5
Uchinchidan, jamiyat mavjud bo’lishi va
rivojlanishining eng umumiy
masalalari. Sirtdan bu masala borliq to’g’risidagi ta’limotda o’z aksini topadi.
Modomiki, jamiyat shaxs taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan, uning
sotsial
sifatlarini shakllantirar ekan, shu bois falsafada bu sohani alohida ajratib
ko’rsatish mantiqan to’g’ridir. Falsafada ijtimoiy hayotni
tadqiq etadigan soha
ijtimoiy falsafa (sotsial falsafa) deb ataladi.
To’rtinchidan,
insonning
eng
umumiy
va
muhim
masalalarini
o’rganish.Binobarin, inson falsafiy donishmandlikning asosi va so’nggi nuqtasi
bo’lganligidan uni maxsus o’rganish taqozo qilinadi.
Hayotda mavhum ruh emas,
balki konkret inson ijod qiladi, harakat qiladi. Inson falsafasi falsafiy
antropologiya
deb ataladi.
Demak, falsafa borliqning, bilishning hamda inson bilan olam o’rtasidagi
munosabatlarning eng umumiy tamoyillari to’g’risidagi ta’limotdir. SHuning uchun
ham falsafiy nazariyaning o’ziga xos tomoni shundaki, uning qonunlari, kategoriya
va prinsiplari eng umumiy xarakterga ega bo’lib, tabiat, jamiyat, inson va tafakkur
hodisalariga nisbatan qo’llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: