1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

 Nemis klassik falsafasi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshida Fransuz 
inqilobi voqealarining kuchli ta’siri ostida bo’lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan 


39 
qoloq Germaniyada shunday falsafa vujudga keldiki, uning shakllanishida 
tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning yutuqlari kata o’rin tutdi. Fizika va kimyo 
katta muvofaqqiyatlarga erishdi, jonli tabiatni o’rganish olg’a qadam bosdi, 
matematika sohasida shunday kashfiyotlar qilindiki, ular juda ko’p jarayonlarni 
miqdoriy jihatdan aniq ifodalashga imkon berdi. Bundan tashqari, atrof muhit 
tomonidan tana a’zolari rivojining bir-biri bilan sababiy aloqadorligi haqidagi 
Lamark ta’limoti katta qiziqish bilan kutib olindi. Eng yangi astronomik, geologik 
va embriologik nazariyalar ham katta qiziqish uyg’otdi. Bu barcha nazariyalar, 
hamda kishilik jamiyatining taraqqiyot nazariyasi muqarrar ravishda rivojlanish 
g’oyasini voqeylikni bilishning nazariyasi va usuli sifatida ishlab chiqish 
zaruriyatini rag’batlantirar edi. 
Nemis mumtoz falsafasi I.Kant, I. Fixte, F.SHelling, G.Xegel va L.Feyerbax 
kabi shaxslar nomi bilan bog’liqdir. 
Nemis mumtoz idealizmining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) faqat 
buyuk faylasuf sifatidagina emas, balki keng qamrovli chuqur olim sifatida ham 
mashhurdir. Uning tomonidan ishlab chiqilgan quyosh sistemasining bahaybat 
gazsimon tumandan kelib chiqqanligi haqidagi ta’limot hozirgacha astronomiyada 
asosiy ilmiy g’oyalardan biri hisoblanadi. Kantning ilmiy tabitashunoslik sohasidagi 
kashfiyoti uning zamondagi tabitashunoslik qoidasini faqat Koinot tuzilishigagina 
emas, balki uning kelib chiqishi va rivojiga nisbatan ham qo’llashga birinchi urinish 
edi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning hayvonlarni ehtimol tutilgan kelib 
chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g’oyasi va insonlarning irqiy 
jihatdan tabiiy kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyasi edi. 
Kantning nuqtai nazaricha, eng muhim falsafiy muammolarni yechishga 
kirishishdan oldin inson bilimining chegarasi va imkoniyatini tadqiq qilish lozim. 
Kant fikricha, biz dunyoni qanday bo’lsa, o’shanchalikda emas, balki bizga qanday 
namoyon bo’lishiga qarab bilamiz. Bizning bilimimizga faqat ashyolar ko’rinishi 
yoki fenomenlar yetib keladi. His-tuyg’u a’zolariga «narsa -o’zida» («vesh v sebe») 
ta’siri natijasida hissiy tartibsizlik vujudga keladi. Bu tartibsizlik bizning aqlimiz 
quvvati orqali birlik va tartibga solinadi. Biz nimaniki tabiat qonunlari hisoblasak, 
aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki boshqacha 
aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar 
dunyosiga inson ongidan mustaqil bo’lgan ashyolar mohiyati bo’lgan «narsa o’zida» 
muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o’zida» bizlar uchun 
noumenlar, ya’ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir. 
Kant inson aqlining kuchiga cheksiz ishonishni aqidaparastlik deb atab, uni shubha 
ostiga olib baholaydi. 
Kant nuqtai nazaricha, makon va zamon g’oyasi insonga idrokdan oldin 
ma’lum bo’lgan. Makon va zamon g’oyaviy bo’lib, voqeiy emasdirlir. Hissiy 
taassurotlar bir-birlari bilan o’zaro hukmlar vositasida bog’lanadilarki, ular asosida 
kategoriyalar, ya’ni umumiy tushunchalar yotadi. Kant nazaricha, bular «sof fikr»ni 
ifodalovchi «sof mantiqiy» shakllar bo’lib, uning ashyolari emas. Kategoriyalar 
insonga apriodi, ya’ni har qanday tajribagacha berilgandir.


40 
Bilish haqidagi ta’limotda Kant dialektikaga katta o’rin ajratadi: qarama-
qarshilik bilishning zaruriy lahzasi sifatida qarab chiqiladi. Nemis falsafasi Kantdan 
keyin I.G. Fitxe (1762-1814) va F. SHelling (1775-1854) tomonidan ishlab chiqildi. 
Ular hodisalar va ashyolarning kantchasiga qarama-qarshi qo’yilishini muayyan 
yagona qoida bo’lgan – Fixtedagi mutlaq «Men» va SHellingdagi borliq bilan 
fikrdagi mutlaq ayniyat asosida dalillab, uni bartaraf qilishga harakat qildilar. 
Bundan tashqari, SHelling dialektika kategoriyalarini , jumladan ozodlik va 
zaruriyat, yagonalik va ko’plikning ayniyati va boshqalarni sinchkovlik bilan tahlil 
qilib, Xegel dialektikasining xabarchisi sifatida xizmat qildi. 
Nemis falsafasi o’z rivojining cho’qqisiga Xegel (1770-1831) ijodida erishdi. 
Xegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirib
birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o’sha 
davrdagi ta’limotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi. 
Kantning «narsa-o’zida»siga u dialektika prinsipini qarama-qarshi qo’ydi: mohiyat 
o’zini namoyon etadi, hodisa mohiyatlidir. Xegelning qayd etishicha, asosida 
«dunyo aqli», «mutlaq g’oya» yoki «dunyo ruhi» yotgan kategoriyalar voqeylikning 
ob’ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo’lishi va rivojiga turtki bergan faol 
ibtidodir. O’z-o’zini bilish jarayonida dunyo aqli uch bosqichni bosib o’tadi: o’zini 
idrok qiluvchi mutlaq g’oyaning o’z uyasida bo’lishi davri, ong tabiatida, ya’ni 
g’oya o’z mazmunini dialektikaning qonun va kategoriyalari tizimida (Mantiq) 
ochishida; tabiat hodisalari ko’rinishida g’oyaning «boshqacha borliq»(inobыtiye)da 
rivojlanishida, ya’ni tabiatning o’zi rivojlanmaydi, balki tushunchalargina 
rivojlanadi (Tabiat falsafasi); g’oyaning inson ongi va bashariyat tarixida 
rivojlanishida (Rux falsafasi). Ushbu oxirgi bosqichda mutlaq g’oya o’z o’ziga 
qaytib, o’zini insoniy ong va o’z o’zligini bilishda tushunib oladi. 
Taraqqiyot g’oyasi butun Xegel falsafasiga singdirilgan. Taraqqiyot oldinma-
ketin, quyidan yuqoriga qarab boradi; bu jarayonda miqdor o’zgarishlaridan sifat 
o’zgarishlariga o’tish yuz beradi, taraqqiyotning manbai esa, har qanday o’z-o’zidan 
bo’ladigan harakat prinsipidan iborat bo’lgan qarama-qarshiliklardir. 
Xegel nuqtai nazaricha, tarix mohiyatini quyidagi so’zlar bilan ifodalash 
mumkin: «aql tarixdadir». Aql, Xegel fikricha, umumjahon tarixiy ibtidosi bo’lib, 
tarixda mutlaq g’oyaning rivojlanishi sifatida namoyon bo’ladi. U yoki bu davrda 
dunyoviy ruhning sohibi sifatida qandaydir bir xalqning ruhi oldinga chiqadi, Ayni 
vaqtda boshqa xalqlar o’zlarining gullab-yashnagan davrlarini orqada qoldirib, o’z 
imkoniyatlarini tugatganliklari sababli inqirozga yuz tutadilar, boshqa bir xalqlar esa 
endigina taraqqiyot sari yo’l boshlagan bo’ladilar. Xegel nazaricha, aql tarix 
jarayonida shunday amalga oshadiki, unda har bir xalq ruhning o’z-o’zini bilishga 
o’z hissasini qo’shishga haqlidir. Xegel mohiyati ozodlikni anglashga erishish 
bo’lgan umumjahon tarixini davrlashtirish mezonini belgilab beradi. Bunday 
ko’tarilishga to’rt bosqich muvofiq keladi: 1) sharq dunyosi; 2) YUnon dunyosi; 3) 
Rim dunyosi; 4) olmon (german) dunyosi.
SHarq xalqlarida ozodlik bo’lmagan, ozod odam sifatida faqat bir kishi - zolim 
hukmdor tan olingan. YUnon-rim dunyosiga ozodlikning mavjudligi xosdir, ammo 


41 
u chegaralangan hududlarda-ba’zilar uchungina idrok etilgan. SHuning uchun 
YUnon-rim dunyosining davlat tuzumi qullikni inkor etmaydi. To’la ozodlik o’z 
ifodasini faqat German xalqlarida topdiki, ular o’z tarixiy taraqqiyotlari davomida 
Reformatsiya (diniy islohot) va 1789 yildagi Fransuz inqilobi mahsulini meros qilib 
olib, umumiy fuqarolik va siyosiy ozodlikka erishdilar. 
Xegel falsafasi ichki ziddiyatlarga ega. Bilish tizimi, bir qancha turdagi anglash 
bosqichlaridan o’tib, oxirgi bosqich bo’lgan o’z-o’zini anglashda tugallanadiki, uni 
amalga oshiruvchi narsa Xegel falsafasining o’zi bo’lib chiqadi. SHunday qilib, 
Xegel usuli va tizimi o’rtasida qarama-qarshilik kelib chiqadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling