Kengayish termometrlari. Suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana06.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1171315
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 (1)

Bimetall 
termometrlarning 
sezgir 
elementi 
kavsharlangan 
ikkita 
plastinkadan tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinkalar issiqlikdan kengayish 
temperatura koeffiiiyenti turlicha bo‗lgan metallardan tayyorlanadi. Temperatura 
o‗zgarganda plastinkalar uzayadi. Plastinkalar bir-biriga nisbatan siljiy olmaganligi 
sababli prujina issiqlikdan kengayish temperatura koeffitsiyenta kam bo‗lgan 
plastinka tomonga og‗adi. Plastinkalar uzayishining temperatura koeffitsiyenti 
farqi qancha katta bo‗lsa, prujinaning temperatura o‗zgarishidagi og‗ishi shuncha 
ko‗p bo‗ladi. 5.3-rasmda yassi plastinkali bimetall termometrning tuzilish sxemasi 
ko‗rsatilgan. Temperatura o‗zgarishi bilan bimetall prujina 1 pastga egiladi. Tortqi 
2 strelka 4 ni o‗q 3 atrofida aylantiradi.


5.3-расм. Yassi plastinkali bimetall termometrning tuzilish sxemasi. 
Strelka shkala 5 da o‗lchanayotgan temperatura qiymatini ko‗rsatadi. 
Bimetall plastinka qo‗llanilganda o‗lchashning yuqorigi chegarasi pastki 
plastinka tayyorlangan materialning qayishqoqligi chegarasi bilan chegaralanadi. 
Sezgir elementlar sifatida yoysimon yoki vintsimon spirallar qo‗llaniladi. Bimetall 
termometrlar bilan temperaturani o‗lchash chegarasi –150°С dan +700°С gacha, 
xatosi 1...1,5%. Bu turdagi termometrlar temperaturani ma‘lum darajada avtomatik 
ravishda saqlash va signalizatsiya uchun qo‗llaniladi. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va 
avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi. 2011. 
2. Farzane N.G. i dr. Texnologicheskiye izmereniya i pribori. –M.: Visshaya 
shkola. 1989. 
3. Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish 
sistemalari. –Toshkent: O‗qituvchi. 1997. 
4. YusupbekovN.R., 
MuxitdinovD.P., 
AvazovY.SH. 
Avtomatikavanazorato‗lchovasboblariningtuzilishivavazifasi. 
Kasb-hunar 
kollejlari uchun darslik. –T.: Iqtisod-moliya, 2010. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling