1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Germenevtika. «Germenevtika» atamasi sharhlash, talqin qilish va 
tushuntirish san’ati sifatida qadimgi dunyo madaniyatiga borib taqaladi. Qadimgi 
YUnon afsonasida xudolardan xabar keltiruvchi Germes, kishilarga xudolarning 
buyruqlarini tushuntirib berar va odamlarning xohish, irodalari va iltijolarini 
39
J.P. Sartr. Ekzistensializm – eto gumanizm. V sb.: Sumerki bogov. M., 1989, 323-b. 
40
O’sha joyda. 327-b. 


57 
Olimpga 
yetqazar 
edi. 
germenevtikani 
nazariya 
sifatida 
shakllantirish 
F.SHleyermaxer (1768-1834) va V.Diltey (1833-1911) asarlarida o’z yakunini topdi. 
SHleyermaxer germenevtikani umumiy tushunish nazariyasi sifatida talqin 
qildi. Uning nuqtai nazaricha, u yoki bu matnni tushunish uchun matn muallifi 
yashagan davrga xayolan o’tish zarur (ushbu bajariladigan ish tartibi 
germenevtikada «joyini o’zgartirish» nomini oldi). Bunda o’z zamonining 
tushuncha va tasavvurlaridan qutulish zarur bo’lib, matn muallifi davri 
tushunchalariga muvofiq keladigan tushunchalar bilan fikrlash uning dunyosi va 
g’oyasiga kirish uning fikr tarzini gavdalantirmoq lozim. SHleyermaxer uchun 
asosiy narsa matn emas, balki unda yashirin ifodalangan muallifning ijodiy o’ziga 
xosligi edi. 
Diltey germenevtikada ijtimoiy fanlarning uslubiy asosini ko’rdi. Hayot 
falsafasining vakili sifatida u tarixiy hodisalarni tabiiy jarayonlardan farqli o’laroq, 
«tirik va jonli» gavdalantirish lozim deb hisobladi. SHunday qurol, ushbu 
voqealarni «boshdan kechirish» ga asoslangan «izohlash» edi. 
Germenevtikaning markaziy tushunchalaridan biri germenevtik doira 
tushunchasi bo’lib, uning mohiyati shunga olib keladi: qismni tushunish butunni 
tushunishsiz mumkin bo’lmaydi va aksincha. Masalan, so’zni tushunish ushbu so’z 
tarkibiga kirgan gapni tushunishsiz mumkin bo’lmaydi; o’z navbatida gapni 
tushunish uning tarkibiga kiruvchi so’zlarni tushunishni taqozo etadi. SHleyermaxer 
va Dilteyni an’anaviy germenevtika deb ataluvchi oqimning vakillariga mansub 
hisoblashadi. 
XX asrdagi falsafiy germenevtikaning eng yirik vakili va asoschisi Xans Georg 
Gadamerdir. M. Xaydergger izidan borib Gadamer tushunchani insonni bilish 
faoliyatining tomonlaridan biri deb emas, balki uning borlig’ining vositasi deb 
biladiki, bu bilan germenevtika muammmosini uslubiy va bilish nazariyasi 
sohasidan borliq haqidagi masalaga o’tkazadi. 
Asosiy germenevtik bajariladigan tartibini Gamer «joyini o’zgartirish» emas, 
balki «tatbiq etish» hisobladi – matn muallifi tajribasini o’zining vaziyatiga tatbiq 
etish, o’tmish va hozirgi davr ufqlarini birlashtirish kabi. U to’la joyini o’zgartirish 
(gavdalantirish) imkoniyatiga ishonchsizlik bilan munosabatda bo’ldi. O’tgan 
davrlarni to’la gavdalantirishni ta’minlash mumkin emas. SHuning uchun 
germenevtikaning bosh vazifasi Gadamer uchun «tiklash» emas, balki mazmunni 
«yaratish» dir. SHunday bo’lganda har bir talqin qiluvchi avval boshdanoq bir xil 
ma’noga ega bo’lmagan matn mazmunidan o’zining ma’nosi mazmunini keltirib 
chiqaradi. Har bir voqea talqini matnning «harakat tarixida», «hodisa»dir, «an’ana» 
bilan gaplashishdir va shu bilan birga an’anani o’zini «amalga oshirish»dir. An’ana 
Gadamlar uchun oddiygina so’zlab berish kerak bo’lgan rivoyat yoki yodgorliklar 
va matnlar majmuasi emas. Biz an’analarni «amalga oshirish»ning ishtirokchilari 
hamdirmiz. 
Tushunish Gadamer uchun «tajriba», dunyoni o’zlashtirishning umumiy 
vositasidir. Germenevtik tajriba asosida til yotadi. U bizga go’yoki dunyoni beradi. 
Til «hamma nrsani qamrab oluvchi, dunyo talqinini oldindan payqab oluvchidir.. 


58 
dunyo biz uchun hamisha ham tilda talqin qilingan dunyodir… bu esa, tabiiyki
shunday 
ma’noni bildiradiki, ushbu til talqinining ichida boshlanadigan 
tushunchalarni tashkil bo’lish jarayoni hech qachon eng boshidan boshlanmaydi»
41

SHuning uchun o’z tabiatiga ko’ra tushunish – til hodisasidir. Bundan shunday 
xulosa qilinadi: «Tushunib olish mumkin bo’lgan borliq, til demakdir»
42


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling