Kengayish termometrlari. Suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlar
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
4 (1)
5.1-rasm. Termometrlar.
Xatolarga sabab bo‗ladigan keltirilgan faktorlardan eng ahamiyatlisi nol nuqtasining o‗zgarishi hamda termometrning o‗lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligidir. Agar to‗liq kiritilganda darajalangan termometrni ishlatilish sharoitlariga ko‗ra o‗lchanayotgan muhitga to‗liq kiritib bo‗lmasa, unda uning rezervuari va suyuqlik ustuni turli temperaturada bo‗ladi. Chiqib turgan ustunga tuzatma quyidagi formula bo‗yicha kiritiladi: , (5.2) bunda – chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni, — shishadagi suyuqlikning kengayish koeffitsnenti (simob uchun 0,00016, spirt uchun 0,001), ; t 2 — termometr ko‗rsatayotgan temperatura °С; t 1 — rezervuar chiqib turgan ustunning o‗rtasiga biriktirilgan yordamchi termometr orqali o‗lchanadigan chiqib turgan ustunning o‗rtacha temperaturasi. Agar chiqib turgan ustun temperaturasi o‗lchanayotgandan kam bo‗lsa, unda tuzatma ishorasi musbat, ortiq bo‗lsa, ―–‖ manfiy bo‗ladi. Chiqib turgan ustun hisobiga paydo bo‗ladigan xatolik ancha katta bo‗lishi mumkin va shuning uchun uni e‘tiborga olmaslikning iloji yo‗q. Shuni ta‘kidlash lozimki, chiqib turgan ustun hisobiga simob uchun xatolik suyuqliklarnikiga qaraganda temperatura kengayish koeffitsiyentlari qiymatining katta farq qilishiga ko‗ra bir tartibga past. Hozir shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlarning (to‗g‗ri chiziqli va burchakli) 11 xili chiqariladi: -90 ... +30; -60 …+50; -30 . .. +50; 0 . .. 100; 0...160; 0...200; 0… 300; 0.... 350, 0.... 450; 0…. 530 ва 0….600°С. Shkala bo‗linmasining qiymati 0,5°С (shkalasi -30… +50°С) dan 5 va 10°С gacha (shkalasi 0 … 600°С). 2.Tayoqli, ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari – 30 dan +600°С gacha temperaturani o‗lchashga muljallangan, shkala bo‗linmasining qiymati 0,1 va 2°С; 3.Suyuqlikli (simobli emas) termometrlar (GOST 9177 — 74) tayoqli, o‗lchash chegaralarini –200 dan + 200°С gacha qilib chiqariladi. Shkala bo‗linmasining qiymati 0,2 dan 5°С gacha. 4.Simobli yuqori aniqlikdagi va namunaviy (GOST 13646—68) termometrlar o‗lchash chegarasi tor (4 dan 59°С gacha) va shkala bo‗linmasining qiymati 0,01 dan 0,1°С gacha qilib chiqariladi. 5.Simobli elektr kontaktli (GOST 9871 —75) termometrlar –30 dan 300°С gacha o‗lchashga mo‗ljallab chiqariladi. 6.Maxsus termometrlar: meditsina (maksimal), meteorologik (maksimal, minimal, psixometrik, tuproqqa oid va x,.) va boshqa maqsadlarga mo‗ljallangan. Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo‗yicha hisoblash noqulayligi, ko‗rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib bo‗lmasligi, issiqlik inersiyasining kattaligi (ko‗rsatishlarning kechikishi) va asboblarning mexanik nuqtai nazardan mustahkam emasligi kiradi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling