1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


qaraganda, o’zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

qaraganda, o’zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri 
va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday 
degan: «Hayot o’yinga o’xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa
ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda 
ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o’ch bo’lib dunyoga 
keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»
1
.) tomonidan 
ishlatilgan. Lekin filosofiyani nazariy bilimning alohida sohasi sifatida ajratishga 
o’ringan birinchi faylasuf Platon (Aflotun) edi. Ba’zi SHarq xalqlari (arab,fors va 
1
Diogen Laertskiy. O jizni, ucheniyax i izrecheniyax znamenitыx filosofov. M., 1979. 334-b. 



turkiy til)larda bu atamani ya’ni filosofiya so’zini arabcha talaffuzda “Falsafa” deb 
ham ataladi. 
Falsafani “fanlarning otasi” deyilishining asosiy sababi esa qadimgi dunyoda 
fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’iy 
nazar falsafa deb, ular bilan shug’ullanuvchi olimlarni esa sohasidan qat’iy nazar 
faylasuf deb ataganlar. SHu sababdan ham keyingi mavzularda tanishib o’tadigan 
qadimgi davr faylasuflarning ba’i birlari tabiatshunos olim bo’lganligini guvohi 
bo’lishimiz mumkin. 
Lekin qadimgi faylasuflar o’zlarini donishmand deb bilmaganlar, faqatgina 
donishmandlikni sevuvchilari va yoki ardoqlovchi sifatida tasavvur qilganlar. 
Haqiqiy donishmand esa ularning fikricha faqatgina sabablarning sababini biluvchi 
va yoki yaratuvchidir. 
SHarqda ham falsafa haqidagi qarashlar juda qadimda yuzaga kelgan bo’lib, u 
donishmandlik bilan aynan teng deb hisoblanadi, falsafa bilim haqidagi umumiy 
tushunchadan ajratilmaydi. Eradan oldingi VIII asrda Hindistonda yaratilgan siyosat 
haqidagi “Artxashstre” kitobida ishlatilgan “darshana” degan tushuncha falsafani 
ta’riflash ma’nosida ishlatilgan. 
Markaziy Osiyoning qadimgi yodgorligi 
“Avesto”da ham “faylasuf” degan tushuncha o’rnida donishmandni ifodalaydigan 
xratugina (donishmandlikka boradigan) va xaratupat (donishmandlikka yetishgan) 
degan so’zlar ishlatilgan. Buyuk mutafakkir Forobiy falsafa so’zini hikmatni 
qadrlash deb talqin etgan. Xitoy falsafasida “chje-syue” (donishmandlik fani) degan 
atama XIX asrda shakllangan. Biroq bu qadimgi Hindistonda va Xitoyda falsafiy 
fikrlar bo’lmagan degan ma’noni bildirmaydi. 
Falsafaning predmeti haqida so’z ketganda ayrim mutafakkirlar uni haqiqatni 
izlashda, boshqalari - haqiqatni o’z shaxsiy manfaatlariga moslashtirishda deb 
tushunadilar; bir xillari o’z fikrlarini osmon tomon, boshqalari esa - yerga 
yo’naltiradilar; bir xillari ollohga, boshqalari esa - odamga murojaat qiladilar; bir 
xillari uchun falsafa o’z-o’zicha ahamiyatga ega, boshqalari aytadiki, falsafa jamiyat 
va insonga xizmat qilishi kerak va h.k. Bularning barchasi falsafaga 
yondoshuvlarning xilma-xilligi, uning predmetini tushunishda turlicha qarashlar 
mavjudligini ko’rsatadi. 
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu 
matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo 
falsafaga qat’iy ilmiy ta’rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko’rishning o’zi 
kifoya. Falsafaga tegishli bo’lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa 
DNK tuzilishini aniqlash bilan shug’ullanmaydi, differensial tenglamalarni 
yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o’rganmaydi, yer qobig’i harakatini tadqiq 
etmaydi va hokazolar. 
Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’riflarini oladigan bo’lsak, 
ulardagi mavjud farq, odatda, mashg’ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech 
bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o’simlik olami ekanligiga e’tiroz 
bildirmaydi. Har qanday lingvist o’z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. 
Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi 



mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko’p va turli-tumanki, ko’pchilikda «O’zi bir 
fan to’g’risida gap ketyaptimikin yoki yo’qmi?»
2
degan savol tug’ilishi mumkin. 
Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab 
to’g’risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu 
ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to’g’risidagi fan» deyilgan 
bo’lsa, o’rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq 
to’g’risidagi oliy fan» deb ta’riflagan. Boshqa yo’nalishlarda falsafaning bosh 
sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o’rta asr 
ilohiyotchisi al-G’azzoliy o’zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini 
shu mavzuga bag’ishlagan. 
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to’g’ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), 
umuman, «fanlarni ko’rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur 
qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» 
(L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to’g’risidagi fan» (V.Vindelband
sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta’rifi umuman falsafani emas, 
balki tegishli faylasuflarning o’z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, 
ko’pchilik faylasuflar aynan o’z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) 
deb o’ylaydilar. 
Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy X asrda falsafaga quyidagicha ta’rif 
bergan: 
«Mavjudot haqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, 
mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli 
dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo 
bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz.» («Fozil odamlar shahri» 
kitobidan. Toshkent, 1993, 183-184 betlar). 
Bu narsa, ayniqsa, XIX asrning II yarmida va XX asrda yaqqol ko’zga 
tashlanadi. Bu davrda nihoyatda rang-barang falsafiy maktablar, yo’nalishlar yuzaga 
keldi, ularda borliq, bilish, inson va insoniyatning turli tomonlari falsafaning 
predmeti, bahs mavzui bo’lib xizmat qiladi. Biroq bular rang-barang falsafiy 
konsepsiyalar o’rtasida umumiy jihatlar yo’q, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. 
Falsafiy bilimlarga xos eng muhim jihatlar quyidagilarda ifodalanadi: 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling