1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- dialektika va metafizika
Plyuralizm bir nechta yoki ko’plab ibtidoiy asoslar yotishini nazarda tutadi.
Masalan, qadimgi mutafakkirlar butun borliq asosiga rang-barang ibtidolar (suv, yer, havo, olov, yog’och, temir va h.k.)ni qo’yganlar. Borliqning boshlang’ich ibtidosi bilan bog’liq holda uni bilish mumkin- mumkin emasligi haqidagi masala bog’lanib ketadi. Ayrim mutafakkirlar fikricha, bilishning haqiqiyligi haqidagi masalasini hech qachon hal qilib bo’lmaydi: olamni prinsip jihatdan bilish mumkin emas. Bundaylar agnostik ( Protagor, Kant)lar, shunday falsafiy yo’nalish agnostitsizm deb nom olgan. Uning ko’rinishlardan bo’lgan skeptitsizm bilimlarning haqiqiyligiga shubha bilan qaraydi. (qadimgi yunon Pirron va b.). Boshqa mutafakkirlar aksincha, aql va bilishning qudratiga ishonadilar va insonning ob’ektiv olamni bilish qobiliyatini tan oladilar. Har bir fan o’z metodiga egadir. Biroq falsafa eng umumiy metodologiya ekan, uning metodi nafaqat voqelikni nazariy va amaliy o’zlashtirishning, shu bilan birga falsafiy bilimlarni vujudga keltirish va asoslashning usuli hamdir. Falsafiy metodlarni tasnif qilishda asosan dialektika va metafizika nazarda tutiladi. Dialektika borliq va bilish taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot bo’lib, ayni vaqtda voqelikni o’zlashtirishning umumiy metodi hamdir. Dialektikaning yuzaga kelishi va tarkib topishining negizlari antik zamon bilan bog’langandir. Bu bosqich ko’pincha stixiyali yoki sodda dialektika deb yuritiladi. Sababi ilk faylasuflarning olamga qarashlari oddiy kuzatishga asoslangan bo’lib, ko’p jixatdan sodda bo’lgan. SHu bilan birga ular dialektikani turlicha tushunishgan. CHunonchi, materialist Geraklit o’z ta’limotida olamning doimiy o’zgarishi va xarakteriga, unda ziddiyatlarning aks-teskariga aylanish masalasiga, eng avvalo «narsalar dialektikasi»ga, ob’ektiv dialektikaga e’tiborni qaratgan. SHu davrda yashagan Suqrot va Aflotun dialektika deganda munozara olib borish sanoatini tushungan, shu yo’l bilan haqiqatga erishish mumkinligini e’tirof etgan. Demak, bu yerda gap «tushunchalar dialektikasi», sub’ektiv dialektika haqida boradi. Metafizika metod sifatida olamning bir xil, statik manzarasini yaratadi, borliqning u yoki bu momentlari va ko’rinishlarini mutloqlashtiradi va yakka holda qarab chiqadi. Hozirgi davrda ulardan tashqari tafakkur taraqqiyotining umumiy yo’nalishini ko’rsatuvchi gumanistik dialektika, sinergetika, germenevtika, strukturalizm, ruhiy tahlil kabi yangi falsafiy metodlar paydo bo’ldi, ular keng qo’llanilmoqda. Falsafaning bahs mavzui va o’ziga xos xususiyatlarini uning funksiyalari haqidagi masalani hal qilmay turib to’la ochib bo’lmaydi. 11 Eng avvalo, bu dunyoqarash funksiyasidir. Bu funksiya olamni mavhum- nazariya hamda tushunchalar orqali izohlashi bilan dunyoqarashning barcha turlari va darajalaridan ajralib turadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling