlakasi davrida bu qadriyatlar vaxshiylarcha, makkorona yo’q qilib tashlanishga harakat qilindi. Chunki sovet tizimining asosiy maqsadi har bir millat ma’naviyati va tarixiy qadriyatlarini yo’q qilib tashlash, sovetlar qulligiga kunikuvchi, unga qarshi chika olmaydigan yangicha duragay millatni yaratish edi.
Sobik to’zim axloq qadamlari o’zib quyilganligiga, millat ma’naviyatiga ta’siri ana shunday xunuk natijalarga olib keladi.
Ma’naviyat yoshlar qoshida muayyan o’rin tutadi. Ma’naviyatni yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirish kerak, ular o’zlari yashab turgan zamonni, ona-Vatani tarixini chuqur bilsin. Xalqimiz orasida yetilib chiqqan, butun millatimizning faxri bo’lib dunyoga tanilayotgan ulug’ allomalar, mutafakkir va sarqardalarni yaxshi o’rganishi, boy tarixiy va madaniy obidalarimizni borib ko’rish orqali ularda vatanparvarlik tuyg’ularining urugini ekkan bo’lamiz.
Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi.
Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi.
Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol aks ettiradi.
Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi.
Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no mazmuniga yetadilar.
Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar.
Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas. Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi.
Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi ostida ham ruy berishi mumkin.

Download 112.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling