1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Falsafiy dunyoqarashning jamiyat rivojidagi roli
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
2. Falsafiy dunyoqarashning jamiyat rivojidagi roli. SHuni alohida ta’kidlash lozimki falsafaning asosiy o’rganish predmeti bu shubhasiz dunyoqarashdir. Uning to’rt tarixiy shakli bo’lib bular: mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy dunyoqarashdir. Demak bundan “har qanday falsafa dunyoqarashdir” degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi. Uning predmetining chegarasizligidan kelib chiqqan holda ayrim falsafashunos olimlar falsafa fan emas dunyoqarashdir va yoki t’limot degan da’vo bilan chiqadiganlar ham yo’q emas. Ularning fikricha falsafani fan kabi konkret kriteriyalarga va yoki qonunlarga asoslanib (mantiq ilmidan tashqari albatta) o’rganib bo’lmaydi. Dunyoqarash olamga va unda insonning o’rni, kishilarning o’z atrofidagi voqelikka va o’z-o’ziga nisbatan qarashlari tizimi bo’lib, unda bilimlar, e’tiqodlar, kayfiyatlar, intilishlar, orzular, qadriyatlar, me’yorlar, ideallar va h.k.lar uyg’un tarzda ishtirok etadi. Demak, dunyoqarash insonning olamga munosabatini belgilaydigan, uning xulq-atvorini yo’naltiradigan va tartibga solib turishda namoyon bo’ladigan qarashlar, baholar, meyorlar va maqsadlar yig’indisidir. Insoniyat dunyoqarashining eng ibtidoiy shakli bu mifologik dunyoqarash bo’lib, unga falsafa qomusiy lug’atda qo’yidagicha tarif berilganligini ko’rishimiz mumkin. “MIF (yun. mifhos — afsona, rivoyat, xikoyat) — ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida in-son, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo’lishi b-n bog’liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishi. Miflar va marosimlar ibtidoiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanib, ular o’z navbatida nazariya bilan amaliy tajribalarning yaxlitligini o’zlarida mujassamlashtiradi. Miflar dunyoni g’ayritabiiy obrazlar orqali tasavvur etadigan diniy dunyoqarashning ham dastlabki ko’rinishi bo’lib, u esa kishilarda abstrakt 6 tafakkurning, fantaziyaning shakllanayotgan-ligidan darak beradi”. 3 Lekin shunga qaramay unga bo’lgan munosabat davr paradigmasidan kelib chiqib har xil bo’lgan. Masalan antik va o’rta asrlar faylasuflari mifga ijobiy ko’z bilan qarab o’zlarining konsepsiyasi ichiga singdirib yuborgan bo’lsalar (Aristotelning fikricha Mifni yaxshi ko’rgan odam muayyan ma’noda faylasufdir, zero falsafa hayratlanishdan boshlanadi), yangi davr vakillari xususan fransuz ma’rifatparvarlari uni inkor qilishga harakat qilgan, romantizm tarafdorlari esa o’z zamondoshlaridan farqli ularoq unga xalqlar ma’naviy taraqqiyotining tamal toshi sifatida qaraganlar. YUqoridagi qarashlarning qaysi biri to’g’ri bo’lishidan qat’iy nazar, miflar shunchaki yaratilmaganligi u xalqlarning orzu-havaslarining natijasi ularoq paydo bo’lganligi va yoki olamni anglashdagi sinkretik dunyoqarashligi, eng asosiysi esa inson tafakkurining eng oliy darajadagi ijod mahsuli ekanligi hozirda bizlarga ma’lum. To’g’ri miflarda keltirilgan dalillarni balki laboratoriyada isbotlashning hozircha imkoni yo’qdir, shunga qaramay undan juda ko’plab dalillar topsa bo’ladi. Xususan “f.f.d., xalqaro informatsiya almashuvi hamda tabiatshunoslik fanlari Akademiyasining haqiqiy a’zosi P.S.Gurevichning fikricha Mif qandaydir mavhumiyat va yoki adashuv emas. Mif reallikni abstrakt tahliliy o’zlashtirishga nisbatan, inson borlig’i manba’lariga ko’proq yaqin ekani haqidagi tahminlar tug’ilgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar mifga haqiqatda sodir bo’lgan hodisalarning shifrlangan holda bayon etilishi deb qaray boshladilar” 4 Zero insoniyat 100% to’qima obrazlar yaratishga qodir emas. U faqatgina to’qima obrazlar yaratishda turli hayotiy jarayonlardan ya’ni, ko’rgan va bilgan narsalaridan nusxa ko’chirishgagina qodir. SHuning uchun ham u yaratgan buyumlardan tortib to badiiy asarlarigacha hamma-hammasini hayotda prototipini uchratish mumkin. SHunday bo’lsa ham mifologik asarlar yozish juda katta mashaqqatni va yuksak tafakkurni talab qiladi. SHu boisdan ham mifologik ruhdagi asarlarni o’qib ko’plab innovatsion g’oyalarga ega bo’lish mumkin deb uylovchi xalqlar, bunday asarlarni o’qib charchamaydilar. Buning yaqqol isboti sifatida biz zamonamizning eng mashhur mifologik asarlaridan bo’lmish “Garri Poter” haqidagi obrazlarni keltirishimiz mumkin. Bu asarlar shunchaki uydurmalardan iborat bo’lmasdan, ayni vaqtda undan insoniyat o’z dunyoqarashini kengaytirishga va innovatsion tafakkurni shakllantirishda foydalanib kelmoqda. SHu sababli ham bu asar dunyoda eng ko’p sotilgan kitob (bestseller) sifatida e’tirof etiladi. Undan qanchalik foydalana olish esa albatta millat ruhi va saviyasiga bog’liqdir. Mif va fan integratsiyasi rivojlanishi hozirda hattoki XXI asr astronom olimlarni ham unga murojaat qilishga olib keldi. Sababi yaqindagina Orbita.uz saytining ma’lumot berishicha Gomer o’zining “Odisseya” dostonida YUnonistondan ko’rinadigan yulduzlar haqida qiziq gaplarni ( hozirgi fan tili bilan aytganda faktlarni) yozib qoldirgan ekan. Xususan, u Katta Ayiq yulduzi haqida so’z yuritgan o’rinlarda 3 Tuzuvchi va mas’ul muharrir f.f.d. Nazarov Q. Falsafa qomusiy lug’at,-T.: “SHarq”, 2004.-B. 274-275 4 Qahhorova SH.B. Global ma’naviyat-globallashuvning g’oyaviy asosi .-T.: “TAFAKKUR”, 2009.-B.211 7 “Hech qachon dengiz to’lqinlarida cho’milmaydigan yulduz” 5 deb badiiy ta’rif beradi. Uning aytishicha Katta Ayiq yulduzlari hech qachon gorizontdan botmas ekan, ya’ni, YUnonistonni o’rab turgan dengizdagi gorizont ortiga yashirinmas ekan. Gomer zamonasida YUnonistonda Katta Ayiq yulduzi haqiqatan ham botmagan. Zamonaviy hisob-kitoblarga ko’ra, bundan 3000 yil muqaddam Katta Ayiq yulduzi 40 0 shimoliy kengliklarda gorizontga 11 0 dan yaqin kelmagan ekan. YA’ni, u haqiqatan ham u YUnonistonning “dengiz to’lqinlarida cho’milmagan”. Demak, hozirgi zamonaviy astronomik laboratoriyalarning faktlariga ko’ra Gomer adashmagan. SHunga uxshash misollarni zamonaviy fan dunyosidan ko’plab keltirish mumkin. Bu bilan biz mifga faqatgina to’qima obrazlar majmui emas, balki o’rganishga arziydigan va o’z zamonasining sinkretik dunyoqarash mahsuli sifatida qarashga chorlamoqchimiz xolos. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling