1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Djordj Berkli (1658-1753)


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Djordj Berkli (1658-1753) sub’ektiv idealizmning yirik vakillaridan biri edi. 
Berkliga Lokkning birlamachi va ikkilamchi sifatlar haqidagi g’oyalari ta’sir 
o’tkazgan edi. Ammo Berkli, Lokkdan farqli o’larok, barcha sifatlarni ikkilamchi 
(ya’ni sub’ektiv) hisoblaydi. Og’irlik va barcha makoniy xususiyatlar va aloqalar 
bizning hissiy a’zolarimizning qobiliyatlari bilan ifoda qilinadilar. Berklining 
dalilicha, biror ashyoning o’zi bizga katta ham ko’rinishi (undan kam masofadagi 
uzoqlikda) va kichik ham bo’lib tuyilishi (undan katta masofadagi uzoqlikda) 
mumkin. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, katta-kichiklik va uzoqlashganlik turli 
his - tuyg’u a’zolari vositasida hosil bo’lgan his - tuyg’uga tayanuvchi induktiv 
xulosa asosida paydo bo’ladi. Berkli nazaricha, mavjud bo’lishlik» - «idrok 
qilishda» demakdir. Ashyolarning ob’ektiv mavjudligini va tashqi dunyo
hodisalarini, va demakki, «modda» tushunchasini Berkli rad etadi. Bu tushuncha 
umumiy bo’lganligidan qalbakidir, negaki uning asosida shunday taxmin yotadiki, 
go’yo biz, bizning his - tuyg’ularimiz mazmunini tashkil qiluvchi ashyolarning 
ayrim xususiyatlaridan chetga chiqishimiz mumkin va «umuman modda» asosi 
bo’lgan bizning barcha his - tuyg’ularimiz uchun umumiy bo’lgan abstrakt g’oya 
tashkil topishi mumkin. Ammo biz moddani modda sifatida idrok qilmasdan, balki 
ashyolarning muayyan xususiyatlari bo’lgan - ta’m, is, rang va shunga o’xshashlarni 
idrok qilishimiz mumkinki, uni Berkli «g’oyalar» deb atadi. Atrofimizni o’rab 
turgan ashyolar Xudo aqlida g’oyalar sifatida mavjud bo’lib, u esa, o’z navbatida, 
yerdagi hayotning manbai va sababidir. 
Ingliz faylasufi, ruxshunosi, tarixchisi va iqtisodchisi David YUm (1711-
1776) Berklining zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, YUm 
ikkilanibroq «bilmayman» deb javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib 
chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning his - tuyg’ularimizning mazmuni 


38 
bilangina ish yuritadi. YUmning nuqtai nazaricha, to’g’ri bilim faqat mantiqiy 
bo’lishi mumkin, ammo o’rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli va 
mantiqiy isbot qilish mumkin bo’lmaganligi sababli tajribadan keltirib chiqariladi. 
Tajribani o’zini YUm «taassurotlar» oqimi sifatida ifodalab, uning sabablari ma’lum 
emasligi va bilib bo’lmasligini qayd etadi. Tajribani mantiqiy asoslab bo’lmasligi 
omili shuning dalilidirki, tajribaviy bilim ishonchli bo’la olmaydi. Masalan, 
tajribada biz biror voqea haqida avval bir taassurotga, keyin esa boshqasiga ega 
bo’lamiz. Ammo ikki hodisaning birin-ketin kelishini mantiqiy jihatdan isbot qilib 
bo’lmaydi, negaki, birinchi hodisa ikkinchining sababi bo’lishi mumkin, ikkinchi 
esa - birinchining oqibati bo’la oladi. Ushbu dalildan kelib chiqib YUm 
sababiyatning ob’ektiv xususiyatini bilish mumkin emasligi haqida xulosa chiqaradi. 
SHu bilan birgalikda YUm ob’ektiv sababiyatni tug’ilgan g’oyalar yoki hissiy 
taassurotlar qiyofasini eslash ko’rinishida mavjudligiga yo’l qo’yadi. Barcha hissiy 
taassurotlarning hammasi ham biz uchun teng qiymatga ega emas: ularning ba’zilari 
yorqinroq, jonliroq, barqarorroq bo’lib, dunyoda amaliy ravishda ma’lum bir narsani 
ko’zlab ish tutish uchun yetarlidir. Pirovardida, YUm bizning ishonchimiz uchun 
manba nazariy bilim emas, balki din xizmat qilishligini ta’kidlashga majbur bo’ldi. 
Masalan, biz yil fasllarining davriy o’zgarishiga, har kuni quyosh chiqib, keyin 
botishiga ishonamiz. Bu ishonch ushbu hodisani takrorlanishini ko’rish odatiga 
asoslangan. YUm cherkovni tanqid ostiga oladi. Ammo u dinning kelib chiqishi va 
ijtimoiy vazifalarini tushuntirishga urinib, uning ahamiyatini, jumladan, axloqiy 
me’yorlarni barqaror qilish va uning ta’sirchanligining garovi ekanligini ta’kidlaydi. 
XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot Ma’rifatchilik panohida amalga 
oshirildi. Barcha ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma’rifatparvarlar 
edilar. Ularning mashhur vakillari orasida Volter, Russo, Didro, Lametri, Gelvetsiy 
va Golbax bor edi. Fransiyada ma’rifatparvarlarga e’tiroz bildiruvchi sifatida 
ilohiyotchilar chiqdilar. Ma’rifatparvar-faylasuflar o’z qarashlarida mexanistik 
shakldagi moddiyuncha dunyoqarashni targ’ib qildilar, garchi ularning ba’zilarining 
asarlarida, masalan, Didroning organizmlar taraqqiyoti haqidagi qarashlarida 
dialektik unsurlar ham mavjud edi. Didro nuqtai nazaricha, tabiat (materiya) barcha 
narsalarning sababi bo’lib, o’z o’zicha yashaydi, abadiy mavjud bo’ladi, negaki, u 
o’zining sababidir. Ayrim olingan kishiga nisbatan modda shunday narsadirki, his - 
tuyg’u a’zolariga qandaydir tarzda ta’sir o’tkazadi; moddiy jismlar esa atomlardan 
tashkil topgandir. Ma’rifatparvarlar o’zlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan 
biri sifatida davlat hokimiyatini dunyoviylashtirish, ya’ni cherkovni davlatdan 
ajratishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Ular cherkovlar va diniy mazhablar faoliyati 
ustidan davlat nazoratini o’rnatishni nazarda tutar edilarki, toki ular diniy taassub va 
dushmanlik urug’ini sochish bilan shug’ullanmay, fuqarolik qonunlariga og’ishmay 
amal qilsinlar. Ma’rifatparvarlar insonni boshqatdan tarbiyalab, undagi ijobiy 
tomonlarni rivojlantirishga va pirovardida, atrofdagilarni, avvalo ijtimoiy muhitni 
sog’lomlashtirishga urindilar. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling