1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

asos qonuni yotar edi: tashkil topish asosi qonuni yoki sababiyat (fizik asos), bilish 
asosi qonuni (mantiqiy asos), borliq asosi qonuni (matematik asos) va faoliyat asosi 
qonuni yoki tamoyiliy asos (axloqiy asos). yetarli asos qonuni bilish ob’ektlari 
o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan barcha munosabatlarni belgilab beradi. Bilish 
ob’ektlari ma’nosi ostida faylasuf tasavvurlarni tushunadi: «Sub’ekt uchun ob’ekt 
bo’lish va bizning tasavvurlarimiz bo’lish - bu bir xil narsaning o’zidir»
17
. Tashqi 
dunyoning voqeyligi haqidagi falsafiy bahsni SHopengauer «telbalik» hisoblaydi: 
«Ashyolar mavjudligini o’zini va boz ustiga ularning bizning ongimizdan tashqarida 
va undan mustaqil borligiga yo’l qo’yish – haqiqatan be’manilikdir»
18
.
Olam tasavvur sifatida faqat sub’ekt uchun faraz qilinadi va o’ylanadi. 
Tasavvur sifatidagi olam haqidagi ta’limotda SHopengauer Kantga ergashadiki
uning uchun tashqi dunyo sub’ekt uchun nodir hodisa bo’lib tuyuladi, ya’ni 
sub’ektning olam haqidagi tasavvuri sifatida. Biroq, Kant bu dunyoning 
mavjudligini o’zini «narsa o’zida» sifatida tan olar ediki, albatta, ular o’zlaricha 
qanday ekanliklarini biz bila olmaymiz va ular to’g’risida biz faqat o’zimizning 
tasavvurlarimizga ko’ra hukm yurita olamiz. Kantning agnostitsizmini bartaraf 
etishga uringan SHopengauer shunday xulosaga keladiki, «narsa o’zida» iroda 
(xohlash) dan o’zga narsa emas. 
SHunday qilib, SHopengauer fikricha, olam faqat tasavvur sifatidagina emas, 
balki iroda sifatida ham mavjud. Iroda bu «butun borliqning voqeyligi», «yagona 
haqiqiy voqeylik», «butun tabiat o’zagi», «olam qalbi», «butun hodisalarning 
umumiy asosi», «yagona birlamchi asos va metafizik ibtido» dir. SHopengauerning 
iroda haqidagi tasavvuri inson ongining namoyon bo’lishi emas, balki butun 
olamning ichki tuzilishiga va ayrim olingan hodisaga xos bo’lgan qandaydir 
17
A. SHopengauyer. Poln.sobr.soch. M., 1900-1910. T.1. 23-24-b.
18
O’sha yerda. T.2. 7-8-b. 


44 
irratsional, ongsiz ijodiy kuchdir. Faqat insongina emas, balki har qanday biologik 
jism irodaning namoyon bo’lishidir. Masalan, tishlar, tomoq, ichaklar, «ochlikning 
voqeyligi» bo’lsa, jinsiy a’zolar «jinsiy tamoyilning voqeyligi»dir. Iroda noorganik 
dunyoda ham namoyon bo’ladi: qayishqoqlik, qattiqlik, eguluvchanlik, magnetizm, 
kimyoviy xossalar - bularning barchasi irodaning namoyon bo’lishidir. Olam o’zini 
o’zi idrok etadigan mutlaq haqiqat va o’z-o’zidan yaratilish natijasi sifatida 
namoyon bo’ladi. SHunday qilib, moddiyunchilik bilan idealizmni bir-biridan 
ajratuvchi bir-biriga muvofiq keluvchi eng muhim mumtoz tushunchalar nisbati 
bo’lgan «tabiat va ruh», «modda va ong», «borliq va tafakkur» SHopengauer 
nazarida «iroda va tasavvur» bilan almashtiriladi. Va agar SHopengauer 
falsafasining boshlang’ich nuqtasi sub’ektiv idealizm (olam tasavvur sifatida) 
bo’lsa, u o’zining «olam iroda sifatida» degan ta’limotida ob’ektiv, mutlaq idealizm 
qarashlariga yetib keladi. 
SHopengauerning irratsionalizmi va volyuntarizm falsafasidan uning rahm 
qilish va itoatlik axloqining uxusiyati kelib chiqadi. Iroda - bu yashash uchun 
bo’lgan iroda bo’lib, xohish-istaklarni qondirishga qaratilgan intilishdir. Ana shu 
yerdan inson hatti-harakatining bosh xislati bo’lgan xudbinlik (egaizm) kelib 
chiqadi. Xohish - istaklarni qondirishga bo’lgan intilish qoniqmaslikdan kelib 
chiqadi, demakki - jafo va uqubatdan. Xohish-istaklarni qoniqtirish yangi istaklarni 
va yangi uqubatlarni keltirib chiqaradi. Hayot «ko’tarib bo’lmaydigan og’ir yuk»ka 
aylanib qoladi». SHuning uchun, ehtimol, ko’pincha afsus nadomat bilan 
aytiladigan hayotning qisqaligi, aynan undagi eng yaxshi narsadir», - deb 
xulosalaydi SHopengauer
19
. Hayotga bo’lgan irodadan voz kechmoq zarur, kishi 
o’zida bo’lgan xohish - istaklarni o’ldirishi kerak, kelgusidagi yaxshi hayot uchun 
kurashishdan o’zini tiyishi lozim. 
SHopengauerning falsafasi XIX asr oxiri XX asrdagi intuitivizm, 
ekzistensializm, yangi kantchilik, hayot falsafasi va boshqa falsafiy oqimlarning 
shakllanishiga kata ta’sir ko’rsatdi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling