1. Fanning maqsad va vazifasi. Kimyo fanining tarixi


Download 235.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi235.96 Kb.
#220710
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza



1-Mavzu:KIMYONING MAQSAD VA VAZIFASI. KIMYONING ASOSIY 

QONUNLARI. 

Reja: 

1. Fanning maqsad va vazifasi. 

2. Kimyo fanining tarixi. 

3. Massaning saqlanish qonuni. 

4. Tarkibning doimiylik qonuni. 

5. Ekvivalentlar qonuni. 

6.Hajmiy nisbatlar qonuni. 

 

 



Kimyo  fanining  mazmuni  va  vazifalari.  Kimyo  —  tabiat  haqidagi  fan  bo’lib,  u  fizika, 

biologiya, mineralogiya fanlari kabi moddiy jismlar to’g’risida atroflicha ma’lumot beradi. 

 

Kimyo  —  moddalar,  ularning  tarkibi,  tuzilishi,  xossalari  va  ularda  bo’ladigan 

o’zgarishlar haqidagi fandir. 

 

Kimyoviy  o’zgarishlarda  albatta,  dastlabki  moddalardan,  ya’ni  xom  ashyodan  boshqa 

tarkibga va boshqa xossalarga ega bo’lgan mahsulotlar olinadi. Bunda dastlabki moddalarning 

tarkibi o’zgaradi, fizik o’zgarishlarda esa bu hol kuzatilmaydi. 

 

Kimyoviy  jarayonlarning  borishi,  reaksiyada  ishtirok  etadigan  moddalarning  tarkibiga, 

ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog’liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi 

bilan  ularning  reaksiyaga  kirishish  qobiliyati  orasidagi  bog’lanishni  o’rganish  muhim 

ahamiyatga egadir. 

 

Mamlakatimizda kimyo sanoati uchun zarur bo‟lgan xom ashyo—neft, toshko‟mir, tabiiy 



gaz, mineral tuz va rudalarning mo‟l-ko‟lligi turli xil yangi kimyoviy mahsulotlar olishga katta 

imkoniyat yaratadi. 

 

Kimyoviy  toza  modda  ayni  sharoitda  o‟zgarmas  fizik  xossalar  bilan  xarakterlanadi. 



Moddalar soni juda ko‟p. Ularni o‟rganishda moddalarning turli xossalariga asoslanib, bir necha 

sinflarga  bo‟linadi.  Bizga  ma‟lum  bo‟lgan  barcha  moddalar  birinchi  navbatda  quyidagi  to‟rt 

guruhga: 

 

1) elementar zarralar



 

2) oddiy moddalar; 

 

3) murakkab moddalar (yoki kimyoviy birikmalar); 



 

4) aralashmalarga bo‟lish mumkin. 

 

Elementar  zarralar  (masalan,  elektron,  proton,  neytron,  pozitron,  rc-mezon  va  hokazo) 



soni yuzdan ortiqdir. 

 

Oddiy modda — kimyoviy elementning erkin holda mavjud bo‟la oladigan turi. Bunday 



moddalar  faqat  bir  xil  turdagi  element  atomidan  tarkib  topgan  bo‟lib,  ularning  soni  400  dan 

ortiqdir. 

 

Murakkab  moddalar  yoki  kimyoviy  birikmalar  —  o‟zaro  ma‟lum  nisbatlarda  birikkan 



ikki  yoki  bir  necha  element  atomidan  tuzilgan  bo‟ladi.  Noorganik  moddalarning  soni  200 

mingdan ortiq, organik moddalarning soni esa ikki millionga yaqindir. 

 

Tabiatda toza moddalardan tashqari  aralashmalar ham  mavjud. Aralashma o‟z xossalari 



bilan kimyoviy birikmalardan keskin farq qiladi. Masalan, bir xil sharoitda baravar hajmda HCl 

gazi va vodorod bilan xlor aralashmasi olingan bo‟lsin. Agar HCl gaziga alanga tutilsa, bu gaz 

yonmaydi, lekin H

2

 va Cl



2

 gazlari kuchli portlash bilan yonadi. Reaksiya natijasida yangi modda 

- HCl hosil bo‟ladi. 

 

Jism  moddaning  fazoda  chegaralangan  qismidir.  Jism  tushunchasi  juda  aniq  tushuncha 




bo‟lib,  modda  tushunchasi  esa  unga  nisbatan  ancha  keng  ma‟noni  beradi.  Masalan,  temir 

moddasidan bolg‟a, temir yo‟l relsi va boshqa buyumlarni tayyorlash mumkin. Bular jismlardir. 

Demak, modda tushunchasi jism tushunchasiga nisbatan umumiy tushunchadir. 

 

Bir turdagi moddani boshqa turdagi moddaga aylanishi bilan boradigan jarayon kimyoviy 




Download 235.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling