1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
Frensis Bekon. YAngi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi
F.Bekon (1551-1626) edi. Uning fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega bo’lmog’i lozim: agar u sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy bo’la olmaydi. SHuning uchun ham yangi fan bo’lgan tabiatshunoslikning tajribaviy usulini ishlab chiqish Bekongagina nasib etdiki, u unda insonning tabiat ustidan kelajakdagi kuch-qudrati va hokimiyatining garovini ko’rdi. Ammo bunday hokimiyatga faqat uning qonunlari ketidan boribgina erishish mumkin. Fanlarning xulosalari aniq dalillarga tayanishi va undan keng umumlashmalarga ko’tarilishi lozim. Tajribaga asoslangan bilimlarga Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va qo’llanishga tavsiya etilgan induksiya, ya’ni kuzatish, tahlil qilish, solishtirish va tajriba o’tkazishdan tarkib topgan usul muvofiq kelar edi. Ammo tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi mumkinki, qachonki ong yolg’on sanamlar va timsollardan ozod bo’lgan bo’lsa. Nasl timsollari – bu shunday adashishdirki, inson tabiat haqida kishilar hayoti kabi muhokama yuritishidan kelib chiqqandir; g’orlarning timsollari ayrim odamlarning didi va hatti-harakatlari ko’nikmasi tufayli ta’lim-tarbiya bilan bog’liq ravishda 34 kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan paydo bo’lgan adashishlardir; bozor timsollari bu dunyo to’g’risida mavjud bo’lgan tasavvurlar va fikrlarni ularga nisbatan tanqidiy munosabatsiz ravishda muhokama yuritish odatidir; teatr timsollari obrumand kishilarga ko’r-ko’rona ishonchga tayanadi. Tomas Gobbs. Ingliz falsafiy tafakkurining yirik vakillaridan biri Tomas Gobbs (1588-1679) dir. «Birinchi falsafa» haqidagi o’z mulohazalarida Gobbs shuni ta’kidladiki, «jismlilik» (ya’ni modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar vaqtinchalik bo’lsa ham. Jismliylik xususiyatlari (yoki «aksidensiyalar») harakat va sokinlik, rang va boshqalardir. Harakatni u jismlarning makondagi o’rin almashishi sifatida qarab chiqdi, ya’ni mexanik sifatida, tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga o’xshatib, balki inson va jamiyatni ham unga monand qildi. Gobbs falsafiy ta’limotining mexanistik ekanligi yana shu bilan ifodalanadiki, u o’zining talqinida harakatni ikki jismning to’qnashuvi natijasi sifatida ko’rsatib, uni ilohiy birinchi turtki nazariyasiga (deizm) havola qildi. Gobbsning ta’kidlashicha, barcha bilimlarga his-tuyg’u yordamida erishib bo’ladi, shu bilan birgalikda u o’zining bilish nazariyasida aqlning muhim ahamiyatini, ayniqsa uning matematik amallarini ko’rsatib o’tdi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling