1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
Strukturalizm. XX asrning 20-nchi yillaridan boshlab, ijtimoiy-gumanitar
fanlarda strukturalizm (tuzilish) deb umumiy nom olgan harakat boshlanadi. Uning asosida yotgan strukturali uslub dastavval tilshunoslikda (lingvistikadagi Praga, Kopengagen va Yel strukturalistik maktablari) ishlab chiqilgan bo’lib, keyinchalik ijtimoiy-gumanitar bilimlarning boshqa sohalarida (adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, ruhshunoslik, jamityashunoslik, og’zaki ijod (folkloristika), estetika, irqshunoslik (etnologiya) va boshqalarda) yoyildi. Strukturalizm Fransiyada eng ko’p darajada yorqin namoyon bo’ldi. Uning asosiy vakillari K.Levi- Stross, M.Fuko, J.Lakan, R. Bart va boshqalar edilar. «Strukturachilar» ning ilmiy bilishning turli sohalarida ishlashlariga qaramasdan (F. Sossyur lingvistikada, Levi-Stross etnologiyada, Bart adabiyotshunoslikda, Lakan ruhiy tahlilda va hokazo), ularni birlashtiruvchi qandaydir umumiylikni ajratib ko’rsatish mumkin. Ularning umumiy maqsadi gumanitar bilimga jiddiy usullarni olib kirish, uni tabiiy ilmiy g’oyaga yaqinlashtirish edi. Strukturalizmning asosiy tushunchasi struktura (tuzilish) bo’lib, uning ma’nosi turli xil qaytadan tuzishlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan tayanch munosabatlar majmuasini tushunish edi. Ana shu turdagi xilma-xil tayanch strukturalarni tilda, asabda, afsonalar, ijtimoiy institutlar va boshqa ijtimoiy - gumanitar bilimlarda qidirib topish strukturalizm uslubining asosida yotar edi. Strukturali usulning quyidagi asosiy bajariladigan ishlarini ko’rsatish mumkin: 1) yagona strukturaga ega bo’lish mumkin deb tahmin qilingan ob’ektlarni ajratish; 2) ushbu ob’ektlarni ularning tarkibiy qismlariga bo’lish natijasida ulardagi o’ziga xos munosabatlarni turli xildagi juft elementlar bilan bog’lash; 3) tarkibiy qismlar o’rtasidagi munosabatlarni tasvirlash va tizimga solish, hamda abstrakt strukturani barpo qilish; 4) strukturadan nazariy oqibatlarni chiqarish (muayyan variantlar) va ularni amaliyotda tekshirish 43 . Tekshirish ob’ektining strukturalarini topish va tasvirlash (til, adabiy matn va hokazo) uni tarixini o’rganishdan ko’ra muhimroq masala sifatida qaralar ediki, u o’z ifodasini uslubiy strukturali qoidada: diaxroniyadan ko’ra sinxroniya (ikki yoki bir necha hodisaning bir-biriga mos ravishda babbaravar bo’lishi) muhimdir degan jumlada topadi. Lingvistikada strukturalizm asoschisi bo’lgan F.Sossyur so’zlarni ma’nosini ularning tarixini o’rganish orqali aniqlab bo’lmaydi, balki ularning munosabatlarini tizimning elementlari bo’lgan boshqa so’zlar tahlili vositasida 41 G.G.Gadamer. Aktualnost prekrasnogo. –M., 1991. 29-b. 42 X.G.Gadamer. Istina i metod. –M., 1988, 548-b. 43 Sm. M.N.Gretskiy. Strukturalizm. Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar. –M., 1989, 630-b. 59 aniqlash mumkin deb hisobladi. K. Levi-Stross ham jamiyat madaniyatini strukturali tahlilini uni tarixiy o’rganishdan ko’ra afzal deb bildi. Strukturalizm dasturining eng muhim nuqtasi tilni belgilar tizimi sifatida tushunish va uni nutqqa qarama-qarshi qo’yishdir. Til tizim yoki invariantlar majmuasi sifatida nutqni shakllantiradi. Ushbu invariantlar obektiv bo’lib, muayyan sub’ektdan mustaqildirlar. SHu munosabat bilan strukturali lingvistika (tilshunoslik) markazi muayyan nutqiy harakatning xususiy xosiyatini o’rganishdan tizim tashkil qiluvchilik xususiyatiga va tayanch til strukturasiga bo’lgan bilish jarayoniga ko’chiriladi. Ibtidoiy jamoalarni o’rganishga o’zini bag’ishlagan Levi-Strossning strukturali antropologiyasida afsonalar rasm-rusumlar, niqoblar va boshqa madaniy qoidalar va me’yorlar ham o’ziga xos tillar, belgilar tizimidirlar. SHunday qilib R.Bart adabiy asarlarni belgilar tizimi sifatida qarab chiqadiki, ularda muayyan tabaqaning siyosiy intensiyasi to’planib tartibga solinadi. J. Lakanning ishlarida til bilan ongsizlik holatining sohasi o’rtasida taqqoslash o’tkaziladi. Ongsizlik holati ham strukturalarni aniqlash ob’ekti sifatida strukturachilar ijodida ahamiyatli o’rin tutadi. Levi-Stross asotir tafakkurni biz hayotda rioya etadigan ko’plab qoida va me’yorlarni tushunish kalitini beradigan jamoaviy ongsiz holat sifatida qarab chiqadi. Uni ongsizlik holati tahlilini hisobga olmagan, faqat ong tahlili uslubigagina qurilgan etnologiya qoniqtirmaydi. Ongsizlik holati J.Lakaning «strukturali ruhiy tahlili» da ham tadqiqot mavzusi bo’ldi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling