1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

TULENOV Jondor (1928.12.1, Turkiston viloyatining Sayram tumani — 
2002.29.12, Toshkent) —taniqli faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi 
akademigi (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsat- gan fan arbobi (1978). Falsafa 
fanlari doktori (1962), professor (1963). ToshDU huzuridagi ijtimoiy fanlar 
oʻqituvchilarining malakasini oshirish instituti professori (1971–72). 1972-yildan 
Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasining mudiri, 1977–1985-yillarda 
ushbu institutning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori. Ilmiy ishlari dialektika, bilish 
nazariyasi, ijtimoiy falsafa masalalariga bagʻishlan- gan. Beruniy nomidagi 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat muko- foti sovrindori (1981). «Shuhrat» medali 
bilan mukofotlangan (1994), koʻplab shogirdlar yetishtirgan. Asosiy asarlari: Hayot 
falsafasi (1993); Qadriyatlar falsafasi (1997); Ma’naviyatimizning hayotbaxsh 
qudrati (1999); Falsafiy madaniyat va ma’naviy kamolot (2000); Dialektika 
nazariyasi (2001). 
Yusupov Erkin (1929–2003). Akademik Erkin Yusupov 1929 yilda Toshkent 
shahrida tugʻilgan, falsafa fanlari doktori (1966), professor, Rossiya Fanlar 
Akademiyasining muxbir a’zosi (1991), 
N.K. Krupskaya nomli Moskva viloyati pedagogika institutini tamomlagan. 
1983–1985-yillar Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti raisi, qator yillar Oʻzbekiston Fanlar 
Akademiyasi Vise Prezidenti, Toshkent davlat universiteti rektori vazifalarida 
faoliyat koʻrsatgan. Akademik Erkin Yusupov Oʻzbekistonda falsafa fani rivojiga 
katta hissa qoʻshgan taniqli olim, katta davlat va jamoat hamda fan arbobi boʻlgan, 
falsafa, madaniyat nazariyasi sohasida 500 dan ortiq ilmiy, oʻquv-metodik kitoblar, 
monografiyalar, maqolalar chop etgan va koʻplab olimlar yetishtirgan. 


26 
Valiyev Abdulxay Qosimovich (7.01.1929–7.11.2002). Taniqli faylasuf olim, 
falsafa fanlari doktori (1967), professor (1969), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan 
fan arbobi (1981), Berunyi nomidagi Davlat mukofoti sovrindori (1992), 
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). 
Abdulxay Qosimovich Valiyev 1929-yili Toshkent shahrida koʻp bolali 
xizmatchilar oilasida tavallud topgan, 1952-yili Oʻrta Osiyo davlat universiteti 
(hozirgi OʻzMU) huquqshunoslik fakultetini bitir- gan, 1956-yilda tarix boʻyicha 
nomzodlik dissertatsiyasini, 1967- yilda falsafa boʻyicha doktorlik dissertastiyasini 
yoqlagan, 1969-yili profes- sor ilmiy unvoniga va 2000-yili Akademik darajasiga 
ega boʻlgan. 
Olimning ilmiy tadqiqot yoʻnalishi ijtimoiy falsafa sohasiga tegishli boʻlib, 
jamiyatda ziyolilarning roli, ularning mavqeini oshirish masalalariga bagʻishlangan. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling