1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Falsafiy dunyoqarash. Dastavval “filosofiya” tushunchasi keng ma’noda 
insoniyat tomonidan to’plangan nazariy bilimlarning yig’indisini bildirgan. 
Falsafa - umuman olamga, unda insonning o’rni, insonning insonga 
munosabatini ifodalaydigan umumnazariy qarashlar tizimidir. SHunday qilib falsafa 
dunyoqarashni bilimlar shaklida namoyon etadi va tizimga soladi. Bu narsa falsafa 
bilan fanni bir-biriga bog’lovchi muhim haqiqatdir.
Voqelikni falsafiy o’zlashtirishning muhim bir tomoni substansionalizm 
hisoblanadi. (lot. “substansiya” - asosda turadigan mohiyat degani).
Substansiya borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun olamdagi barcha narsa-
hodisalarning asosini tashkil etadigan birlamchi narsadir. U moddiy yoki ruhiy 
shaklda bo’lishi mumkin. CHunonchi, qadimgi olimlarning bir guruhi moddalarning 
biron-bir turini, masalan, suv, havo, atom va shunga o’xshaganlarni ana shunday 
tarzda izohlaganlar. (Materializm) 
Ba’zi mutafakkirlarning fikricha, substansiya - bu mavjudlikning asosi bo’lgan 
mutloq g’oya, ruh yoki sub’ekt ongidir (Idealizm). Aflotun substansiya deganda 
g’oyalarni nazarda tutadi. Nemis olimi Kant nazarida, substansiya tajriba bergan 
ma’lumotlarni umumlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir. Gegel “mutloq 
g’oya”ni substansiya deb qaraydi. Dekart esa substansiya masalasini ko’rib 
chiqqanda dunyoning negiziga ham materiyani, ham ruhni qo’ygan (Dualizm).
Falsafa tarixida dastlabki vaqtlarda substansiya hamma narsani tashkil etadigan 
modda deb tushunilgan. O’rta asr SHarqida substansiya Al-Kindiy, Forobiy, Ibn 
Sino, Ibn Rushd asarlarida moddiy asos, mohiyat sifatida talqin etilgan. Keyinchalik 
butun koinotning asosida turgan substansiya xudoning maxsus nishonasi deb 
tushuniladi (Sxolastika). 
Biroq falsafiy tafakkurning xarakterini yoritishga xizmat qiladigan umumiy 
muammolar ham mavjud. Ular ichida quyidagilar: “Nima birlamchi: ruhmi yoki 
materiya, ideallikmi (ma’naviylik) yoki moddiylikmi?'' - degan muammo 
asosiylardandir. Borliqni umumiy tushunish bu masalani hal etishga bog’liqdir. 
Boshqacha aytganda, borliqda moddiylik va ideallikdan tashqari hech narsa yo’q, 
uni turlicha hal etishdan materializm,idealizm va yoki ularning ikkalasini ham 
birlamchi deb biluvchi dualizm degan yirik falsafiy yo’nalishlar kelib chiqqan. 
Nemis faylasufi F.SHlegel (1772-1829) shunday yozgan edi: “Materializm 
hamma narsani materiyadan kelib chiqib tushuntiradi, izohlaydi, uni butun 
narsalarning qandaydir ibtidosi, manbai sifatida idrok etadi... Idealizm hamma 
narsani ruhdan keltirib chiqaradi, materiyaning paydo bo’lishini ruhdan kelib 
chiqqan, deb hisoblaydi yoki materiyani unga bo’ysundiradi”. 


10 
Birlamchi ibtido bilan monizm, dualizm, plyuralizm haqidagi masalalar o’zaro 
bog’langan. Monizm olamning asosida yagona, bitta ibtido, boshlang’ich asos 
turishini e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya (yo moddiy asos, yo ma’naviy asos) 
dir. SHu sababli monizm materialistik va idealistik shaklda bo’lishi mumkin. 
Dualizm ikki asosni teng deb e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya: olamning 
asosida teng holda ham materiya, ham ong yotadi. Masalan, R.Dekart borliqning 
negizida ikki teng substansiya (ruh va materiya) yotadi, deb hisoblaydi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling