1. Fanning maqsadi va vazifalar Fanning o’qitishdan maqsad


Download 100.5 Kb.
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1738906
1   2   3   4   5
Bog'liq
soxani o\'lchash javoblari

O'lchash xatoliklari
O'lchash vositasi bilan aniqlangan o'lcham, o'lchanayotgan fizik kattalikning haqiqiy qiymatidan, albatta, farq qiladi. Bunga o'lchash vositasining o'lchash tamoyili, konstruksiyasi, atrof-muhit ko'rsatkichlarining o'zgarishi, o'lchashni amalga oshirayotgan o'quvchining malakasi sabab bo'ladi. Shuning uchun o'lchash vositalarida berishi mumkin bo'lgan xatolik aniqlik sinfi bilan chegaralanadi. Buni har bir o'lchash vositasi uning aniqlik sinfi bilan belgilangan xatolikdan katta xato bermaydi deb tushunish mumkin.O'lchash xatoligi mutloq va nisbiy qiymatlari bilan ifodalanadi: Δ=A-X (1) Bu yerda: Δ - mutloq xatolik,
O‘lchash xatoliklarining tabaqalanishi O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni. O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: – o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelibchiquvchi sabablar; – o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar; – o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; – operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar. O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi.
9-14
9.Xarorat - texnologik jarayonlarning muxim parametri bo‘lib, amalda ham past, ham yuqori xaroratlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Jismning xarorati orqali molekulalarning issiqlik harakatida xosil bo‘ladigan ichki kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi tavsiflanadi. Amalda jismlarning xaroratini birining ikkinchisiga nisbatan qizdirilishini taqqoslash yordamidagina o‘lchash mumkin bo‘ladi. Molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz xarorati orasidagi bog‘lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Agar jismlarning xarorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida, energiyalarning tenglashuvi ro‘y beradi; yuqoriroq xaroratga va demak, molekulalari ko‘proq kinetik energiyaga ega bo‘lgan jism o‘z issiqligini (energiyasini) kamroq xaroratga va molekulalari kamroq kinetik energiyaga ega bo‘lgan jismga beradi. SHunday qilib, xarorat issiqlik almashish, issiqlik o‘tkazish jarayonlarining ham sifat, ham miqdoriy tomonlarini tasvirlovchi parametrdir.
10. Agar jismlarning xarorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida, energiyalarning tenglashuvi ro‘y beradi; yuqoriroq xaroratga va demak, molekulalari ko‘proq kinetik energiyaga ega bo‘lgan jism o‘z issiqligini (energiyasini) kamroq xaroratga va molekulalari kamroq kinetik energiyaga ega bo‘lgan jismga beradi. SHunday qilib, xarorat issiqlik almashish, issiqlik o‘tkazish jarayonlarining ham sifat, ham miqdoriy tomonlarini tasvirlovchi parametrdir. bu erda: t` va t``- oson tiklanadigan o‘zgarmas xaroratlar; n-t``, t` tayanch nuqtalar orasidagi xarorat oralig‘i bo‘linadigan butun son.
X arorat shkalasining tenglamasi .
X arorat o‘lchaydigan asbobni birinchi bo‘lib 1598 yilda Galiley tavsiya etgan. So‘ngra M.V.Lomonosov va Farengeytlar tomonidan termometr ishlab chiqildi. 1848 yilda ingliz fizigi Kelvin termodinamikaning ikkinchi qonuni asosida yangi xarorat shkalasini tuzishni taklif qiladi. Termodinamik xaroratlar shkalasining tenglamasi:
11. Zamonaviy termometriya o‘lchashning turli usul va vositalariga ega. Xar bir usul o‘ziga xos bo‘lib, universallik xususiyatiga ega emas. Berilgan sharoitda optimal o‘lchash usuli o‘lchashga qo‘yilgan aniqlik sharti va o‘lchash-ning davomiyligi sharti, xaroratni qayd qilish va avtomatik boshqarish zarurati yordamida belgilanadi. Xaroratning eng qulay, aniq va ishonchli o‘lchash usullari kontaktli usullar bo‘lib, ularda birlamchi sezgir element- lari sifatida qarshilikning termoo‘zgartkichlari va termoelektr o‘zgartgichlari qo‘llanadi. Xarorat o‘lchash asboblari ishlash tamoyiliga qarab bir necha turkumlarga bo‘linadi: 1. Kengayish termometrlari. Bu termometrlar xarorat o‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar xajmining yoxud chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga asos-langan. 2. Manometrik termometrlar. Bunday asboblarning ishlash tamoyili xajm o‘zgarmas bo‘lganda, xarorat bilan bosimning o‘zaro bir qiymatli bog‘lanishiga asoslangan. 3. Termoelektr termometrlar. Bu asboblarda xarorat taxsirida o‘zgargan termoelektr yurituvchi kuchni o‘lchash vositasida xarorat aniqlanadi. 4. Qarshilik termometr- lari. Bunday asboblar tarkibiga kirgan o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarning elektr qarshiligini o‘lchash orqali xarorat aniqlanadi. 5. Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari: a) optik pirometrlar - issiq jismning ravshanligini o‘lchash asbobi; b) rangli pirometrlar (spektral nisbat pirometrlari, jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning taqsimlanishini o‘lchashga asoslangan); v) radiatsion pirometrlar (issiq jism nurlanishining quvvatini o‘lchashga asoslangan).

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling