1. Fanning maqsad va vazifalari. Metrologiya bо‘yicha asosiy atama va tushunchalar


Download 20.89 Kb.
bet1/5
Sana17.11.2023
Hajmi20.89 Kb.
#1782872
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Amaliyot


1-Amaliy mashg‘, standartlashtirish va
sertifikatlashtirish» fanining maqsadi va
metrologiya bо‘yicha asosiy atamalar
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Metrologiya bо‘yicha asosiy atama va tushunchalar.

1. Fanning maqsad va vazifalari. "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini о‘rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa va axborotlashtirish sohasida telekommunikatsiya xizmatlarini kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan metrologik ta’minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bо‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda meyoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bо‘yicha mukammal bilim berishdir.
Ushbu fan namunaviy о‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bо‘lib, bakalavriatning barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha ta’lim oluvchi talabalar uchun mо‘ljallangan. Fanni о‘rganish natijasida talabalar metrologiya bо‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va meyorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bо‘yicha meyoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qо‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta’minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bо‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifatini ta’minlashdir.
2. Metrologiya bо‘yicha asosiy atama va tushunchalar.
Metrologik meyorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda о‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. О‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya tо‘g‘risida" Qonunida, О‘z О‘DT ning asos bо‘luvchi hujjatlari O’z DSt 8.010:2002, O’z DSt 8.010.2:2003, O’z DSt 8.010.3:2004, O’z DSt 8.010.4:2002 da va aloqa va axborotlashtirish sohasida foydalaniladigan “Tst 45.025.2000. Metrologik ta’minot. Atamalar.” tarmoq standartida metrologiya bо‘yicha quyidagi asosiy atama va tushunchalar keltirilgan:

Download 20.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling