Pulatov Xaydar Poʻlatovich (1928–1994). Taniqli faylasuf olim, falsafa fanlari
doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi. Ijtimoiy falsafa,
madaniyat nazariyasi va axloq masalalari boʻyicha yirik asarlar muallifi, yuksak jasorat
sohibi boʻlgan.
Baratov Mubin (1934-2005) Oʻzbekiston fanlar akademiya- sining akademigi,
falsafa fanlari doktori, professor. Koʻp yillar Falsafa va huquq instituti direktori,
ToshDU qoshidagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilarining malakasini oshirish instituti
direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Akademik M.Baratov sharq falsafasi tarixi
boʻyicha katta izlanishlar olib borgan, 300 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan, Hind
falsafasi boʻyicha ToshDU (OʻzMU) falsafa fakultetida maxsus kursdan qiziqarli
darslar olib borgan.
Tursunmuxamedov Sattar Pozilxakovich (1929-yil Turkiston sh. – 2020-
yil Toshkent sh.), Oʻzbekiston fanlar akademiyasining akademigi, falsafa fanlari
doktori, professor. Koʻp yillar Toshkent xalq xoʻjaligi instituti falsafa kafedrasi
mudiri, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti rektori, ToshDU
qoshidagi ijtimoiy fan oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti direktori
vazifalarida faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Ilmiy
ishlari koʻproq ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik, jumladan jamiyatning ijtimoiy
strukturasi, ijtimoiy qatlam, guruhlar masalalariga qaratilgan. Ustozimiz Sattar
Pozilxakovich oʻta madaniyatli, toʻgʻri soʻz, mard inson edi.
Bazarbayev Jumanazar (1933–2020) Qoraqalpogʻiston fani- ning yirik
namoyandasi, faylasuf olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
akademigi, falsafa fanlari doktori, professor. Akademik J.Bazarbayev umrining
oxirigacha ilmiy-pedagogik faoliyat
bilan
shugʻullandi, Qoraqalpogʻiston
respublikasi uchun koʻplab olimlar yetishtirdi, ijtimoiy
falsafa,
axloq,
madaniyat nazariyasi sohasida koʻplam ilmiy, oʻquv uslubiy asarlar chop etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |