37
tasavvurlar sohibidirlar (hayvonlar va inson). Ushbu ikki monadani Leybnits jon
monadalari sifatida ifodalaydi. Monadalar o’zlarining
eng yuqori rivojlanish
bosqichlarida
appersepsiyalarga (ongga ega bo’lish) qodir bo’ladilar. Leybnits
ularni monada-ruhlar sifatida ifodalaydi. Monadalarning har birida rivojlanish
imkoniyati mavjuddir. Har bir monada o’zida o’z
kelajagini ham, o’zining
o’tmishini ham olib yuradi.
Leybnits modda bilan bir qatorda va undan mustaqil ravishda mavjud bo’lgan
borliqning mustaqil ibtidolari sifatidagi makon va zamon haqidagi tasavvurni rad
etadi.
Makonni u ayrim olingan ko’plab yakka jismlarning o’zaro joylashishining
tartibi sifatida
qarab chiqadiki, ular bir-biridan tashqarida mavjuddirlar
. Zamon esa
uning tomonidan bir-biri bilan almashib turadigan hodisalar yoki jismlarning
holatining tartibi sifatida talqin qilinadi. Leybnits falsafasining yorqin sahifalaridan
biri uning tomonidan
umumiy va yakkaning dialektikasini ishlab chiqilganligidir:
alohida olingan yakka monada dunyoning bir markazga to’plangan
va yagona va
cheksiz Koinotning ko’zgusidir. Leybnits sezilarli darajada
mantiq rivojiga o’z
hissasini qo’shib, uning tuzilishi va daliliy qonunlarini ochib berib,
uning ramzini
ishlab chiqdi. U hozirgi zamon simvolik va matematik mantig’ining asoschilaridan
biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: