FALSAFADAN TEST SAVOLLARI.
«Filosofiya» atamasini Qadimgi Yunonistonda dastlab kim ishlatgan?
- Pifagor.
-Demokrit.
-Aflotun.
-Arastu.
«Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deb e’tirof etilgan mutafakkir kim?
-Forobiy.
-Beruniy.
-Ibn Sino.
-al-Farg’oniy.
«Filosofiya» so’zining lug’aviy ma’nosini aniqlang.
-«donishmandlikni sevish».
-«fanlarning otasi».
-«donishmandlik».
-«odamni Qadrlash».
Sharq mutafakkirlaridan qaysi biri filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan?
-Abu Nasr Forobiy, Imom Buxoriy.
-Burxoniddin Marg’inoniy.
-Alisher Navoiy.
-Imom Buxoriy.
Monizm qanday ta’limot?
-Olamning asosi yakkayu yagona sababga, bitta asosga ega deyuvchi ta’limot.
-Olamning asosida ko’p narsa va g’oyalar yotadi, deb e’tirof etadigan ta’limot.
-Olamning asosida moddiy narsa yotishni e’tirof etadi.
-Olamning asosida ruh yoki g’oyalar yotadi.
Dualizm qanday ta’limot?
-Olamning asosida ikkita asos, ya’ni materiya va ruh, g’oya yotadi deb e’tirof etuvchi ta’limot.
-Olam bitta asosga ega deb tan oluvchi ta’limot.
-Olamning asosida faqat moddiylik yotadi.
-Olamning asosida ruh, g’oyalar yotadi.
Dunyoqarashning shakllarini aniqlang.
-afsona (mif), din, falsafa.
-san’at, ma’naviyat, falsafa.
-Fan, axloq, din.
-huquq, siyosat, axloq.
Ontologiya qanday ta’limot?
-borliq to’g’risidagi ta’limot.
-insonning amaliy faoliyati haqidagi ta’limot.
-axloq to’g’risidagi bilimlar, qarashlar.
-qadriyatlar to’g’risidagi ta’limot.
Do'stlaringiz bilan baham: |