12
aynan falsafani strukturasi bo’lmish etika (axloq)
masalasida muammolarimiz
borligidan dalolat beradi.
To’rtinchidan; aksiologiya (qadriyat) masalasida ham vaziyat maqtagulik
emas. CHetdan kirib kelayotgan qadriyatimizga zid elementlarga yoshlarning ko’r-
ko’rona ergashishi ham
aynan falsafiy muammodir
Beshinchidan; Jamiyatimizda tanqidiy dunyoqarashning yetishmasligidan har
doim lavozimi bizdan balandroq insonga tug’ridan-tug’ri
taqlid qilish va yoki
so’zsiz itoat qilish (notug’ri qaror bo’lsa ham). Bu ham falsafaning tanqidiy
(skeptikcha) funksiyasining ishlamayotganligidan dalolat beradi.
Oltinchidan; Insonparvarlik funksiya ham o’z ishini a’lo
darajada amalga
oshirolmayapti. SHu sababdan insonning insonga bo’lgan e’tibori qolaversa
rahbarning xodimga bo’lgan munosabati hamin qadar bo’lib turibdi...
Ettinchidan; Sotsial funksiyasiga tegishli bo’lmish jamiyatning hamjihatligi va
yoki birligi masalasida ham biz ko’pchilik jamiyatlardan ortdamiz.
Qolaversa
jamiyatimiz ekzitensial muammolardan biri bo’lmish “begonalashuv” jarayonini
boshidan o’tqazayotganligi hech birimizga sir emas.
Sakkizinchidan; estetik holatimiz ham maqtagulik emas. CHunki go’zallik
masalasida biz o’z mustaqil fikrimizga ega emasligimiz
ham jiddiy falsafiy
muammolardan biri aslida...
Do'stlaringiz bilan baham: