25
–1974).
Moʻminovning ilmiy faoliyatiga shoʻrolar mustabid tuzumi oʻz ta’sirini
koʻrsatgan boʻlsada, biroq, uning tadqiqotlari
markazida Sharq, xususan, Markaziy
Osiyo xalqlarining ijtimoiy-falsafiy hamda tabiiy-ilmiy fikrlari muammolari
turganligi natijasida, alloma fal- safaning oʻta siyosiylashuvini,
uni hukmron
kommunistik mafkura xiz- matiga tamomila boʻysundirish xurujlarini chetlab oʻtish
imkoniyatiga ega boʻldi. U Navoiydan tortib, Ahmad Donishgacha boʻlgan yirik
mutafakkirlar ijodini tahlil qildi. Ayniqsa, Bedil ijodini chuqur oʻrganib,
uning
merosini tushunishni ancha yengillashtirdi. Moʻminov- ning «Amir Temurning Oʻrta
Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli» asari (1968), umuman Amir Temur shaxsini
ilmiy oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi olimning ilmiy jasorat va yuksak
vatanparvar- lik fazilatining yorqin ifodasi boʻldi. Moʻminov Gʻarb
falsafasini, rus
mutafakkirlari ijodini ham oʻrgandi. Gegel dialektikasining ratsional magʻzini
koʻrsatib berdi.
Domla Ibrohim Moʻminov Oʻzbekistonda ilm-fanning yirik tashkilotchisi. U,
ayniqsa, ijtimoiy fanlarni rivojlantirishga — yangi tadqiqot muassasalarini tashkil
etish, ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi, uning rahbarligida turli fan
sohalari boʻyicha
yirik asarlar nashr etildi, Oʻzbekistonda falsafa maktabiga asos
soldi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti sovrindori (1967).
Do'stlaringiz bilan baham: