1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antik falsafa sinkretik xarakterga ega
- Antik falsafa kosmotsentrik xarakterga ega
Anaksimen astronomik ta’limotlarni tabiiy yo’l bilan izohlaydi. Butun
borliqning birinchi asosi Havodir. Havo yumshab - olovga, quyuqlashib - shamolga, keyinchalik bulutga, so’ngra suvga, keyin tuproqqa, toshga yana boshqa narsalarga aylanadi. Uning tasavvur qilishicha, yoritgichlar yerning atrofida harakat qiladi, Quyosh va Oy yerdan paydo bo’lgan. Olamning birlamchi asosi, undan borliqning rang-barang hodisalarining yuzaga kelishi, va, aksincha, turli-tumanlikning YAgonalik (birlamchi negiz)ga qayta aylanishi muammosi falsafiy fikr taraqqiyotida turlicha yo’nalishlarni keltirib chiqaradi. Antik falsafa sinkretik xarakterga ega bo’lgan. Buning ma’nosi shundaki, u muhim masalalarni qo’shib talqin etgan, tabaqalashmagan. Hozirgi zamon falsafasida olam izchil tabaqalashtiriladi, masalan, inson olami va tabiat olami, ularning har biriga xos belgilar ta’kidlanadi. Hozirgi zamon mutafakkirlari ezgulik haqida gap ketganda uni faqat insonga xos deb tushuntiradi. Antik zamon faylasufi axloqiy tamoyillarni qoidaga ko’ra butun Kosmosga taaluqli deb hisoblagan. Antik falsafa kosmotsentrik xarakterga ega bo’lib, u butun Kosmosni, shu jumladan inson borlig’ini ham qamrab olgan. Buning ma’nosi shuki, antik faylasuflar eng umumiy, universal kategoriyalarni ishlab chiqqanlar. Bunday universal holat hozirgi zamon faylasuflari uchun unchalik xos emas, ular bir qadar ''tor'' roq muammolarni tadqiq etish bilan ko’proq shug’ullanadilar. Masalan, vaqt muammosi bilan shug’ullanganda umuman Kosmos haqidagi tasavvurlar E’tibordan chetda qoladi; Yevropa tarixida o’rta asrlar davri deyarli to’la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg’onish davrigacha) o’z ichiga oladi. O’rta asrlar yYevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian 30 dunyoqarashidan foydalandi. Ma’jusiylik dini va falsafasi, hamda bid’atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog’ladilar. Apologetlarning eng ko’zga ko’ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to’g’ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hech qanday bilimga qiziqishning keragi yo’q, Injildan keyin esa hech qanday tadqiqotning zaruriyati yo’q. E’tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo’ysundirish uchun asos bo’ldi. Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo’lgan patristika paydo bo’ldiki, uning mualliflari bid’atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo’shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko’tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «CHerkov otalari» ning eng yirigi Avreliy A vgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo’lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o’zida tabiatning moddiy jismlarini –o’simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin bo’lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o’z qarorlarida ozoddir. Ma’naviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt- saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo’ladi. Insoniy va ilohiy tarix voqealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro’y beradi, ular o’z ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to’qnashuvida topadilar. Xudo saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya’ni o’zining axloqiy-diniy xulqi bilan Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, o’zini yaxshi ko’radigan, ochko’z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov oldida itoat va bo’ysunish xizmat qiladi. O’rta asrlardagi falsafiy tizimlarining ko’pchiligi idealistik yo’nalishga ega ediki, uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi. Bunday diniy aqidalar orasida yagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning qat’iy ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hech narsadan» (kreatsionizm) yaratilganligi to’g’risidagi aqida eng muhim ahamiyat kasb etgan edi. Bu aqida nafaqat Xoliq -Xudoning g’oyaviy dunyosi bilan yerdagi hayotning moddiy dunyosi, hamda dunyoning mutlaq oti shaxs irodasiga tobeligi o’rtasida o’tib bo’lmas chegara barpo qilar, balki dunyoni zamonda (dunyoning ibtidosi va intihosi) chegaralab qo’yar edi. Petr Domianining o’tkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb e’lon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa o’zining butun qudratli dastgohi bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi. Ana shunday falsafa «sxolastika» (lotincha-maktab yoki olim) nomini oldi. Taxmin qilinar ediki, haqiqat apriori (avvaldanoq) injil matnlarida berilgan va uning asoslash uchun barcha mantiqiy natijalarni to’laligicha keltirib, qiyosiy tizimdan foydalanish zarur. Bu vazifani hal qilish uchun sxolastika qadimgi merosga, ayniqsa Arastuning mantiqiy ta’limotiga tayandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling