1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


 Falsafiy dunyoqarashning jamiyat rivojidagi roli


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

 
2. Falsafiy dunyoqarashning jamiyat rivojidagi roli. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki falsafaning asosiy o’rganish predmeti bu 
shubhasiz dunyoqarashdir. Uning to’rt tarixiy shakli bo’lib bular: mifologik, diniy, 
falsafiy va ilmiy dunyoqarashdir. Demak bundan “har qanday falsafa 
dunyoqarashdir” degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi. Uning predmetining 
chegarasizligidan kelib chiqqan holda ayrim falsafashunos olimlar falsafa fan emas 
dunyoqarashdir va yoki t’limot degan da’vo bilan chiqadiganlar ham yo’q emas. 
Ularning fikricha falsafani fan kabi konkret kriteriyalarga va yoki qonunlarga 
asoslanib (mantiq ilmidan tashqari albatta) o’rganib bo’lmaydi.
Dunyoqarash olamga va unda insonning o’rni, kishilarning o’z atrofidagi 
voqelikka va o’z-o’ziga nisbatan qarashlari tizimi bo’lib, unda bilimlar, e’tiqodlar, 
kayfiyatlar, intilishlar, orzular, qadriyatlar, me’yorlar, ideallar va h.k.lar uyg’un 
tarzda ishtirok etadi. 
Demak, dunyoqarash insonning olamga munosabatini belgilaydigan, uning 
xulq-atvorini yo’naltiradigan va tartibga solib turishda namoyon bo’ladigan 
qarashlar, baholar, meyorlar va maqsadlar yig’indisidir. 
Insoniyat dunyoqarashining eng ibtidoiy shakli bu mifologik dunyoqarash 
bo’lib, unga falsafa qomusiy lug’atda qo’yidagicha tarif berilganligini ko’rishimiz 
mumkin. “MIF (yun. mifhos — afsona, rivoyat, xikoyat) — ibtidoiy davr kishilari 
ongi va tushunchasida in-son, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo’lishi b-n 
bog’liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishi. Miflar va 
marosimlar ibtidoiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanib, ular o’z 
navbatida 
nazariya 
bilan 
amaliy 
tajribalarning 
yaxlitligini 
o’zlarida 
mujassamlashtiradi. Miflar dunyoni g’ayritabiiy obrazlar orqali tasavvur etadigan diniy 
dunyoqarashning ham dastlabki ko’rinishi bo’lib, u esa kishilarda abstrakt 



tafakkurning, fantaziyaning shakllanayotgan-ligidan darak beradi”.
3
Lekin shunga 
qaramay unga bo’lgan munosabat davr paradigmasidan kelib chiqib har xil bo’lgan.
Masalan antik va o’rta asrlar faylasuflari mifga ijobiy ko’z bilan qarab o’zlarining 
konsepsiyasi ichiga singdirib yuborgan bo’lsalar (Aristotelning fikricha Mifni yaxshi 
ko’rgan odam muayyan ma’noda faylasufdir, zero falsafa hayratlanishdan 
boshlanadi), yangi davr vakillari xususan fransuz ma’rifatparvarlari uni inkor 
qilishga harakat qilgan, romantizm tarafdorlari esa o’z zamondoshlaridan farqli 
ularoq unga xalqlar ma’naviy taraqqiyotining tamal toshi sifatida qaraganlar.
YUqoridagi qarashlarning qaysi biri to’g’ri bo’lishidan qat’iy nazar, miflar shunchaki 
yaratilmaganligi u xalqlarning orzu-havaslarining natijasi ularoq paydo bo’lganligi 
va yoki olamni anglashdagi sinkretik dunyoqarashligi, eng asosiysi esa inson 
tafakkurining eng oliy darajadagi ijod mahsuli ekanligi hozirda bizlarga ma’lum. 
To’g’ri miflarda keltirilgan dalillarni balki laboratoriyada isbotlashning hozircha 
imkoni yo’qdir, shunga qaramay undan juda ko’plab dalillar topsa bo’ladi. Xususan 
“f.f.d., 
xalqaro 
informatsiya 
almashuvi 
hamda 
tabiatshunoslik 
fanlari 
Akademiyasining haqiqiy a’zosi P.S.Gurevichning fikricha Mif qandaydir 
mavhumiyat va yoki adashuv emas. Mif reallikni abstrakt tahliliy o’zlashtirishga 
nisbatan, inson borlig’i manba’lariga ko’proq yaqin ekani haqidagi tahminlar 
tug’ilgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar mifga haqiqatda sodir bo’lgan hodisalarning 
shifrlangan holda bayon etilishi deb qaray boshladilar”
4
Zero insoniyat 100% to’qima 
obrazlar yaratishga qodir emas. U faqatgina to’qima obrazlar yaratishda turli 
hayotiy jarayonlardan ya’ni, ko’rgan va bilgan narsalaridan nusxa ko’chirishgagina 
qodir. SHuning uchun ham u yaratgan buyumlardan tortib to badiiy asarlarigacha 
hamma-hammasini hayotda prototipini uchratish mumkin. SHunday bo’lsa ham 
mifologik asarlar yozish juda katta mashaqqatni va yuksak tafakkurni talab qiladi. 
SHu boisdan ham mifologik ruhdagi asarlarni o’qib ko’plab innovatsion g’oyalarga 
ega bo’lish mumkin deb uylovchi xalqlar, bunday asarlarni o’qib charchamaydilar. 
Buning yaqqol isboti sifatida biz zamonamizning eng mashhur mifologik asarlaridan 
bo’lmish “Garri Poter” haqidagi obrazlarni keltirishimiz mumkin. Bu asarlar 
shunchaki uydurmalardan iborat bo’lmasdan, ayni vaqtda undan insoniyat o’z 
dunyoqarashini kengaytirishga va innovatsion tafakkurni shakllantirishda foydalanib 
kelmoqda. SHu sababli ham bu asar dunyoda eng ko’p sotilgan kitob (bestseller) 
sifatida e’tirof etiladi. Undan qanchalik foydalana olish esa albatta millat ruhi va 
saviyasiga bog’liqdir. 
Mif va fan integratsiyasi rivojlanishi hozirda hattoki XXI asr astronom 
olimlarni ham unga murojaat qilishga olib keldi. Sababi yaqindagina Orbita.uz 
saytining ma’lumot berishicha Gomer o’zining “Odisseya” dostonida YUnonistondan 
ko’rinadigan yulduzlar haqida qiziq gaplarni ( hozirgi fan tili bilan aytganda faktlarni)
yozib qoldirgan ekan. Xususan, u Katta Ayiq yulduzi haqida so’z yuritgan o’rinlarda 
3
Tuzuvchi va mas’ul muharrir f.f.d. Nazarov Q. Falsafa qomusiy lug’at,-T.: “SHarq”, 2004.-B. 274-275
4
Qahhorova SH.B. Global ma’naviyat-globallashuvning g’oyaviy asosi .-T.: “TAFAKKUR”, 2009.-B.211



“Hech qachon dengiz to’lqinlarida cho’milmaydigan yulduz”
5
deb badiiy ta’rif 
beradi. Uning aytishicha Katta Ayiq yulduzlari hech qachon gorizontdan botmas 
ekan, ya’ni, YUnonistonni o’rab turgan dengizdagi gorizont ortiga yashirinmas ekan. 
Gomer zamonasida YUnonistonda Katta Ayiq yulduzi haqiqatan ham botmagan. 
Zamonaviy hisob-kitoblarga ko’ra, bundan 3000 yil muqaddam Katta Ayiq yulduzi 
40
0
shimoliy kengliklarda gorizontga 11
0
dan yaqin kelmagan ekan. YA’ni, u 
haqiqatan ham u YUnonistonning “dengiz to’lqinlarida cho’milmagan”. Demak, 
hozirgi zamonaviy astronomik laboratoriyalarning faktlariga ko’ra Gomer 
adashmagan. SHunga uxshash misollarni zamonaviy fan dunyosidan ko’plab keltirish 
mumkin. Bu bilan biz mifga faqatgina to’qima obrazlar majmui emas, balki 
o’rganishga arziydigan va o’z zamonasining sinkretik dunyoqarash mahsuli sifatida 
qarashga chorlamoqchimiz xolos.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling