1. Fanning maqsad va vazifalari. Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo’yiladigan talablar


Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, inson organizmi


Download 41.45 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi41.45 Kb.
#1534710
1   2   3
Bog'liq
Pazandachilik 1-maruza

Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, inson organizmi
uchun ahamiyati
Pazandachilik insoniyatning eng qadimiy san'atlaridan biri bo'l ib, uning kelib chiqishi olovdan foydalanish, dehqonchilik va chorvachilik kabi sohalarning ilk davri bilan birga boshla- nadi va shu sohalarning ravnaqiga bog'liq holda rivojlanadi.
O'zbek milliy pazandachiligi ham faoliyatning boshqa tur­lari kabi doimo o'zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga kelib O'zbekistonda ham pomidor, karam, kartoshka, lavlagi kabi sabzavotlar; malina, qulupnay kabi rezavorlar yetishtirila boshlandi. Taomlarning turlari ko'paydi. Sabzavotlar, meva- lar, ko'katlar ko'pligi sababli bizning taomlar xushbo'yligi, mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va laz- zatli bo'lishini ta'minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Pazandachilik san'ati — o'simlik va hayvon mahsulotlaridan inson organizmi uchun zarur bo'lgan, uning mehnat qobili- yatini oshiradigan, sog'lom hayot kechirishini ta'minlaydigan turli xil lazzatli, to'yimli va pokiza taomlar tayyorlash ham­da did bilan bezab dasturxonga berishning muayyan usullari yig'indisidir.
Kishining organizmi normal rivojlanishi, sog'lom bo'lishi uchun turli xil oziq moddalar — oqsillar, yog'lar, uglevodlar (shirin moddalar), mineral tuzlar, vitaminlar — suv va boshqa moddalar bilan ta'minlanib turilishi kerak.
Oqsillar hayot uchun eng muhim modda hisoblanadi. Oqsil moddalar asosan go'sht, baliq, tuxum, don va sut mahsulot- larida ko'p bo'ladi. Oqsil moddalar organizmda yangi hujay- ralarni hosil qiladi, barcha a'zolarning o'sishini, rivojlanishini ta'minlaydi va kuch-quvvat beradi. Sut oqsillari organizmda oson hazm bo'ladi, to'liq o'zlashadi.
Yog'lar organizmga issiqlik beruvchi asosiy modda hisob- lanadi.Yog'lar o'simlik va hayvonlardan olinadi. O'simlik yog'lari paxta, zig'ir, kungaboqar, zaytun, soya kabi o'sim- liklarning mag'izlaridan olinadi. Eng yaxshi yog' sut mahsu- lotlaridan olinadi. O'simlik yog'lari ham har xil taomlar va salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Hayvon yog'lari mol, qo'y kabi hayvonlar teri osti va ichki charvi yog'laridan olinib, ular organizmda qiyin hazm bo'ladi.
Uglevodlar (shirin moddalar) organizm uchun asosiy quv- vat, issiqlik manbayi hisoblanadi. Uglevodlarning asosiy man- balari: qand, asal, shirinliklar, ho'l mevalar, sabzavotlar, sut va don mahsulotlaridir. Uglevodlar organizmda tez va oson hazm bo'ladi.
Kishining normal o'sishi va rivojlanishi, kasalga chalinmas- ligi uchun vitaminlarning ahamiyati juda katta. Vitaminlarning asosiy manbalari sabzavot va mevalar, don mahsulotlari, ba- liq, sut va sut mahsulotlaridir.
Kishi organizmi uchun zarur bo'lgan oziq moddalarni har kuni iste'mol qiladigan taom va oziq-ovqat mahsulotlari orqa­li qabul qiladi. Ular quyidagi guruhlarga bo'linadi:

          1. Sut va sut mahsulotlari.

          2. Go'sht va go'sht mahsulotlari.

          3. Don va don mahsulotlari.

          4. Sabzavot va mevalar.

          5. Oziq-ovqat yog'lari.

          6. Qand va qandolatlar.

Sut tarkibida organizm uchun zarur bo'lgan barcha mod­dalar mavjud. Bundan tashqari, organizmdagi kasalliklarni yo'qotuvchi va oldini oluvchi moddalar bor. Sut mahsulotla- riga qatiq, tvorog, suzma, pishloq, qaymoq, sariyog' va bosh- qalar kiradi.
Go'sht - O'zbekistonda, asosan, qo'y va mol go'shti, shu- ningdek, ot, echki, parranda, baliq go'shtlari iste'mol qilinadi. Go'sht mahsulotlariga kolbasalar, sosiska, yaxna go'shtlar, qazi, go'shtli konservalar kiradi. Bular yuqori qimmatli, to'yimli mahsulotlardir.
Don mahsulotlari juda ko'p guruhlarga bo'linadi. Ularga yormalar (guruch, grechka, manniy, arpa, suli, tariq), dukkak- li donlar (mosh, loviya, no'xat), makaron mahsulotlari, non va non mahsulotlari kiradi. Ulardan tayyorlanadigan taomlar uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlarga boy bo'ladi.
Sabzavot va mevalarda organizm uchun zarur moddalar bor. Ularning tarkibida uglevodlar, mineral moddalar, ayniqsa, vi- taminlar ko'p bo'ladi. Ishtahani ochishda, ovqat hazm qilish­da, ichak faoliyatini yaxshilashda sabzavotlarning ahamiyati katta. Piyoz, sarim s oqpiyoz, turp, sholg'om kabi sabzavotlar- da organizmdagi zararli mikroblarni o'ldiruvchi moddalar bor.
Mustahkamlasb uchun savol va topshirfqlar

            1. Pazandachilik o'quv xonasida qanday texnika xavfsizligi qoidalari- ga amal qilinadi?

            2. Xonadagi sanitariya-gigiyena qoidalarini izohlab bering.

            3. Pazandachilik o'quv xonasida qanday tartib-qoidalarga rioya qi­linadi?

            4. Kishilarning normal o'sishi va rivojlanishi uchun qanday oziq moddalar kerak bo'ladi?

            5. Oziq-ovqat mahsulotlari qanday guruhlarga bo'linadi?

Download 41.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling