1
1-MAVZU. FALSAFA FANINING ASOSIY MAQSADI VA BO'LG'USI
PEDAGOGLARDA O'QITILISHINING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
REJA:
1.
Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.
2.
Falsafiy dunyoqarashning jamiyat rivojidagi roli.
3.
Sharq falsafasi.
4.
G’arb falsafasi.
Mavzuning tayanch iboralari: Filosofiya, dunyoqarash, mifologiya,
donishmandlik, ontologiya, gnoseologiya, praksiologiya, metodologiya, metod,
qonun, substansiya, metafizika, dialektika, materializm, idealizm, dualizm,
plyuralizm, monizm, skeptitsizm, agnostitsizm, gnostitsizm, antropologiya, logika
(mantiq), din, fan, sxolastika, aksiologiya, etika, estetika.
Tavrot, Vedalar, si, YAn-In, ibtidoiy ong, mifologiya, sehrgarlik, falsafiy
ta’limot, falsafiy maktab, falsafiy oqim, falsafiy yo’nalish; vedalar, upanishad,
braxman, prakrit, atman, chorvak,buddizm, lokayata; dao, jen, syao, konfutsiylik
''jen''; zardo’shtiylik, ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu ish. Naturfilosofiya, klassik davr,
neoplatonizm, apologetlar, kreatsionizm, nominalistlar, universaliy,realizm,
antropotsentrizm,
panteizm,
teologiya,
fatalizm,
teotsentrizm,
renesans,geotsentrizm,geliotsentrizm, tomizm, abduksiya, induksiya, deduksiya,
emperika, ratsionalizm, idollar, deizm, teizm, determinizm, apriori, pozitivizm,
utilitarizm, ateizm, pragmatizm, verifikatsiya,
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.
“Falsafa” fani insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri boʻlib, olam va
uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq
va yoʻqliq kabi koʻplab muammolar haqida bahs yuritadi. Falsafa dunyoqarashning
umumlashgan tizimini yaratish va unda inson oʻrnini koʻrsatishga qaratilgan fandir,
u insonning dunyoga boʻlgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy, estetik va
boshqa munosabatlarini shakllantirishga koʻmaklashadi.
Ushbu fan metodologik ahamiyatga ega boʻlganligi sababli, uning mohiyatini
oʻrganish jarayonida talabalarda boshqa fanlardan olgan bilimlarini umumlashtirish,
oʻzining falsafiy mushohada qilish qobiliyatini rivojlantirish, olam haqida yaxlit
tasavvur hosil qilish va umumiy madaniy darajasini yuksaltirish imkoniyati paydo
boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |