1. Fanning maqsad va vazifasi. Kimyo fanining tarixi
Atom-molekulyar ta’limot
Download 235.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
Atom-molekulyar ta’limot. Moddalarning nihoyatda mayda zarrachalar atomlardan
tuzilganligi haqidagi tasavvurlar qadimgi Gresiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi V asrda Demokrit moddaning eng mayda bo‟linmaydigan zarrachasini atom deb atadi. Lekin atomning qanday zarracha ekani va uning xossasi to‟g‟risidagi tasavvurlar XVI asrning boshlaridan o‟rganila boshlandi. Fransuz olimi P.Gassendi tarixda unutilib yuborilgan atom tushunchasini fanga yana kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko‟p emas, degan fikrni maydonga tashladi. Lekin bu fikrni o‟zi bilan moddalar asosini tashkil qiluvchi zarrachalar to‟g‟risidagi tasav- vurlarni to‟la tushuntirib berib bo‟lmaydi.
Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta‟limot XVIII - XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta‟limotni 1741 yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uning mazmunini «Matematik kimyo elementlari» asarida bayon etdi.
Atom-molekulyar ta‟limotning mohiyati quyidagilardan iborat: 1) barcha moddalar «korpuskula» lardan iborat bo‟lib, ular bir-biridan oraliq fazo bilan ajralgandir (Lomono- sovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma‟nosiga ega);
2) «korpuskula»lar to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi. 3) «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element» tushunchasi hozirgi «atom» ma‟nosiga ega). «Element»lar ham to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi;
4) «element»lar aniq massa va o‟lchamga ega; 5) oddiy moddalarning «korpuskula»lari bir xil «element»lardan, murakkab modddalarning «korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan bo‟ldi.
Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o‟zgarishlarining tabiati haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari atom-molekulyar ta‟limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, ya‟ni moddalar yaxlit bo‟lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan. Moddalar doimo harakatda bo‟ladi: jism harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, harakat ham
Ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig‟ilgan tekshirish natijalariga asoslanib, 1808 yilda atomistik ta‟limotni yaratdi. U atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini kashf etdi. Atomistik ta‟limot mohiyati quyidagicha:
a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachalarga bo‟lina olmaydi;
b) har qaysi kimyoviy element faqat o‟ziga xos «oddiy» atomlardan tuzilgan bo‟lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o‟ziga xos massa va o‟lchamga ega;
v) kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o‟zaro aniq va o‟zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi;
g) faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo‟lgan atomlargina o‟zaro birika oladi, bir elementning atomlari hech qachon o‟zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular bir-biridan itariladi.
Dalton atomistik ta‟limotga asoslanib, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta‟rif berdi: Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir.
Dalton ta‟limotida kamchiliklar borligi o‟sha vaqtdayoq ma‟lum bo‟ldi. Birinchidan, oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo‟lishini inkor etdi. Ikkinchidan, murakkab moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir ele- mentning bir atomi ikkinchi elementning faqat bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda suv NO, ammiak NH, etilen SN kabi formulalar bilan ifodalangan bo‟lar edi. Shuning uchun ba‟zi elementlarning atom massalari ikki xil qiymatli bo‟lib chiqdi. Demak, atom bo‟linishi mumkin deb faraz qilishga to‟g‟ri keladi, bu esa atom bo‟linmaydi degan fikrga ziddir.
Ko‟rinib turibdiki, atom-molekulyar ta‟limotning mohiyati chuqur ilmiy asoslanganligi sababli atomistik ta‟limotda yechilmagan masalalarni ham yoritib berilganligini ko‟rsatadi.
Download 235.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling