1. Fanning maqsad va vazifalari. Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo’yiladigan talablar


Download 41.45 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi41.45 Kb.
#1534710
1   2   3
Bog'liq
Pazandachilik 1-maruza

Oshxonaning jihozlanishi.
Pazandachilik o'quv xonasida texnika xavfsizligi qoidalari:

      1. Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr asboblari va jihozlarining sozligi tekshiriladi.

      2. Elektr jihozlarini tok manbayiga ulashda qo'l quruq bo'lishi kerak.

      3. Go'sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish lozim.

      4. Pichoqni boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatish kerak.

      5. Kastrulka yoki qozonda suyuqlik qaynatishda suyuqlikni to'ldirib solish mumkin emas.

      6. Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog'ini o'zidan teskari tomonga qaratib ochish kerak.

      7. Tovadagi qizigan yog'ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solish lozim.

      8. Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sachratmas- dan ehtiyotkorlik bilan solishni unutmang.

      9. Issiq qozon, tova, idish-tovoqlarni maxsus qo'lqop yoki moslama bilan ushlash kerak.

      10. Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko'chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik kerak.

Pazandachilik xonasida sanitariya-gigiyena qoidalari:

        1. Ovqat va pazandachilik mahsulotlarini pishirishda max- sus kiyimlar - ochiq rangli fartuk va qalpoq kiyish yoki oq ro'mol o'rab olish lozim.

        2. Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo'llarni sovun bilan yuvish, tirnoqlar olingan bo'lishi kerak.

        3. Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotlar- dan foydalanish talab etiladi.

        4. Go'shtga, baliqqa birlamchi ishlov berishda maxsus tamg'al angan - «XG», «XB» taxtakach va pichoqlardan foyda- lanish kerak.

        5. Ish o'rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda, pokiza saqlashga rioya etilishi shart.

        6. Xona jihozlari saranjomligi va ozodaligini ta'minlash lozim.

        7. Toza idishlarni maxsus gigiyenik javonlarda saqlash kerak.

        8. Chiqitlarni maxsus qopqoqli idishga solib, o'z vaqtida chi- qarib tashlash talab qilinadi.


Download 41.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling