2.1-chizma. Xitoy falsafasi rivojlanish bosqichlari.
Falsafa taraqqiyoti nuqtayi nazaridan Oʻzgarishlar kitobi (er.ol. XII–VI asrlar)
eng muhimdir. Uning matnlarida afsonalardan falsafaga oʻtish boshlanganligini
mushohada etish mumkin. Oʻzgarishlar kitobining eng muhim qismlaridan biri – In
va Yan unsurlari haqidagi ta’limotdir. Yan qandaydir faol, barcha narsalarning ichiga
kirib boruvchi, ashyolarni bilish yoʻlini yorituvchi narsa sifatida ifoda qilinadi; In
uchun kutib turuvchi faoliyatsizlik oʻrin ajratilgan, negaki, u qorongʻilik ibtidosidir.
In va Yanning harakati – yagona narsada yuz beradigan oʻzgarishlarning dialektik
harakatidir. In va Yanning oʻzaro bir-biriga kirishishidan ularning oʻzaro ta’sirini aks
ettiruvchi bir qator tushunchalar paydo boʻladi.
Xitoy falsafasining atoqli vakili Konfutsiya (er. ol. 551–479) boʻlib, uni
adabiyotlarda koʻpincha Kun-tsu - Kun oʻqituvchisi deb atashadi.
10
Konfutsiy
fikricha, olamni “osmon” boshqaradi. “Osmon” tushunchasi u uchun nafaqat
tabiatning bir qismi, balki olam va inson taraqqiyotini belgilovchi yuqori ma’naviy
kuchni
anglatadigan boshlangʻich tushuncha hisoblanadi. Ammo uning
falsafasining markaziy qismi osmon emas, umuman tabiiy dunyo emas, balki
insonning yerdagi hayoti va uning borligi, ya’ni bu antroposentrik. Ya’ni, insonning
hayotdagi ijtimoiy oʻrni nihoyatda ulugʻ, u oʻziga ravo koʻrmagan narsani
boshqalarga ham ravo koʻrmasligi, oʻziga ravo koʻrgan narsani boshqalarga ham
ravo koʻrishi lozim. Osmon irodasi
— taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan
yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib,
Konfutsiy nuqtayi nazariga koʻra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini “Li”
tushunchasi belgilaydi. U, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi
Daosizm
Buddizm
Neokonfutsiychilik
Konfutsiychilik
15
Do'stlaringiz bilan baham: |