Kengayish termometrlari. Suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlar
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
4 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqlikli termometrlar.
- Suyuqlik Qo‘llanilish chegaralari, ºC da pastki yuqori
4-Maruza: KENGAYISH TERMOMETRLARI. SUYUQLIKLI, DILATOMETRIK VA BIMETALLI TERMOMETRLAR Reja: 1. Suyuqlikli termometrlar. 2. Dilatometrik termometrlar. 3. Bimetall termometrlar Suyuqlikli termometrlar. Suyuqlikli termometrlar –200°С dan +600°С gacha oraliqdagi temperaturani o‗lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‗lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o‗rnatilgan termometr suyuqligining hajmi temperatura ko‗tarilishi yoki pasayishida o‗zgarishiga asoslangan. Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo‗llanilish chegaralari 5.1-jadvalda keltirilgan. Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko‗p tarqalgani simobli termometrlardir. 5.1-jadval Termometrlarga solinadigan suyuqliklar Suyuqlik Qo‘llanilish chegaralari, ºC da pastki yuqori Simob –35 600 Toluol –90 200 Etil spirti (etanol) –80 70 Kerosin –60 200 Petroley efir –120 25 Pentan –200 20 Simobning kengayish koeffitsiyentini kichikligi termometriya nuqtai nazardan uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. Bu koeffitsiyent quyidagi formula orqali aniqlanadi: , ) ( 1 2 0 1 2 2 1 t t v v v t t t t , / 1 gradus (5.1) bu yerda 1 t v va 2 t v — suyuqlikning 1 t va 2 t temperaturalardagi hajmi; v 0 — shu suyuqlikning 0°С dagi hajmi. koeffitsiyent qancha katta bo‗lsa, hajmiy kengayish temperaturasining 1°С ga o‗zgarishiga shuncha ko‗proq moslashadi. Termometrlarda hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti yuqori bo‗lgan suyuqliklardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‗lchashning maqsadi va diapazoniga qarab termometrlar kengayish koeffitsiyenti kichik bo‗lgan turli markali (GOST 1224 —71) shishalardan tayyorlanadi. Texnikada qo‗llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling