О‘lchash о‘zgartkichi - о‘lchashga doir axborotni uzatish, о‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bо‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bо‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan о‘lchash vositasidir.
Namuna о‘lchash vositalari ishchi о‘lchash asboblarini tekshirish va ularni о‘zlari bо‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy о‘lchovlarga aytiladi.
О‘lchov birligi о‘lchash natijasi kо‘rsatilgan birlikda ifodalangan va о‘lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma’lum bо‘lgan о‘lchash holatidir.
О‘lchash aniqligi – bu о‘lchash natijalarini va о‘lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir.
О‘lchash xatoligi о‘lchash natijasining о‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir.
Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bо‘lgan qiymatdir.
О‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yо‘l qо‘yilgan xatoliklar ta’sirida olingan natijalar qiymatidir.
О‘lchash obyekti u yoki bu fizik kattalikdir.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning bir qismi bо‘lib metrologiya bо‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, о‘lchash vositalari, о‘lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega.
Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning о‘lchashlar birliligini ta’minlashga yо‘naltirilgan faoliyati.
О‘lchash vositalarining qiyoslanishni olib borish uchun metrologik xizmatni akkreditlash – bu qiyoslashishlarini bajarishga davlat tomonidan, davlatning ishonchli vakili tomonidan rasmiy tan olinishi.
О‘lchash vositasini qiyoslash usuli – bu qiyoslash sxemasi bо‘yicha yuqoridagi о‘lchash vositalaridan quyidagi о‘lchash vositalariga birlikning о‘lchamini uzatish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |