1 fan: dinshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
MUXLISA-DINSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
To‘rtinchi xalifa bo‘lib saylangan payg‘ambar kuyovi Ali bilan SHom (Suriya) voliysi (gubernatori) Muoviya o‘rtasida shiddatli kurash ketdi. Muoviya Alidan uchinchi xalifa Usmonni o‘ldirgan kishilarni tutib berishni, agar shunday qilmasa, uni xalifa sifatida tan olmasligini bildirib xat yozdi. Usmonni o‘ldirishda qatnashgan kishilar Alini xalifa qilib saylanishida faol ishtirok etgan edilar. Bundan tashqari musulmon ummatining birinchi rahbaridan biror narsani talab qilish isyon bilan barobar edi. SHuning uchun Ali bilan Muoviya o‘rtasida Saffin degan joyda shiddatli jang 657 yilda ro‘y berdi. Alining to‘la g‘alabasiga bir bahra qolganda Muoviya hiyla ishlatib, jangni to‘xtatishni va masalani oqsoqollar kengashida hal qilishni talab etdi. Ali qon to‘kilishi oldini olish maqsadida bu taklifga ko‘ndi. Ammo oqsoqollar kengashi Muoviyani ham jangda mag‘lub bo‘lmaganligini e’lon qilib, uni SHomga rahbarligini tan oldi. Ali bunga rozi bo‘lsa ham, uning qo‘shinidagi askarlardan 12 ming kishi Alidan yuz o‘girib, uning qarorgohidan chiqib ketdilar va shuning uchun ular keyinchalik xavorij (tashqariga chiqib ketganlar) nomini oldilar. Ularning aqidasiga ko‘ra, siyosiymi yoki siyosiy emasligidan qat’iy nazar musulmonlardan birontasi og‘ir gunoh qilib qo‘ysa, u musulmonchilikdan chiqadi. Xalifani yagonaligini tan olmaslik ham og‘ir gunoh. Agar xalifaning o‘zi ham og‘ir gunoh qilib qo‘ysa, uni maqomidan mahrum qilish, hatto qatl etish ham shariat nuqtai nazaridan joiz bo‘ladi. Keyinchalik ulardan biri Aliga suiqasd qilib, uni o‘ldirdi. Xavorij oqimi o‘zining murosasizligi tufayli keyinchalik hukmdorlar tomonidan tor-mor qilinib, tugatildi. Ali shahid bo‘lgandan keyin uning tarafdorlari shia (partiya) mazhabiga asos soldilar, ya’ni hokimiyatga faqat payg‘ambar xonadonidan bo‘lganlargina haqlidir. Ularning aqidasiga ko‘ra, xalifa va imomni saylash xalq qo‘lida bo‘lmasligi lozim. Keyinchalik ular imomni xato va adashishlardan xoli bo‘lgan shaxs sifatida ilohiylashtirdilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling