1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
Benedikt Spinoza. Dekart ratsionalizmi juda ko’plab o’z davomchilariga ega
bo’ldiki, ular ichida eng yirigi Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1667) edi. Alohida olingan maxsus javhar (substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni rad etib, Spinoza Xudoni yagona cheksiz javharga qo’shdi, ya’ni g’oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o’z o’zining sababi bo’lib, hech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. SHaxs sifatida mutlaq mahrum bo’lgan Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. YAgona javhar bo’lgan Xudo -tabiat ikki sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo’lsa ham, fikrlash qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr Spinoza tomonidan tabiatni o’z-o’zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib chiqadi: g’oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va aloqasi kabidir. Fikrning yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me’yori bilan ifodalanadi va aynan shunga o’xshash bilib olingan bilimlarning shakllari va dunyoning qonunlari fikrning haqiqiy qoidalaridir. Narsani bilish uning yakkaligi vositasida umumiylik unsurini ko’ra bilish, ayrimlik ko’rinish - modusdan javhar (substansiya) tomon borish demakdir. Spinozaning diqqat markazida ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha, javharda zaruriyat va ozodlik qo’shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u nimaiki qilsa, o’zining zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza insonni ham kiritadi, sababiy bog’langanlik (determinizm), ya’ni zaruriyat hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida ko’rinishga ega bo’lgan modusdir. Unga fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. Inson ozodligi aql bilan 36 irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi ham aqliy bilim darajasi orqali ifodalanadi. Ozodlik va zaruriyat bir-birini taqozo etadi. Spinoza fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o’zboshimchalikdir. Insonning hatti - harakati o’zini saqlash (instinkt) g’arizasi ta’siri ostida va undan kelib chiqadigan (affektlar) jazavalar doirasida yotadiki, ularning asosiylari shodlik, g’am-alam va istakdir. Hamonamki, inson ularga bo’ysunar ekan, u ozod emas. Insonning ozodlik muammosi ular ta’siridan kutilishdan iboratdir. Bu esa ochiq va aniq bilishni mo’ljallaydi. SHunday tarzda Spinoza «ozodlik idrok etilgan zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling