1. Fanning maqsad va vazifasi. Kimyo fanining tarixi
Download 235.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
Stexiometrik qonunlar. Stexiometriya kimyoning reaksiyaga kirishayotgan moddalar
orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko‟rib chiqiladigan bo‟limidir. «Stexiometriya» so‟zi grekchadan tarjima qilinganda «tarkibiy qism» va «o‟lchayman» degan ma‟nolarni anglatadi.
Stexiometriyaning asosini stexiometrik qonunlar: moddalar massasining saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni va Avagadro qonuni tashkil etadi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni. M.V.Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo‟lgan mahsulotlarning og‟irligini o‟lchash yo‟li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o‟rgandi. Natijada u birinchi marta 1748 yilda moddalar massasining saqlanish qonunini ta‟rifladi, 1756 yilda metallarni og‟zi kavsharlab berkitilgan idish (retotta)da qizdirish yo‟li bilan bu qonunni to‟g‟riligini tajribada isbotladi:
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo‟ladigan moddalarning mas- sasiga teng bo‟ladi.
1789 yilda Lomonosov ishidan bexabar holatda, fransuz kimyogari A.L.Lavuaze ham moddalar massalari saqlanish qonunini e‟lon qildi:
Kimyoviy reaksiyapaytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalarigina o‟zgarmay kol- masdan, ular tarkibiga kiruvchi elementlar massalari ham o‟zgarmasdan qoladi.
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasidagi bog‟lanishni ko‟rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo‟ysunishini, yadroviy reaksiya- lar esa bunday qonuniyatdan chetlanishini ko‟rsatdi. Ya‟ni: AE = Am • c 2
Am - massa o‟zgarishi; c - yorug‟lik tezligi (vaakumda 300 000 km/sek ga teng).
Energiya o‟zgarishi kichik qiymatli bo‟lganda massa uzgarishi nolga yaqinlashadi, ya‟ni o‟zgarmaydi. Yadro reaksiyalarida esa energiya o‟zgarishi juda yuqori qiymatli bo‟lganligi uchun massa o‟zgarishi sezilarli o‟zgarishini ko‟rish mumkin.
Eynshteynning bu tenglamasi makro jismlar uchun ham, mikrozarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir.
Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi elementlarning massalari o‟zgarmas nisbatda bo‟ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to‟g‟riligini barcha olimlar e‟tirof etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo‟ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa nisbatlariga bog‟liq bo‟ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosaga dalil sifatida bir qancha analizlarning natijalarini keltirdi.
J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. Kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‟lishini o‟zining juda ko‟p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta‟riflandi:
Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat‟iy nazar, o‟zgarmas miqdoriy tarkibga ega.
Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo‟lib, suv O°C da muzlaydi, 100°C da qaynaydi. Uning 4°C dagi zichligi 1000 kg/m 3 yoki 1 g/sm 3 ga teng.
Bertolening o‟zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta‟limotini XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va eritmalarda haqiqatan ham o‟zgaruvchan tarkibli birikmalar bo‟lishini isbot qildi va ularni bertolidlar deb atadi, o‟zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb atadi.
Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo‟ysunadi. Atom tuzilishga ega bo‟lgan kristall moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bo‟ysunmasligi mumkin.
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta‟riflash mumkin: Har qanday quyi molekulyar birikma, o‟zining olinish usuli va sharoitidan qat‟iy nazar o‟zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.
Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton tomonidan yaratilgan.
Agar ikki element o‟zaro ta‟sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikma- lardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to‟g‟ri keladigan massa miqdorlari o‟zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‟ladi.
Bu xulosa tez orada eksperiment yo‟li bilan isbotlandi. Dalton o‟sha zamonda ma‟lum bo‟lgan ikkita uglevodorod metan bilan etilen tarkibini tekshirib (1-jadval) uglerodning bu birikmalarida bir og‟irlik qism vodorodga to‟g‟ri keladigan og‟irlik miqdorlari o‟zaro 3:6 yoki 1:2 nisbatda bo‟lishini topdi.
Karrali nisbatlar qonunidan ikkita muhim xulosa kelib chiqadi: 1. Bir xil elementlardan hosil bo‟lgan birikmalar o‟z og‟irlik tarkiblari jihatidan odatda, bir-biridan katta farq qi- ladi. Masalan, azot oksidlarida bir og‟irlik qism azotga 0,57 og‟irlik qism kislorod, yoki bundan 2-5 barobar or- tiq kislorod to‟g‟ri keladi. Demak, ma‟lum elementlardan hosil bo‟lgan birikma xuddu shu elementlardan tuzil- gan boshqa birikmaga aylantirilganda, tarkib to‟satdan (sakrash bilan) o‟zgaradi.
2. Birikadigan elementlar orasidagi miqdoriy nisbatlarning o‟zgarishi hamma vaqt yangi sifat paydo bo‟lishiga olib boradi. Masalan, azot oksidlari (N 2 O, NO 2 , N
2 O 5 va b.) garchi bir xil elementlardan tuzilgan bo‟lsa ham si- fat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bunday farq tabiatning umumiy qonuniga — miqdorning sifatga o‟tish qonuniga yaqqol misoldir.
Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va Vollastonlarning tajribalari natijasida ekviva- lentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta‟riflandi:
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng, yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta‟sirlashadi.
Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan: 1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o‟rin almashina oladigan modda miqdori shu moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi.
Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning kislorodli yoki vodorodli birikmasini bilish kerak. E=A = M
n n bu yerda: E - ekvivalent; A yoki M - atom yoki molekulyar massa; n - valentligi yoki
asosligi (negizliligi). Download 235.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling