1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

“Diniy dunyoqarash mifologiya negizida shakllangan va rivojlangan, 
voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va 
tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir”
6
. YA’ni bora-bora diniy dunyoqarash 
bilan qorishib ketgan mifologik qarashlar, insoniyat ustidan hukmronlik qilishga 
o’rinib ko’rdi. Buning sababi ularning endi sinkretik fikrlarga ega emasligida edi 
desak xato bo’lmaydi bizningcha. Endilikda ular dunyoni ikkiga ya’ni, U dunyo va 
Bu dunyoga bo’lib anglashga chorlay boshladilar. Natijada bu jarayon shu darajaga 
borib yetdiki, endilikda ularning o’zlari ham bir necha guruhlarga bo’linib ketishdi. 
Bu bo’linishlarning asosida esa bir xil bo’lmagan dunuyoqarashlar yotardi. Bir so’z 
bilan aytganda bir e’tiqod doirasidagi din vakillari endi U dunyo va Bu dunyo, Xudo
masalasida bir xil qarashga ega bo’lmay qolishdi. Masalan hozirgi kunda dunyo 
buyicha eng katta kontingentga ega bo’lmish xristianlik dini 1054-yilda ikki
oqimga ya’ni katolik va pravoslavga bo’linadi. Ushbu bo’linishning sababi esa 
ularning “Muqaddas Ruh-Xudo” haqidagi ikki xil qarashlari edi xolos. “Islomdagi 
aqidaviy yo’nalishlar soni tarixiy manbalarda turlicha berilgan. Ulardan eng asosiy 
va mashhurlari-sunniylik, qadariya, murjia, jabariya,xorijiya, mo’’tazila va shia 
kabilar”.
7
Ushba adabiyotda yana qo’yidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin; 
“Ulamolar najot topuvchi yo’nalish bu “Ahli Sunna val-Jamoa” ekaniga ittifoq 
qilishgan”.
8
Bir so’z bilan aytganda bo’lindimi, tamom, inson ongini endi, qaysi biri 
birlamchi,tug’ri yo’l degan savol qamrab oladi.
Mana shu savollardan kelib chiqib dunyo yuzini ikki yirik oqim materializm va 
idealizm degan izmlar ko’ra boshladi. Bu izmlarning insoniyatni boshqarishga 
bo’lgan mayillari, insoniyat boshiga juda ko’plab kulfatlarni soldi. Antik yunon 
klassik faylasufi Platongacha idealistik va materialistik g’oyalar faylasuflar 
tomonidan o’zaro birlikda berilgan bo’lsa. Platonga kelib bo’linish sodir bo’ldi. 
YA’ni u idealizmning ilk namoyandasi sifatida falsafaga “G’oyalar olami” degan 
5
Qarang: Gomer. Odisseya. Q.Mirmuhamedov tarj.-T.: “G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy 
uyi”, 2012.-B.59
6
Tulenov J., G’ofurov Z. Falsafa.-T.: “O’qituvchi”, 1997.-B.25 
7
Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar.-T.: “Movarounnahr”, 2017.-B.5 
8
Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar.-T.: “Movarounnahr”, 2017.-B.5 



tushunchani olib kiradi. G’oyalar olamini Platon barcha narsalarning ibtidosi, moddiy 
olam-ni esa, uning mahsuli deb biladi. Uningcha, real jismlar g’oyalar olamining 
aksidir. Uning shu kabi fikrlarini mutloqlashtirish natijasida bu yo’nalish vakillari 
keyinchalik boshqacha fikrlaydigan insonlarga dushmanona ko’z bilan qarab, ularga 
qarshi ochiqchasiga urush e’lon qiladi. YUqoridagi bir qarashda unchalik xavfli 
bo’lmagan ikki va undan ko’p dunyoqarash egalari, minglab odamlarning yostig’ini 
quritgani esa, hech kimga sir emas.Bu urushda avvaliga idealizm va keyinchalik 
materializm o’rin almshtirib turganligi falsafa tarixidan bizlarga ma’lum. Platon va 
uning tarafdorlari qarashlarini keyinchalik o’rta asrlardagi teologiya ta’limotiga keng 
qullanilishi natijasida ming yillik sxolastika davri yuzaga keladi. Bu davr esa 
materialistik qarashlarni ta’qib ostiga olib, natijada inqirozga uchradi. Agar ushbu 
ming yil bo’lmaganida hozirgi texnika asri XI asrda bo’lib, hozirgi asrni texnika 
rivoji jihatdan tasavvur qilish qiyin bo’lar edi. Xullas o’rta asrlar fanning oyoq-
qo’lini bog’lab, uning yuksalishini ming yilga kechiktirdi. Bu natija albatta 
mutaasiblarga tegishli edi. Diniy ortodoksallar idealizmni mutlaqlashtirish natijasida 
uni barcha sohalarga qullashdilar. Hattoki aniq va tabiiy fanlarga ham. Buni yaqqol 
isboti sifatida geotsentrik (yun. geo-Ep va lot. centram — markaz) nazariyani 
keltirishimiz mumkin. CHerkov shu darajada mutaasib ediki fan geliotsentrik sistema 
(yun. helios—Quyosh va lot. centram — markaz) haqida 1600 yilda qarorga kelgan 
bo’lishiga qaramay Vatikan Papasi bu nazariyani 1992-yilga kelibgina rasmiy tan oldi. 
YUqoridagi “jinoyat”lar faqatgina g’arbiy mamlakatlar “e’tiqod” vakillarigagina 
tegishli emas, balki, SHarqona “e’tiqod” sohiblariga ham birdek tegishlidir. G’arb o’rta 
asr mutaasiblari, SHarq mutaasiblaridan farqli ravishda e’tiqodda ratsional bilimlarni 
mutlaq inkor etmasdan, uning jamiyat hayotidagi rolini e’tirof etib o’tdilar. Xususan 
Avgustinning fikricha “ayrim nozil bo’lgan haqiqatlarni tafakkur yordamida tushunib 
yetish mumkin, ayrim haqiqatlar esa insonning aql idrokidan yuqori turadi. SHu bilan 
bir vaqtda, biron-bir e’tiqodga doir haqiqat, agar undan tug’ri foydalanilsa, oxir natijada 
aqlga zid bo’lmaydi.”
9
Bu kurashlarga qarama-qarshi ularoq ikkala mintaqada turli tarixiy davrlarda 
o’yg’onish davri boshlandi. Ushbu davr vakillari esa fanning imkoniyatlarini zamona 
“dindor”lariga tushuntirishga o’rinib yashadilar. Hattoki o’z jonlarini garovga qo’yib 
bo’lsa ham. Ular falsafa faqatgina teologiyaga xizmatkor sifatida emas, balki ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishga ham xizmat qilishi kerak deb hisobladilar. Xususan 
o’yg’onish davrining yirik figuralaridan biri bo’lmish Jordano Brunoning fikricha, 
falsafaning maqsadi g’ayritabiiy Xudoni emas, “narsalarga aylangan Xudo”ni, ya’ni 
tabiatni o’rganishdan iboratdir. Ushbu davr faylasuflari o’zlarining geliotsentrik 
nazariyasi bilan cherkovning ortodoksiyaga asoslangan bilish tizimiga birinchi 
zarbani bergan bo’lsalar, o’zining emperizm va yoki induktiv metodi bilan yangi 
davr vakili F.Bekon ikinchi hal qiluvchi zarbani yo’lladi. CHunki mistik va yoki 
abstrakt bilimlarni induktiv metod bilan o’rganib bo’lmas, shu bilan birga tajriba
asosida isbotlashning ham iloji yo’q deb o’yladi. Buning natijasida ilmiy 
9
Gunnar Skirbekk, Nils Gile. Falsafa tarixi.-T.: “SHARQ”, 2002.-B.193 



dunyoqarash davri boshlandi. Bu esa materializm davrining boshlanishi edi. Bu davr 
(dunyoqarash) ham o’zidan oldingi dunyoqarashlar davrining an’analarini davom 
ettirgan holda yakka hukmronlikka o’rina boshladi va bunga erishdi ham. Bu 
davrning mahsuli sifatida hozirgi global muammolar yuzaga keldi. Uni yechimi 
sifatida esa materializm vakillari endi idealizm bilan integratsiyalashish kerakligini
ta’kidlab o’tmoqdalar. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling