1. Fanning maqsadi va vazifalari, Rivojlanish tarixi


geoxronologik jadvalni, gorizontal, monoklinal va burmalanib yotgan


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1131265
1   2   3
Bog'liq
1 Ma\'ruza fanning maqsad va vazifalari

geoxronologik jadvalni, gorizontal, monoklinal va burmalanib yotgan 
tog’jinsi qatlamlarini, kompas bilan ishlash, stratigrafik ustunlar va 
geologik kesmalar tuzish asoslari bilan tanishtirish; geologik xaritalarni 
o‘qishga o‘rgatishdan iborat. 
1
 
«Umumiy geologiya» kursi ma’ruzalarining asosiy maqsadi talabalarni 
hozirgi zamon geologiya fani va geologik ob’ektlar, minerallar, tog’jinslari, 
geologik regionlar, Yer va Yer geosferalarini, ularning geologik tarixda vujudga 
kelishini tushunishga o‘rgatishdir. Shu bilan birga uning xalq xo‘jaligidagi va 
mineral xom ashyo bazasini yaratishdagi atrof muhitni himoya qilishdagi roli 
ta’kidlab o‘tiladi. Yerning tuzilishi hamda taraqqiyot tarixini o’rganishga asos 
yaratishdir. Mazkur kursning maqsadi talabalarga geologiya fanini rivojlanishi, 
endogen va ekzogen jarayonlar xamda tarixiy geologiya asoslari xaqida bilimlar 
berishdir. 
Geologiya fani tarixidan 
Geologiya fan sifatida bundan 200 yil ilgari vujudga kelgan. Lekin Yer
geologiyaga oid hodisalar, foydali qazilmalar haqidagi gajribaga asoslangan 
ma’lumotlar kishilik jamiya-tining boshlang‘ich davri — ibtidoiy jamoa tuzumidan 
boshla-nadi. Tajribaga, aniq ma’lumotga asoslangan birinchi geolo-giyaga oid 
tushunchalar uzoq o‘tmishdagi kishilar ongida ular-ning tabiiy boyliklarga bo‘lgan 
ehtiyojidan va ularni ishla-tish jarayonida bunyodga kelgan. Haqiqatan ham uzoq 
o‘tmishdagi odamlar tog’jinslari va minerallardan avvalo tosh asrida sodda 
qurollar, buyumlar yasab foydalanganliklari bizga ma’lum. Qeyinroq bronza .va 
temir asrlarida kishilar mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush va temir rudalarini 
jamiyat taraqqiyotining talablariga muvofiq ishlata boshlaganlar. 
Kishilarning ongini turli geologiyaga oid jarayonlar, masa-lan, dahshatli 
zilzila va vulqon otilishi jarayonlari o‘ziga jalb etib kelgan. Bular haqidagi 
qadimiy odamlarning afso-naviy fikrlari, hikoyalarda va ba’zi rivoyatlarda 
uchraydi. 
1
(John J. Renton, 2006) 4-bet (Mazmun mohiyatidan foydalanildi) 


Geograflar, geodezistlar va geomorfologlar yer ustki qismining shaklini, 
relefini o‘rganadilar. Biologlar esa, yerdagi qayotni-yerning qayvon va o‘simliklar 
rivojlanadigan qismini - biosferani o‘rganadilar. Tuproqshunoslar yerning tirik 
organizmlar rivojlanadigan ustki tuproq qatlamini tekshiradi.
qurilish ishlaridagi mutaqassislar Yerni qurilish asosi va materiali, ya’ni uni 
qurilish manbai deb qisoblaydilar. Yuqorida qayd etilgan fan sohalari yerning faqat 
ustki qatlamlarida sodir bo‘layotgan voqea - qodisalarning rivojlanishi 
o‘zgarishinigina tekshiradilar. 
Geologiya fani esa, yerning ustki qismini o‘rganishi bilan bir qatorda uning 
ichki qismini va undagi mavjud qodsalarining rivojlanish qonuniyatlarini qam 
o‘rganadi. Geologlar yerga turli mineral va tog’ jinslaridan tarkib topgan va doimo 
o‘zgarib tuzuvchi sharsimon fizik jism deb qaraydilar. 
Yer po‘sti neorganik qismining paydo bo‘lishi va rivojlanishi qayvon va 
o‘simliklarning qayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni o‘rganishda yer 
qatlamlari orasida saqlanib qolgan tamg‘alargina yordam beradi. 
Shunday qilib, geologiya fani yer qaqidagi maxsus fan bo‘lib, u yer 
qatlamlari tarkibining tuzilishini va rivojlanish tarixini tekshiradi. Bu 
masalalarning o‘rganiladigan qajmi va miqdori juda katta bo‘lganligi uchun 
geologiya fani bir necha maxsus fanlarga bo‘linib ularning qar biri geologiyaning 
o‘ziga qos soqalari bilan shug‘ullanadi. 
Yerning ximiyaviy tarkibini mineralogiya (minerallar haqidagi fan) va 
kristallaografiya (kristallar qaqidagi fan), petrografiya (tog’jinslari haqidagi fan) 
geoximiya 
(yer 
kimyosini o‘rganuvchi fan), paleontologiya (qadimgi 
organizmlarning tosh qotgan qoldiqlari qaqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq
qaqidagi fan) foydlai qazilmalar geologiyasi (mineral hom ashyolarni 
o‘rganuvchi fan), gidrogeologiya (yer osti suvlari qaqidagi fan) va boshqa fanlar 
o‘rganadi. Yer yuzasining shakllari ularning paydo bo‘lishi rivojlanishi va 
taraqqiyotini geomorfologiya fani o‘rgatadi. Bu fan geologiya bilan geografiyani 
bir-biriga bog‘laydi. Yer sharining ustki shaklini geografiyaning bir qismi bo‘lgan 
geodeziya tekshirsa, uning fizik xususiyatlarini geofizika, yerning yoshi va 


qatlamlar munosabatini stratigrafiya, yerning ichki va tog’qosil qiluvchi 
qarakatlarini geotektonika va strukturali geologiya o‘rganadi. 
Umumiy geologiya kursida yerning moddiy tarkibi va tuzilishi haqidagi 
yuqorida ko‘rsatilgan fanlar odatda fizik geologiya degan sohaga birlashtirilgan. 
Dinamik geologiya yer po‘stini o‘zgartiruvchi va tog’jinslarini qosil qiluvchi 
(litogenez) jarayon bilan shug‘ullanadi. Nazariy geologiya, geologik razvedka 
ishlari yer po‘stini geofizik usullar yordamida tekshrish, neft qidirish geologiyasi, 
muxandislik geologiyasi (geologiyaning qurilishlarda qo‘llanilishi), qarbiy 
geologiya va boshqa amaliy geologiya fanlari bilan bog‘liqdir. 
qazilma boyliklarni qazib chiqarish haqidagi birinchi geologik va geografik 
tushunchalar qadim zamonlardan beri mavjud. Arxeologiya fani odamlar eng oldin 
tosh qurollar ishlatganligini qadimgi topilmalarga asosan o‘sha davrlar ( neolit)da 
yasalgan buyumlardan isbot qildi. Odamlar keyinroq mis, qo‘rg‘oshin, qalay, 
kumush, oltin, undan keyin esa, temir rudasi bilan tanishadilar, asta-sekin mineral 
va tog’jinslari - yantar, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlari yasay 
boshlaganlar. 
qulchilik davrdagi geologik bilimlar, bu davr kishilarining tabiat xodisalari, 
yer tuzilishi va qazilma boyliklar to‘g‘risidagi tushunchalari juda ham sodda 
bo‘lib, ularda din ta’siri kuchli edi.
Yer qaqidagi yozma ma’lumotlar dastlab vaviloniya davridangina 
boshlangan. Dunyoning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi dastlabki rivoyatlar 
Mesopotamiya va Xaldeya shaharlarida topilgan gildan yasalgan doskaga yozib 
qoldirilgan. 
Vavilonlarning dunyoni paydo bo‘lishi haqidagi rivoyatlari qadimgi 
yaxudiylar bibliyasiga xristian va musulmon dinining “muqaddas” kitoblariga qam 
kirib qoldi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi tabiiy bilimlarning rivojlanishi 
uchun moddiy baza yaratdi, tabiiy bilimlar Xitoy, Gresiya, Rim, Eron, O‘rta Osiyo 
davlatlarida ( Xrazimda, So‘g‘diyonada) nisbatan yuksaldi. 


Tahminan eramizdan avvalgi XX-XIX asrlarda Xitoyda kollektiv bo‘lib 
yozilgan “San Xey Din” tog’va dengizlar haqidagi qadimgi rivoyatlar degan 
to‘plam tuzila boshlangan. Oldinroq uning ayrim qismlari suyak, yog‘och, 
nefritdan qilingan taxtalarga yozilgan. Keyingi asrlarda unga qo‘shimchalar 
kiritilib tuzilgan “San Xey Din” ning so‘nggi nusxasini yaratilishi eramizdan 
avvalgi 400 yillarga to‘g‘ri keladi. 
Bu qo‘lyozmada 17 ta mineral; oltin, kumush, qalay, mis, temir, magnetit, 
kuprit, aragonit, realgar, yashma, nefrit va boshqalar qaqida ma’lumotlar berilgan. 
Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlari orollarida tez-tez bo‘lib turadigan 
zilzilalar yerli aqolini juda qiziqtirdi va bu xodisani o‘rganish uchun 132- yilda 
Chjan Xen eng oddiy seysmograf ixtiro qildi. 
qadimgi greklar Yerni tekis doira shaklida atrofi suv bilan o‘ralgan jism deb 
tushunganlar. Lekin sinfiy kurashlar natijasida Gresiyada materialistik ilmiy 
tushunchalarga ega bo‘lgan olimlar qam otilib chiqdilar. Ular dunyoning tuzilishi 
va tabiat xodisalari qaqidagi to‘g‘ri fikrlarni qo‘rqmay aytdilar. Bu olimlar Fales 
(eramizdan avvalgi VII-VI asrlar) Geraklit (eramizdan avvalgi VI asr), Demokrit 
(eramizdan avvalgi V-IV asrlar), Empedokl (eramizdan avvalgi V asr) va 
boshqalar bo‘lib ular tabiatdagi qamma xodisa va voqealarning sabablarini xudoga 
emas balki tabiatdagi moddiy kuchlarga uning o‘ziga qos qonuniyatlarga bog‘lab 
tushuntirdilar. Bu qarashlar diniy qarashlarga butunlay zid bo‘lib, o‘sha vaqtda 
qurila boshlagan ilm-fanning ulug‘ binosiga qo‘yilgan birinchi g‘isht edi. 
Bu davr vakillaridan biri Anaksimondir, u (er,av. 611-547 y.m.) birinchi 
bo‘lib yerning rivojlanishi tarixida qamma organizmlar suvda paydo bo‘lganligi va 
dunyoning abadiy ekanligi qaqida o‘z fikrini bayon etgan. 
Gerodot (eramizdan avvalgi 484-466 yillar )Misr yerining paydo bo‘lishi 
tarixini yozgan. U Misrning O‘rta dengizning o‘tmishda Efioniyagacha cho‘zilgan 
va keyingi vaqtlarda quruqlikka aylangan qo‘ltig‘i ekanligini shu yerdagi tog‘larda 
topilgan dengiz chig‘anoqlari va qoldiqlari qamda boshqa faktlar bilan isbotlab 
bergan. Grek olimi Arastu ( eramizdan avvalgi 384-322 y.y.) geologiya fanlarini 
rivojlantirishiga o‘z xissasini qo‘shdi.


Mashxur geograf Strabon quruqlikda dengiz chig‘anoqlarining topilish 
sabablarini tushuntirib, yerning dengiz tagidagi qismi qarakat qilib turishini - 
uning ko‘tarilishi va cho‘kishini natijasida orollar xatto materiklarning qosil 
bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan. Sitsiliya bir zamonlar Italiya bilan bir -biridan ajralgan 
deydi. Strabon bu yerdagi vulqon qarakatlari yer po‘stinining tik qarakat 
qilishining natijasi deb tushuntirgan.
Aleksandriya olimlari astronomiyani - osmon jinslari qaqidagi fanni ancha 
taraqqiy ettirdilar. Aristarx Samosskiy (eramizdan avvalgi 320-250 y.y.) quyosh va 
Oyning kattaligini o‘lchashga uringanlar, dunyoning markazi Yer emas balki 
quyoshdir, Yer quyosh atrofidan aylanadi, deb taqmin qilganlar. Ularning 
qarashlari Nikolay Kopernik g‘oyasidan XVIII asr oldin bayon etilgan. 
Abu Rayxon Beruniy (979 - 1048 yillar) o‘zining arab tilida yozgan bir qator 
asarlarida Yer, mineral, ma’danlar, geologik jarayonlar to‘g‘risida juda ajoyib 
fikrlarni aytib o‘tadi.
U yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini qam 
birinchilar qatorida o‘lchaydi. Uning astranomik traktatidagi sxematik xaritasi 
Beruniyning eski dunyoni yaxshi bilganligidan qabar beradi. U bu soqada /arb 
geograflaridan oldinda turgan. Beruniy o‘sha vaqtdagi o‘zining xaritasiga 
afsonaviy mamlakatlar va Kaspiy mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va 
Xindistonning geologiyasini tiklashga o‘rinib, oqar suvlar faoliyati qaqidagi ilmiy 
fikrlarni chiroyli qilib tasvirlab beradi.
Beruniy ayrim olimlarning xudoning qoqishi bilan ariqdagi suv orqaga qarab 
oqishi mumkin, degan noto‘g‘ri fikrlarni fosh etib suv oqimining asl ma’nosini 
yechib va u tabiat qonunlariga mos jarayon ekanligini tasdiqlab beradi. 
Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pasdan 
yuqoriga oqa olmaydi. Agar suv tog’bag‘ridan buloq yoki yer tagidan yuqoriga 
fantan bo‘lib oqar ekan, uni Beruniy yer ostidagi bosim kuchiga bog‘lab 
tushuntirgan. Daryo yotqiziqlari qaqida esa Beruniy o‘zining “Aqoli yashaydigan 
yerlar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash” degan asarida bunday 
deydi: “Kimki bu qaqda fikr yuritar ekan u shunday xulosaga keladi: tosh va 


shag‘allar qamda mayda zarrachalar turli kuch ta’siri tog‘dan ajraladi: keyin ular 
uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli qirralari sinib silliqlashadi, 
qamda yumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatida mayda donachalar-qum va 
changlar paydo bo‘ladi.Agar bu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa orasiga gil va 
qum kirib bir butun “qamirga” aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar 
suv tagida ko‘milib ketadi. 
Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil topgan tog‘larni uchratsak 
ular albatta yuqorida yozgaimizdek paydo bo‘lgan desak bo‘ladi. Ular yer ustida 
yoki qatlamlar orasida uchrashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqtni talab etadi 
va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgarishlar bilan bevosita 
bog‘langan qolatda yuz beradi”. (Abu Rayxon Beruniy - A.M. Beleniskiy, 
Leningrad universiteti nashri 1949, 207). 
Beruniy bu muloqazalarida XVIII asrda M.V. Lomonosov XIX asrda 
Lyayell tomonidan aloqida kashf etilgan aktualizm g‘oyalarini birinchilar qatorida 
bayon etgan. Shu asarda Beruniy yana bunday deydi: “Dengiz o‘rni uning
quruqlik o‘rni esa dengiz bilan almashadi”. 
Beruniy XI asr boshlarida birinchi bo‘lib daryo o‘zanlarida cho‘kindilar 
katta-kichikligining suv oqimi tezligiga qarab o‘zgarishi qonuniyatlarini 
yaratganligini, bu qonuniyatlarning qanchalik katta aqamiyatga ega ekanligini 
so‘nggi yillarda, ishlab chiqilgan cho‘kindi qosil bo‘lishining uch bosqichi V.I. 
Popovning fatsial paragenetik mintaqalariga mos keladi. 
Beruniy o‘zining “Mineralogiya” degan asarida (IV asrning birinchi yarimi) 
minerallar qaqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash 
va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va tiniqligini emas, balki qattiqligi va 
solishtirma og‘irligidan qam foydalangan. 
Beruniyning zamondoshi buyuk olim tabiatshunos va faylasuv Abu Ali Ibn 
Sino (980-1037) qam geologiya fanining rivojlanishiga o‘z qissasini qo‘shdi. Ibn 
Sinoning geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi - “Ashshifo” (qalbni 
davolash) degan kitobining “Tabiat” degan bo‘limida yoritilgan. 


Ibn Sinoning toshlarning paydo bo‘lishida zilzila va tog’qulashlari 
yerlarning o‘pirilishi katta rol o‘ynashini qayvon va o‘simliklarning toshga 
aylanishini ko‘rsatuvchi ajoyib fikrlari bor. Ibn sino tomonidan temir va tosh 
materiallarning paydo bo‘lishi qaqida aytilgan fikrlari juda qiziqarlidir. Ibn Sino 
qozirgi aqoli yashaydigan o‘lkalar o‘tmishda qayotsiz yerlar va dengiz osti bo‘lgan 
degan progressiv fikrlarni ilgari surdi. Mashqur ozarbayjon matematigi- astronomi 
Muqammad Nasriddin tabiatshunoslik soqasidagi juda ko‘p ishlari bilan birga 
minerallar qaqida “Javoqirnoma” degan asarni yaratdi. Bu asarda 34-mineral: 
zumrad; l’al, shpinel, feruza, azurit, agat, yashma va boshqa minerallar 
tasvirlangan. Ularning fizik qossalari - rangi, yaltiroqligi, qattiqligi solishtirma 
og‘irligi, tiniqligi, mo‘rtligi batafsil bayon etilgan.Ibn Sino va Beruniyning 
mineralogiya 
traktatlaridan 
keyin 
Muqammad 
Nasriddin asari o‘z 
zamondoshlarining aytganlarini takrorlagan qimmatli ilmiy ma’lumotlar bilan 
to‘lgan birdan-bir asar bo‘ldi. 
1445 yilda polyak olimi N. Kopernik “Osmon jinslarining aylanishi 
to‘g‘risida” nomli asarida Yer o‘z o‘qi atrofida va boshqa planetalar bilan esa, 
birgalikda quyosh atrofida aylanishini isbot etdi. Mirzo Ulug‘bekning matematika 
va astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qo‘shgan qissasi cheksizdir. U osmon 
jismlari tarqalish qonuniyatini, qarakatini, sonini aniqlash masalalarini to‘g‘ri 
talqin qilib bergan buyuk olimdir. 
Rus olimi M.V.Lomonosov geologiya faniga ulkan xissa qo‘shgan. Uning 
“Er qatlamlari qaqida” asari juda katta aqamiyatga ega. V.M.Severgin 
“Mineralogiya lug‘ati” ni yaratdi. XVIII - asr oxirlarida Jems Smit stratigrafiya va 
paleontologiyaga asos soldi.
Ingliz olimi Ch.Layell “Geologiya asoslari” degan kapital asarida aktualizm 
uslubini asoslab berdi. 
Fransuz olimi Eli-de-Bomon Yerning tektonik yo‘l bilan paydo bo‘lishi 
qaqidagi kontraksiya gipotezasini yaratdi. 
XIX asrning oxirlarida O‘rta osiyo geologiyasini yaxshi o‘rgangan buyuk 
rus olimlari I.V. Mushketov, G.D.Romonovskiylar Turkistonning birinchi geologik 


qaritasini tuzganlar. O‘zbekistonni geologiyasini o‘rganish 1950 nchi yillaridan 
keyin niqoyat rivojlanib, uning beqosob yer osti boyliklari birin-ketin qidirib topila 
boshladi. 
Mashqur o‘zbek geolog olimlaridan X.M.Abdullaevning nomini uning 
asarlarini aloqida ta’kidlab o‘tish diqqatga sazovordir. Ma’danlarning intruziyalar 
bilan genetik bog‘liqligi” Daykalar va ma’danlanish”, “O‘rta Osiyoda magmatizm 
va ma’danlanish” kabi asarlar foydali qazilmalarni qidirishda asosiy qo‘llanmalar 
qisoblanadi. 
Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi soqasida /.A.Mavlonov, 
litologiya soqasida O.M. Akramxo‘jaev, V.I.Popov, petrografiya soqasida I.K. 
Xamraboev, T.N.Dolimov tektonika soqasida O.M. Borisov, M.O. Axmadjonov 
kabi yirik olimlarning nomini qayd etish va ularning O‘zbekiston Respublikasi yer 
osti boyliklarini qidirib topish borasidagi ishlari aloqida e’tiborga sazovordir. 
O‘zbekiston qazilma boyliklarining ko‘pligi jiqatdan dunyo mamlakatlari 
ichida eng yuqori o‘rinlardan birida turadi. Bunda o‘zbek geolog olimlarining 
qissalari salmoqli o‘rinni egallaydi. 
YERNING FIZIK XOSSALARI 
Erning tuzilishini bilish uchun uning fizik va kimyoviy xu-susiyatlari haqida 
tushunchaga ega bo‘lish zarur. Sayyoramizning fizik xossalariga uning tog‘tish 
kuchi, shakli, zichligi, bosimi, harorati, magnetizm va radiaktivligi kiradi. 
Yorning tog‘tish va og‘irlik kuchi. Sayyoramiz tog‘tish kuchining miqdori 
hamma joylarida turlicha. Masalan, tog‘lik oblast-larda normal holatdan kamroq, 
pasttekislik va o-keanlarda esa normal holatdan oshiq, chunki okean 
cho‘kmalaridagi cho‘kindi jinslari og‘ir bo‘lib, zichligi 3,5 sm3/g. Qit’alardagi 
jinslar esa yengilroq — zichligi 2,57 sm3/g. Qutbdan ekvatog‘gacha tog‘tish va 
og‘irlik kuchining kamayib borish mobaynida ularda musbat yoki manfiy 
gravitatsiya anomaliyasi maydonlari uchraydi. 
Gravitatsiya yoki og‘irlik kuchi Yer yuzasiga tik yo‘nalgan bo‘lib. tog‘tish 
markazigacha bo‘lgan masofa kvadratiga teskari propor-sional. Yer yuzasida 


og‘irlik kuchining taqsimlanishini gravi-metriya (lotincha, gravis — og‘ir va 
yunoncha metro — o‘lchayman) o‘rgatadi. 
Og‘irlik kuchi Yer umumiy massasining hosilasidir. Shu sa-babli og‘irlik 
kuchining miqdoriga sayyoramiz tik kesimidagi massalar hajmini o‘zgarib 
turishi ta’sir e.tadi. Sayyoramiz o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida bunyodga 
kelgan markazdan qochuvchi kuch ta’sirida qutblarning Yer markaziga tomon 
tog‘ti-lib egilishidan og‘irlik kuch miqdori o‘zgaradi, Qutblarda og‘ir- 
lik-kuch miqdori ekvatog‘dagiga nisbatan 0,5% ko‘p. 
1-Rasm.Yerning ichki tuzilishi.
Oy va Quyoshning tog‘tish kuchi ta’sirida Yerda og‘irlik kuchi miqdori
o‘zgaradi va sayyoramizda to‘lqinlanish deformatsiyasi (og‘irlik kuchining 
oy va quyosh variadiyasi) ro‘y berib suyuq va qattiq qobiqlarning shakliei 
o‘zgartirishi ro‘y beradi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling