1. Fanning maqsadi va vazifalar Fanning o’qitishdan maqsad


Dilatometrik termometrlarni tuzilishi


Download 100.5 Kb.
bet4/5
Sana02.11.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1738906
1   2   3   4   5
Bog'liq
soxani o\'lchash javoblari

12. Dilatometrik termometrlarni tuzilishi o‘zgaradi va shu asosda muhitning harorati aniqlanadi. Bimetalli kuzatgichlarda, sezuvchan element sifatida uzunligi bo‘yicha ikkita kavsharlangan, haroratga xos chiziqli kengayish koeffitsenti turlicha (masalan misdan, va invardan) bo‘lgan metallik plastinalar tarkib topgan plastina va spiraldan foydalaniladi. Muhit haroratini o‘zgarishida bimetalli plastinka (spiral) uzatgichni sezuvchan elementini aralashtirgan xolda yoki kontaklarni qayta ulash bilan buklanadi. Bimetalli termometrlarni tuzilishi. Ishlab chiqarishda ikki pozitsiyali bo‘lgan DTKB (bimetalli) turdagi va TUDE (dilatometrik) turdagi, shuningdek uch pozitsiyali bo‘lgan TB-EZK (bimetalli) turdagi termodatchiklardan foydalaniladi. Barcha modifikatsiyadagi dilatometrik va bimetalli termodatchiklar istalgan holatda montaj qilinadi (vertikal, og‘ma, gorizontal). DTKB turidagi bimetalli kameraga xos datchiklar poldan 1,8...2 m balandlikda o‘rnatiladi.
13.Suyuqlikli termometrlar 200°C dan +600°C gacha oraliqdagi temperaturani o`lchash uchun ishlatiladi. SHisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi etarli darajada yuqori va arzon bo`lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o`rnatilgan termometr suyuqligining hajmi temperatura ko`tarilishi yoki pasayishida o`zgarishiga asoslangan. SHisha termometrlarning suyuqligi sifatidsimob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko`p tarqalgani simobli termometrlardir. Termometrlarga solinadigan suyuqliklar suyuqlik qo`llanilish chegaralari, ºC da pastki yuqori Simob –35 600 Toluol –90 200 Etil spirti (etanol) –80 70 Kerosin –60 200 Petroley efir –120 25 Pentan –200 20Simobning kengayish koeffisientini kichikligi termometriya nuqtai nazardan uning kamchiligi hisoblanad.
15. Yuqorida ko‘rilgan, xaroratni o‘lchashga mo‘ljallangan barcha termometrlar termometrning sezgir elementi bilan o‘lchanayotgan jism yoki muhit orasida bevosita kontakt bo‘lishini taqozo etar edi. Shuning uchun xaroratni o‘lchashning bunday usullari ba’zan kontaktli usullar deb yuritiladi. Bu usulni qo‘llashning yuqori chegarasi 1800 — 2200°C. Ammo sanoatda va tadqiqotlarda bundan yuqori xaroratlarni ham o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizdirilgan jismning issiqligi ta’sirida hosil bo‘lgan nurlanish energiyasini o‘lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlari 20 dan 6000°S gacha bo‘lgan xaroratlarni o‘lchashda ishlatiladi. Issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqinlari tarzida tarqalish jarayonidan iborat. Bu to‘lqinlar boshqa jismlar tomonidan yutilgandz ular qaytadan, yana kaytadan issiqlik energiyasiga aylanadi. Jismlar uzunligi λ ga teng bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarni 0 dan ∞ gacha bo‘lgan oraliqda tarqatadi. Qattiq va suyuq jismlarning ko‘pi nurlanishning uzluksiz spektriga ega, ya’ni barcha uzunliklardagi to‘lqinlarni tarqatadi.
16. Optik pirometrlarning ishlash prinsipi xarorati o‘lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarining monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslangan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho‘g‘lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu gruppadagi keng tarqalgan asboblardan bir -- cho‘g‘lanish tolasi yo‘qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’ektiv 1 orqali yig‘iladi va pirometrik lampa 2 ning toza yuzasiga proeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob’ektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai E ning o‘zgarmas tokidan cho‘g‘lanadi. Manbaning kuchlanishini reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo‘li bilan ob’ekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. Optik pirometrlarning xaroratini o‘lchash diapazoni 800°S dan 10000°S gacha. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5% dan oshmaydi. Optik pirometr ko‘chma asbobdir. U bilan uzluksiz o‘lchash va xaroratni qayd qilish mumkin emas.
17. Bosim texnologik protsesslarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab .chiqarish protsesslarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha, bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi ravon taqsimlangan kuch bosim deb ataladi: P=F/S.
Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling