1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Anaksimen astronomik ta’limotlarni tabiiy yo’l bilan izohlaydi. Butun 
borliqning birinchi asosi Havodir. Havo yumshab - olovga, quyuqlashib - shamolga, 
keyinchalik bulutga, so’ngra suvga, keyin tuproqqa, toshga yana boshqa narsalarga 
aylanadi. Uning tasavvur qilishicha, yoritgichlar yerning atrofida harakat qiladi, 
Quyosh va Oy yerdan paydo bo’lgan.
Olamning birlamchi asosi, undan borliqning rang-barang hodisalarining yuzaga 
kelishi, va, aksincha, turli-tumanlikning YAgonalik (birlamchi negiz)ga qayta 
aylanishi muammosi falsafiy fikr taraqqiyotida turlicha yo’nalishlarni keltirib 
chiqaradi. 
Antik falsafa sinkretik xarakterga ega bo’lgan. Buning ma’nosi shundaki, u 
muhim masalalarni qo’shib talqin etgan, tabaqalashmagan. Hozirgi zamon 
falsafasida olam izchil tabaqalashtiriladi, masalan, inson olami va tabiat olami, 
ularning har biriga xos belgilar ta’kidlanadi. Hozirgi zamon mutafakkirlari ezgulik 
haqida gap ketganda uni faqat insonga xos deb tushuntiradi. Antik zamon faylasufi 
axloqiy tamoyillarni qoidaga ko’ra butun Kosmosga taaluqli deb hisoblagan. 
Antik falsafa kosmotsentrik xarakterga ega bo’lib, u butun Kosmosni, shu 
jumladan inson borlig’ini ham qamrab olgan. Buning ma’nosi shuki, antik 
faylasuflar eng umumiy, universal kategoriyalarni ishlab chiqqanlar. Bunday 
universal holat hozirgi zamon faylasuflari uchun unchalik xos emas, ular bir qadar 
''tor'' roq muammolarni tadqiq etish bilan ko’proq shug’ullanadilar. Masalan, vaqt 
muammosi bilan shug’ullanganda umuman Kosmos haqidagi tasavvurlar E’tibordan 
chetda qoladi; 
Yevropa tarixida o’rta asrlar davri deyarli to’la ming yilni (Rim 
imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg’onish davrigacha) o’z ichiga oladi. 
O’rta asrlar yYevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian 


30 
dunyoqarashidan foydalandi. Ma’jusiylik dini va falsafasi, hamda bid’atchilarning 
adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb 
atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog’ladilar. 
Apologetlarning eng ko’zga ko’ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa 
va xristianlikni bir biriga to’g’ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib 
chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hech qanday bilimga 
qiziqishning keragi yo’q, Injildan keyin esa hech qanday tadqiqotning zaruriyati 
yo’q. E’tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo’ysundirish 
uchun asos bo’ldi. 
Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo’lgan patristika 
paydo bo’ldiki, uning mualliflari bid’atchilarga qarshi kurashga katta hissa 
qo’shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko’tarildilar va cherkov otalari deb 
ataldilar. «CHerkov otalari» ning eng yirigi Avreliy A vgustin (354-430) edi. 
Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo’lib, eng oliy 
ezgulikdir. Inson esa o’zida tabiatning moddiy jismlarini –o’simliklar va 
hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga 
yaqin bo’lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o’z qarorlarida ozoddir. Ma’naviy 
hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-
saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo’ladi. Insoniy va ilohiy tarix 
voqealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro’y beradi, ular o’z ifodasini ikki 
saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to’qnashuvida topadilar. Xudo 
saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya’ni o’zining axloqiy-diniy xulqi bilan 
Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, 
o’zini yaxshi ko’radigan, ochko’z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni 
unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov 
oldida itoat va bo’ysunish xizmat qiladi. 
O’rta asrlardagi falsafiy tizimlarining ko’pchiligi idealistik yo’nalishga ega 
ediki, uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi. Bunday diniy 
aqidalar orasida yagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning 
qat’iy ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hech narsadan» 
(kreatsionizm) yaratilganligi to’g’risidagi aqida eng muhim ahamiyat kasb etgan edi. 
Bu aqida nafaqat Xoliq -Xudoning g’oyaviy dunyosi bilan yerdagi hayotning 
moddiy dunyosi, hamda dunyoning mutlaq oti shaxs irodasiga tobeligi o’rtasida 
o’tib bo’lmas chegara barpo qilar, balki dunyoni zamonda (dunyoning ibtidosi va 
intihosi) chegaralab qo’yar edi. 
Petr Domianining o’tkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb 
e’lon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa o’zining butun qudratli dastgohi 
bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi. Ana 
shunday falsafa «sxolastika» (lotincha-maktab yoki olim) nomini oldi. Taxmin 
qilinar ediki, haqiqat apriori (avvaldanoq) injil matnlarida berilgan va uning 
asoslash uchun barcha mantiqiy natijalarni to’laligicha keltirib, qiyosiy tizimdan 
foydalanish zarur. Bu vazifani hal qilish uchun sxolastika qadimgi merosga, ayniqsa 
Arastuning mantiqiy ta’limotiga tayandi. 


31 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling