Xayrullayev Muzaffar Muxitdinovich (1931–2004). Taniqli faylasuf olim,
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor.
M.Xayrullayev sharq falsafasi, xususan Forobiyning ilmiy falsafiy qarashlari
boʻyicha yirik tadqiqot olib borgan, oʻziningg ilmiy asarlari bilan butun dunyoga
Forobiyshunos olim sifatida tanilgan, koʻp yillar Falsafa va huquq instituti,
Sharqshunoslik qoʻlyozmalar instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan, koʻplab
shogirdlar etishtirgan.
Shermuhamedov Said (1930–2016). Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Beruniy
nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti sovrindori, Oʻzbekiston yozuvchilar
uyushmasining a’zosi, Oʻzbekiston Falsafa jamiyatining prezidenti, falsafa fanlari
doktori, professor.
Akademik Said Shermuhamedov Oʻzbekistonda falsafa fani rivojiga, ilmiy-
pedagogik kadrlar – fan nomzodlari va doktorlari tayyorlashga salmoqli hissa
qoʻshdi, falsafada oʻziga xos ilmiy maktabga, jumladan, ijtimoiy falsafa, madaniyat
tarixi va nazariyasi boʻyicha fundamental ilmiy maktablarga asos soldi.
Said Shermuhamedov 1930-yilning 12-mayida Buxoro viloyati- ning Qorakoʻl
tumanida tavallud topgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida
oʻqidi, u 1959-yilda nomzodlik, 1973- yilda esa doktorlik dissertatsiyasini
muvaffaqiyatli himoya qildi.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Ibrohim Moʻminov nomidagi Falsafa va
huquq institutida etika va estetika boʻlimi mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor
oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi KP MK madaniyat boʻlimi mudiri, respublika
Maorif vaziri, Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida direktor
lavozimlarida faoliyat koʻrsatdi. U Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy
universitetida 1985–2000-yillarda falsafa kafedrasining mudiri, 2000– 2015-yillarda
esa professor vazifasida ishladi.
Said Shermuhamedovning «Yangilanayotgan jamiyatga – yangi falsafa»
(1993), «Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz?» (1999), «Inson falsafasi» (2001),
«Istiqlol quyoshi» (2002), «Mustaqil Oʻzbekiston va falsafaning rivojlanishi»
(2005), “Milliy gʻoya ijtimoiy taraqqiyotning qudratli kuchi” (2010), “Qalbim
27
izhorlari” (2010), “Ehtirom” (2015) singari rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan
boshqa koʻpgina asarlari jamiyatimizning tarixiy taraqqiyot yoʻlini bozor
iqtisodiyoti sharoitida haqqoniy aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |