1. Fanning maqsad va vazifasi. Kimyo fanining tarixi


Atom-molekulyar  ta’limot


Download 235.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi235.96 Kb.
#220710
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza

Atom-molekulyar  ta’limot.  Moddalarning  nihoyatda  mayda  zarrachalar  atomlardan 

tuzilganligi haqidagi tasavvurlar qadimgi Gresiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi V asrda 

Demokrit  moddaning  eng  mayda  bo‟linmaydigan  zarrachasini  atom  deb  atadi.  Lekin  atomning 

qanday  zarracha  ekani  va  uning  xossasi  to‟g‟risidagi  tasavvurlar  XVI  asrning  boshlaridan 

o‟rganila  boshlandi.  Fransuz  olimi  P.Gassendi  tarixda  unutilib  yuborilgan  atom  tushunchasini 

fanga yana kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko‟p emas, 

degan  fikrni  maydonga  tashladi.  Lekin  bu  fikrni  o‟zi  bilan  moddalar  asosini  tashkil  qiluvchi 

zarrachalar to‟g‟risidagi tasav- vurlarni to‟la tushuntirib berib bo‟lmaydi. 

 

Ilmiy  asoslangan  atom-molekulyar  ta‟limot  XVIII  -  XIX  asrlardagina  yaratildi.  Bu 



ta‟limotni  1741  yilda  M.V.Lomonosov  yaratdi  va  uning  mazmunini  «Matematik  kimyo 


elementlari» asarida bayon etdi. 

 

Atom-molekulyar ta‟limotning mohiyati quyidagilardan iborat: 



 

1) barcha moddalar «korpuskula» lardan iborat bo‟lib, ular bir-biridan oraliq fazo bilan 

ajralgandir (Lomono- sovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma‟nosiga ega); 

 

2) «korpuskula»lar to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi. 



 

3)  «korpuskula»lar  «element»lardan  tashkil  topgan  (Lomonosovning  «element» 

tushunchasi hozirgi «atom» ma‟nosiga ega). «Element»lar ham to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi; 

 

4) «element»lar aniq massa va o‟lchamga ega; 



 

5)  oddiy  moddalarning  «korpuskula»lari  bir  xil  «element»lardan,  murakkab 

modddalarning «korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan bo‟ldi. 

 

Materiyaning  tuzilishi,  moddalarning  xossalari  va  kimyoviy  o‟zgarishlarining  tabiati 



haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari atom-molekulyar ta‟limot asosida moddalarning diskretligi 

prinsipi  yotadi,  ya‟ni  moddalar  yaxlit  bo‟lmasdan,  balki  mayda  zarrachalardan  tarkib  topgan. 

Moddalar  doimo  harakatda  bo‟ladi:  jism  harorati  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  harakat  ham 

shunchalik intensiv bo‘ladi. 

 

Ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig‟ilgan tekshirish natijalariga asoslanib, 

1808  yilda  atomistik  ta‟limotni  yaratdi.  U  atomistikaga  asoslanib,  karrali  nisbatlar  qonunini 

kashf etdi. Atomistik ta‟limot mohiyati quyidagicha: 

 

a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq 



zarrachalarga bo‟lina olmaydi; 

 

b)  har  qaysi  kimyoviy  element faqat  o‟ziga xos  «oddiy»  atomlardan tuzilgan bo‟lib,  bu 



atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o‟ziga xos massa va 

o‟lchamga ega; 

 

v)  kimyoviy  reaksiya  vaqtida  turli  elementlarning  «oddiy»  atomlari  o‟zaro  aniq  va 



o‟zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi

 

g)  faqat  boshqa-boshqa  xossalarga  ega  bo‟lgan  atomlargina  o‟zaro  birika  oladi,  bir 



elementning  atomlari  hech  qachon  o‟zaro  kimyoviy  reaksiyaga  kirishmaydi.  Ular  bir-biridan 

itariladi. 

 

Dalton atomistik ta‟limotga asoslanib, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta‟rif berdi: 



 

Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir. 

 

Dalton  ta‟limotida  kamchiliklar  borligi  o‟sha  vaqtdayoq  ma‟lum  bo‟ldi.  Birinchidan, 



oddiy  moddalarning  molekulalari  real  mavjud  bo‟lishini  inkor  etdi.  Ikkinchidan,  murakkab 

moddalarning  tuzilishini  talqin  qilishda  bir  ele-  mentning  bir  atomi  ikkinchi  elementning  faqat 

bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda suv NO, ammiak NH, etilen SN kabi formulalar 

bilan  ifodalangan  bo‟lar  edi.  Shuning  uchun  ba‟zi  elementlarning  atom  massalari  ikki  xil 

qiymatli bo‟lib chiqdi. Demak, atom bo‟linishi mumkin deb faraz qilishga to‟g‟ri keladi, bu esa 

atom bo‟linmaydi degan fikrga ziddir. 

 

Ko‟rinib  turibdiki,  atom-molekulyar  ta‟limotning  mohiyati  chuqur  ilmiy  asoslanganligi 



sababli atomistik ta‟limotda yechilmagan masalalarni ham yoritib berilganligini ko‟rsatadi. 

 


Download 235.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling