1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
asos qonuni yotar edi: tashkil topish asosi qonuni yoki sababiyat (fizik asos), bilish
asosi qonuni (mantiqiy asos), borliq asosi qonuni (matematik asos) va faoliyat asosi qonuni yoki tamoyiliy asos (axloqiy asos). yetarli asos qonuni bilish ob’ektlari o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan barcha munosabatlarni belgilab beradi. Bilish ob’ektlari ma’nosi ostida faylasuf tasavvurlarni tushunadi: «Sub’ekt uchun ob’ekt bo’lish va bizning tasavvurlarimiz bo’lish - bu bir xil narsaning o’zidir» 17 . Tashqi dunyoning voqeyligi haqidagi falsafiy bahsni SHopengauer «telbalik» hisoblaydi: «Ashyolar mavjudligini o’zini va boz ustiga ularning bizning ongimizdan tashqarida va undan mustaqil borligiga yo’l qo’yish – haqiqatan be’manilikdir» 18 . Olam tasavvur sifatida faqat sub’ekt uchun faraz qilinadi va o’ylanadi. Tasavvur sifatidagi olam haqidagi ta’limotda SHopengauer Kantga ergashadiki, uning uchun tashqi dunyo sub’ekt uchun nodir hodisa bo’lib tuyuladi, ya’ni sub’ektning olam haqidagi tasavvuri sifatida. Biroq, Kant bu dunyoning mavjudligini o’zini «narsa o’zida» sifatida tan olar ediki, albatta, ular o’zlaricha qanday ekanliklarini biz bila olmaymiz va ular to’g’risida biz faqat o’zimizning tasavvurlarimizga ko’ra hukm yurita olamiz. Kantning agnostitsizmini bartaraf etishga uringan SHopengauer shunday xulosaga keladiki, «narsa o’zida» iroda (xohlash) dan o’zga narsa emas. SHunday qilib, SHopengauer fikricha, olam faqat tasavvur sifatidagina emas, balki iroda sifatida ham mavjud. Iroda bu «butun borliqning voqeyligi», «yagona haqiqiy voqeylik», «butun tabiat o’zagi», «olam qalbi», «butun hodisalarning umumiy asosi», «yagona birlamchi asos va metafizik ibtido» dir. SHopengauerning iroda haqidagi tasavvuri inson ongining namoyon bo’lishi emas, balki butun olamning ichki tuzilishiga va ayrim olingan hodisaga xos bo’lgan qandaydir 17 A. SHopengauyer. Poln.sobr.soch. M., 1900-1910. T.1. 23-24-b. 18 O’sha yerda. T.2. 7-8-b. 44 irratsional, ongsiz ijodiy kuchdir. Faqat insongina emas, balki har qanday biologik jism irodaning namoyon bo’lishidir. Masalan, tishlar, tomoq, ichaklar, «ochlikning voqeyligi» bo’lsa, jinsiy a’zolar «jinsiy tamoyilning voqeyligi»dir. Iroda noorganik dunyoda ham namoyon bo’ladi: qayishqoqlik, qattiqlik, eguluvchanlik, magnetizm, kimyoviy xossalar - bularning barchasi irodaning namoyon bo’lishidir. Olam o’zini o’zi idrok etadigan mutlaq haqiqat va o’z-o’zidan yaratilish natijasi sifatida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, moddiyunchilik bilan idealizmni bir-biridan ajratuvchi bir-biriga muvofiq keluvchi eng muhim mumtoz tushunchalar nisbati bo’lgan «tabiat va ruh», «modda va ong», «borliq va tafakkur» SHopengauer nazarida «iroda va tasavvur» bilan almashtiriladi. Va agar SHopengauer falsafasining boshlang’ich nuqtasi sub’ektiv idealizm (olam tasavvur sifatida) bo’lsa, u o’zining «olam iroda sifatida» degan ta’limotida ob’ektiv, mutlaq idealizm qarashlariga yetib keladi. SHopengauerning irratsionalizmi va volyuntarizm falsafasidan uning rahm qilish va itoatlik axloqining uxusiyati kelib chiqadi. Iroda - bu yashash uchun bo’lgan iroda bo’lib, xohish-istaklarni qondirishga qaratilgan intilishdir. Ana shu yerdan inson hatti-harakatining bosh xislati bo’lgan xudbinlik (egaizm) kelib chiqadi. Xohish - istaklarni qondirishga bo’lgan intilish qoniqmaslikdan kelib chiqadi, demakki - jafo va uqubatdan. Xohish-istaklarni qoniqtirish yangi istaklarni va yangi uqubatlarni keltirib chiqaradi. Hayot «ko’tarib bo’lmaydigan og’ir yuk»ka aylanib qoladi». SHuning uchun, ehtimol, ko’pincha afsus nadomat bilan aytiladigan hayotning qisqaligi, aynan undagi eng yaxshi narsadir», - deb xulosalaydi SHopengauer 19 . Hayotga bo’lgan irodadan voz kechmoq zarur, kishi o’zida bo’lgan xohish - istaklarni o’ldirishi kerak, kelgusidagi yaxshi hayot uchun kurashishdan o’zini tiyishi lozim. SHopengauerning falsafasi XIX asr oxiri XX asrdagi intuitivizm, ekzistensializm, yangi kantchilik, hayot falsafasi va boshqa falsafiy oqimlarning shakllanishiga kata ta’sir ko’rsatdi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling